Gledichiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gledichiya, tikandaraxt (Gleditshia) — burchoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Bargi qoʻsh patsimon murakkab. Gullari bir jinsli., aktinomorf, mayda, koʻkish, barg qoʻltigʻidan chiqqan boshoqsimon chochoq toʻpgulda joylashgan. Dukkagi yirik, uzun, jigarrang , Shim. va Jan. Amerikada, Jan. Osiyoda va Afrika tropiklarida 12 turi maʼlum. Shim. Amerikadan kelib chiqqan tikanli G. (G. tricanthos) Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Qrimda ekiladi. Tez usadi, boʻyi 40 m gacha boʻladi. May—iyunda gullaydi; qurgʻoqchilikka chidamli, qattiq tikanli, yashil devor hosil qilish uchun ekiladi. G.ning guli nektarga boy.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil