Shildirbosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shildirbosh, boʻyan — dukkakdoshlar oilasi boʻyandoshlar’ turkumiga mansub koʻp yillik oʻsimlik turi. Oʻrta Osiyoda daryo boʻylari, togʻ yonbagʻirlari, adirlar, vodiylarda, toʻqaylarda oʻsadi. Ekinzorlarda begona oʻt sifatida uchraydi. Ildizi tarqoq, poyasi tik, 45—80 sm, barglari toq patsimon, 4— 8 sm, 5—9 juft ellipssimon yoki choʻziqtuxumsimon bargchalari bor.

Guli qizgʻish rang . Mevasi dukkak. May oylarida gullab, iyun—avg .da urugʻlaydi. Tarkibida 0,12—0,4% alkaloid (asosan, tibbiyotda qoʻllaniladigan sferofizin) lar bor.