Afsonak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Afsonak (Thermopsis) – burchoqdoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar turkumi. Asosan Osiyo va Shimoliy Amerikada o‘sadi. Ko‘pchiligi zaharli. Ba’zi turlari ekinlar orasida o‘sadi. O‘rta Osiyoda bu turkumning 3 turi bo‘lib, O‘zbekistonda tarqalgan Th. dolichocarpa va Th. alterniflora nomli turlarining barglari uch yaproqli, poyasi tuqdor; gullari sariq shingil to‘pgulga yig‘ilgan, kosachasi yotiq tukli; dukkaklari tasmasimon cho‘ziq, bir oz buqilgan, tukdor. Urug‘lari jigarrang, ba’zan ko‘kimtir. Yozda gullaydi. A.ning ba’zi turlaridan tibbiyotda balg‘am ko‘chiruvchi va nafas markazini qo‘zg‘atuvchi dori sifatida foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil