Soya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Soya, Soʻya (Glycine) — dukkakdoshlarga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, dukkakli don va moyli ekin. 10 turi Afrika va Janubiy Sharqiy Osiyon ing nam tropik va subtropiklarida, 1 yovvoyi turi Uzoq Sharqda uchraydi. Vatani — Xitoy. Soya juda qadimdan ekiladigan ekin. Mil. av. 5 mingyillikdan boshlab ekib kelinadi. AQSH, Rossiya, Hindiston, Yaponiya, Koreya, Indoneziya, Ukraina, Moldaviya, Gruziya va Oʻzbekistonda yetishtiriladi. Jahon boʻyicha S. ekin maydoni 73,6 millionga, oʻrtacha don hosildorligi 22,1 s/ga (2000): Oʻzbekistonda 20-asrning 60y.laridan keng tarkala boshladi. Oddiy soya turining ildizi yaxshi rivojlangan, oʻq ildiz, sershox, tuproqqa 2 m chuqurlikkacha kirib boradi, asosiy qismi haydalma qatlamda joylashadi (ildizida tuganak bakteriyalar rivojlanadi). Poyasi dagʻal, silindrsimon, tik usadi, ammo yotib qoladigan navlari ham bor. Buyi 15 sm dan 2 m gacha, shoxlanadi, yon shoxlari 2—8 ta boʻladi. Bargi sertuk, bandli, bandining uzunligi 8—20 sm, barg shapalogʻining uzunligi 13—15 sm., Guli mayda, oq yoki pushti, shingil gultoʻplamga yigʻilgan, barg qoʻltigʻida joylashadi. Mevasi dukkak, sariq, qora, qoʻngʻir, sertuk. Har bir dukkagida 2—6 ta don bor, 1000 ta doni vazni 40—425 g. Tarkibida 24—45% oqsil, 13—37% yogʻ, 20—32% uglevodlar, 1—2 % litsitin, D. V, Y va boshqa vitaminlar bor. Urugʻidan yogʻ, oqsil va litsitin olinadi. Oʻsuv davri 75—200 kun. Soya issiqsevar va namsevar, yorugsevar qisqa kun oʻsimligi. 21—23° da yaxshi rivojlanadi. Urugʻi 8—10°da unib chiqadi. Soya uzidan changlanadi. Gullash davri 15—55 kun davom etadi. Undan soya uni va moyi (qarang Soya moyi) olinadi. Doni, pishib yetilmagan (dumbul) dukkagi ovqatga ishlatiladi. Soya unidan sut, tvorog, kandolat mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladi. Somoni, tuponi, koʻk poyasi, silosi ozuqa sifatida chorva mollariga beriladi. Oʻzbekiston sholichilik institutida 1981—88 yillarda S.ning Oʻzbekiston 2, Oʻzbekiston 6, Doʻstlik navlari chiqarilgan va barcha viloyatlar uchun moslashtirilgan.

Kasalliklari: bakterioz, septorioz, askoxitoz, fuzarioz.

Zararkunandalari: tunlamlar, oʻrgimchakkana, qorakuya.

Galereya[tahrir]

Manbalar[tahrir]