Matu-Grosu-du-Sul
| |||
Shtat | |||
---|---|---|---|
Tegishli | Markaziy-gʻarbiy hudud | ||
Tarkibida |
— 4 mezoregion; - 11 mikroregion; - 79 munitsipalitet | ||
Maʼmuriy markazi | Kampu-Grandi | ||
Gubernator | portugalcha: André Puccinelli | ||
Vitse-Gubernator | portugalcha: Simone Tebet | ||
Senatorlar |
portugalcha: Delcídio Amaral portugalcha: Antonio Russo Netto portugalcha: Waldemir Moka | ||
YAIM (2009) | R$36 368 000[1] (14-oʻrin) | ||
Rasmiy tillar | Portugal | ||
Aholi (2010 год) | 2 449 024[2] | ||
Zichligi | 6,86[2] kishi./km² | ||
Dinlar tarkibi | преимущественно католики | ||
Maydoni | 357 145,8[3] km² (6-oʻrin) | ||
Vaqt mintaqasi | GMT-4 | ||
Kod ISO 3166-2 | BR-MS | ||
Pochta indeksi | 79000-000 по 79990-000 | ||
Rasmiy sayti | ms.gov.br | ||
Xaritada | |||
20°11′0″S 54°42′0″W / 20.18333°S 54.70000°W |
Matu-grosu-du-sul - Braziliyaning jan.-gʻarbiy qismidagi shtat, Boliviya va Paragvay bilan chegaradosh. Maydoni 358,1 ming km². Aholisi 2,07 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Kampu-Grandi shahri Shtat Braziliya yassitogʻligining jan.-gʻarbiy chekkasi va Pantanal botigʻining jan.da joylashgan. Yozi sernam, tropik iqlim. Oʻrtacha oylik temperaturalar 22—26°. Yillik yogʻin 1000–1800 mm. Shtat jan.da tuprogʻi toʻq qizil laterit tuproq. Oʻsimliklari past boʻyli savannalar, daryo vodiylari oʻrmonlar, Pantanal tropik botqoqliklardan iborat. Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. Sholi, soya, makkajoʻxori, bugʻdoy, dukkakli ekinlar ekiladi, kofe plantatsiyalari bor. Baliq ovlanadi. Korumba shahri yaqinida yirik temir va marganets rudasi konlari topilgan. Toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari va sopol buyumlar ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat markazlari: Kampu-Grandi va Korumba shaharlari. Asosiy aloqa Parana va Paragvay daryolari va ularning irmoqlari, temir yoʻl va havo transporta orqali amalga oshiriladi.[4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ IBGE. Contas Regionais do Brasil — 2005—2009: Tabela 8 — Produto Interno Bruto, população residente e Produto Interno Bruto per capita, segundo as Grandes Regiões e as Unidades da Federação — 2009 (página 27). (port.)
- ↑ 2,0 2,1 „Estatisticas de 29 de Novembro de 2010“ (pt). IBGE. 2012-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-may.
- ↑ „Síntese dos Inidicadores Sociais 2009“. Instituto Brasileiro de Geografia e Estatística. 2012-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-may. (port.)
- ↑ "Matu-Grosu-du-Sul" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |