Martín Gastón Demichelis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Martin Gaston Demichelis (ispancha: Martín Gastón Demichelis; 1980-yil 20-dekabr, Justiniano Posse, Argentina) — argentinalik futbolchi, „Bavariya“, „Malaga“, „Manchester City“ klublari va Argentina terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan himoyachi hisoblanadi[1][2].

Martin Demichelis Futbol
Demichelis Man City 1.jpg
Umumiy maʼlumotlar
Toʻliq ism sharifi

Martin Gaston Demichelis

Taxallusi

Micho

Tugʻilgan

20-dekabr 1980-yil(1980-12-20) (41 yosh)

Xustiniano Posse, Argentina

Fuqaroligi

Flag Argentini Argentina

Flag Italii Italiya

Boʻyi

184 cm

Vazni

80 kg

Pozitsiyasi

Himoyachi

Informatsiya o klube
Klub

Flag Germanii Bavariya II

Martabasi

Bosh murabbiy

Yoshlar klublari
1994—1995 Flag Argentini Komplexo Deportivo
1995—1998 Flag Argentini Renato Chezarini
Klub faoliyati
1998—2003 Flag Argentini River Pleyt 51 (1)
2003—2010 Flag Germanii Bavariya 174 (13)
2004 Flag Germanii Bavariya II 1 (0)
2011—2013 Flag Ispanii Malaga 84 (7)
2013 Flag Ispanii Atletiko Madrid 0 (0)
2013—2016 Flag Anglii Manchester Siti 78 (3)
2016 Flag Ispanii Espanol 2 (0)
2017 Flag Ispanii Malaga 10 (0)
Milliy terma jamoa
2005—2016 Flag Argentini Argentina 49 (2)
Murabbiylik faoliyati
2019—2021 Flag Germanii Bavariya U19
2021—h.k. Flag Germanii Bavariya II
Xalqaro medallari
Jahon chempionati
Kumush Braziliya 2014
Konfederatsiyalar kubogi
Kumush Germaniya 2005
Amerika kubogi
Kumush Chili 2015
Wikimedia Commonsdagi media fayllar

2010 va 2014-yilgi jahon chempionatlari ishtirokchisi. „Bavariya“ dublining bosh murabbiyi[3].

„River Plate“[tahrir | manbasini tahrirlash]

U professional futbolchilik faoliyatini 1998-yilda „River Plate“da boshlagan, ammo 2001-yilgacha asosiy tarkibdan joy bera ololmagan. U „River Plate“ uchun bir nechta yaxshi oʻyinlar oʻtkazgan. Va uning bu oʻyinlari "Bavariya"" seleksionerlarining eʼtiborini tortgan.

„Bavariya“[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning „Bavariya“dagi birinchi mavsumi unchalik yaxshi oʻtmadi, chunki u ketma-ket bir nechta kichik jarohatlar oldi, biroq tajribali murabbiy Feliks Magat qoʻl ostida u yakunda asosiy jamoada oʻynay oldi. Martin 2005 va 2006-yillarda „Bavariya“ning nemis chempioni boʻlishida ham muhim rol oʻynadi. 2007-yil 11-sentabrda u o‘zining ilk xalqaro golini Avstraliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida kiritgan hamda uning jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.

2010-yil 24-dekabr Martin Demichelis Ispaniyaning „Malaga“ klubiga oʻtdi. U Ispaniya klubida 6 oy muddatga ijara asosida oʻynaydi[4]. 2011-yilning 8-yanvarida Demichelis „Malaga“ safida 2010-2011- yilgi Ispaniya chempionatining 18-turida „Atletik Bilbao“ga qarshi o‘yinda debyut qilgan. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi, Demichelis 81-daqiqada ispan klubi safidagi ilk golini urgan[5].

„Atletiko“ va „Manchester City“[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilning 11-iyulida Demichelis Madridning „Atletiko“ klubiga o‘tgan. Uning „Malaga“ jamoasi bilan shartnomasi tugatdi hamda u „Atletiko“ jamoasigaga tekinga yoʻl oldi. Martin ular bilan 1 yillik shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi.

Oʻsha yilning avgust oyida Demichelis „Atletiko“ tarkibida birorta ham oʻyin oʻtkazmasdan Angliyaning „Manchester City“ jamoasiga oʻtdi. Transfer summasi 5 million funtni tashkil qilardi. Shartnoma ikki yilga imzolandi. Martin „26“ raqami ostida toʻp sura boshladi. 27-oktabr kuni Londonning „Chelsea“ jamoasiga qarshi oʻyinda u Angliya Premer-ligasida debyut qilgan[6]. 2014-yil 22-mart kuni „Fulxem“ ga qarshi kechgan duelda Martin „City“ safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritdi[7]. Angliyadagi birinchi mavsumida u Premer-liga va Futbol Ligasi kubogini qoʻlga kiritdi . 2015-yil boshida Demichelis „Manchester City“ bilan shartnomasini 2015-2016-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan[8].

„Espanyol“[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-2016-yilgi mavsum yakunlangach, „Manchester City“ himoyachi bilan shartnomani uzaytirmadi, shu bilan birga 10-avgust kuni u „Espanyol“ bilan bir mavsumlik shartnoma imzoladi[9]. 22-oktabr kuni „Eybar“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 2017-yilning boshida klub Martin bilan shartnomani bekor qildi va Martin erkin agentga aylandi[10].

„Malaga“ sahifasiga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 18-yanvarida Demichelis o‘zining sobiq jamoasi „Malaga“ bilan yarim yillik shartnoma imzoladi. 2017-yilning 15-mayida u mavsum oxirida o‘ynashni yakunlashini maʼlum qildi[11].

Xalqaro martabasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Demichelis (15-raqam) JCh-2014 finalida Germaniyaga qarshi oʻyinda

2005-yil 12-noyabrda Angliyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Demichelis Argentina terma jamoasi safida debyut qilgan[12]. Oʻsha yili u Konfederatsiyalar kubogi uchun terma jamoaga chaqirilgan edi. 2007-yil 11- sentabrda Demichelis oʻzining birinchi xalqaro golini Avstraliya darvozasiga kiritgan[13].

2010-yilda Martin milliy terma jamoaning Janubiy Afrikada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga daʼvogarligiga kiritildi[14][15]. Turnirda u Nigeriya , Janubiy Koreya , Meksika , Germaniya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan hamda Gretsiya terma jamoasi darvozasiga gol kiritgan[16][17][18].

2014-yilda Demichelis ikkinchi bor Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan[19]. Turnirda u Belgiya , Gollandiya va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[20]. Musobaqa natijalariga koʻra Martin chempionatning kumush medali sohibiga aylandi[21].

Argentina statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
01. 2007-yil 11- sentabr Melburn Kriket maydoni, Melburn, Avstraliya Avstraliya Avstraliya 0: 1 0: 1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
02. 2010-yil 22- iyun Piter Mokaba (stadion), Polokwane, Janubiy Afrika Gretsiya Gretsiya 1 :0 2 :0 Jahon chempionati 2010

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

"River Plate"

  • Argentina futbol chempionati — 1999, 2000, 2002, 2003

"Bavariya"

  • Futbol boʻyicha Germaniya chempionati — 2005, 2006, 2008, 2010
  • Germaniya Liga kubogi gʻolibi — 2004, 2007
  • Germaniya kubogi gʻolibi — 2005, 2006, 2008, 2010
  • Germaniya Superkubogi sohibi 2010-yil

"Manchester City"

  • Premer-liga — 2013-2014
  • Futbol Ligasi kubogi gʻolibi — 2013-2014, 2015-2016

Xalqaro yutuqlari

"Argentina"

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Martín Demichelis // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. Martín Demichelis // FBref.com Wayback Machine saytida arxivlandi (2022-03-22). (mn.)
  3. Originalnoe proiznoshenie etoy italyanskoy familii — Demikélis.
  4. „Martín Demichelis, nuevo zaguero blanquiazul“ (es). Málaga CF.com (30-dekabr 2010-yil). 12-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-dekabr 2010-yil.
  5. „Un gol en el descuento del Athletic impidió el triunfo del Málaga (1-1)“ (es). Malaga CF.com (8-yanvar 2011-yil). 12-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-yanvar 2011-yil.
  6. „Челси — Манчестер Сити 2:1“. soccerway.com (2013—10—27). Qaraldi: 16-mart 2015-yil.
  7. „Манчестер Сити — Фулхэм 5:0“. soccerway.com (2014—03—22). Qaraldi: 16-mart 2015-yil.
  8. „Демикелис продлил контракт с «Манчестер Сити»“. championat.com (2015—03—12). Qaraldi: 16-mart 2015-yil.
  9. „Martín Demichelis signs for Espanyol on one-year contract“ (en). The Guardian (11-avgust 2016-yil). 25-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-oktabr 2017-yil.
  10. „«Эспаньол» расторг контракт с Демичелисом“ (ru). sports.ru (10-yanvar 2017-yil). 13-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-yanvar 2017-yil.
  11. „Демичелис объявил о завершении карьеры“ (ru). sports.ru (15-may 2017-yil). 19-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-may 2017-yil.
  12. „Англия VS. Аргентина 3:2“ (ru). soccerway.com (12-noyabr 2005-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-oktabr 2013-yil.
  13. „Австралия VS. Аргентина 0:1“ (ru). soccerway.com (11-sentabr 2007-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-oktabr 2013-yil.
  14. „Аргентина VS. Нигерия 1:0“ (ru). soccerway.com (12-iyun 2010-yil). 27-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-oktabr 2013-yil.
  15. „Аргентина VS. Южная Корея 4:1“ (ru). soccerway.com (17-iyun 2010-yil). 16-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-oktabr 2013-yil.
  16. „Греция VS. Аргентина 0:2“ (ru). soccerway.com (22-iyun 2010-yil). 19-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-oktabr 2013-yil.
  17. „Аргентина VS. Германия 0:4“ (ru). soccerway.com (3-iyul 2010-yil). 23-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-oktabr 2013-yil.
  18. „Аргентина VS. Мексика 3:1“ (ru). soccerway.com (27-iyun 2010-yil). 26-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-oktabr 2013-yil.
  19. „Аргентина VS. Бельгия 1:0“ (ru). soccerway.com (5-iyul 2014-yil). 14-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-mart 2015-yil.
  20. „Германия VS. Аргентина 1:0“ (ru). soccerway.com (13-iyul 2014-yil). 6-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-mart 2015-yil.
  21. „Нидерланды VS. Аргентина 0:0“ (ru). soccerway.com (9-iyul 2014-yil). 6-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-mart 2015-yil.