Marganets rudalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Marganets rudalari - tarkibidagi marganets yoki uning birikmalarini ajratib olish iqtisodiy jihatdan manfaatli boʻlgan tabiiy mineral hosilalar. Ruda hosil qiluvchi eng mu-him minerallari (200 dan ortiq): bra-unit (Mp2O3), pirolyuzit (MpO2), manganit (Mp2O3N2O), psilomelan (pMpO2 mMnOpBaOqH2O), rodoxrozit (MpSO3) va boshqa, shuningdek, bir qadar qimmatli hisoblangan ruda hamda turli buyumlar tayyorlanadigan minerallar — rodonit (MnSiO3), gyubnerit (MnWO4), volframit (Fe, Mn) WO4, spessartin (granat). Marganets rudalarida deyarli har vaqt temir minerali buladi. Genezisiga kura, eng ahamiyatlisi qad. dengiz va koʻl havzalarida shakllangan qatlam va linzasimon koʻrinishdagi choʻkindi konlar hisoblanadi. Bu rudalar eng koʻp sanoat ahamiyatga ega. Metamorfik konlar choʻkindi konlarning Yer qaʼrida yuqori temperatura va bosim taʼsirida oʻzgarishidan hosil boʻladi. Nurash kon l ari nurashning kad. va hozirgi kalin poʻstidan iborat, bularda marganetsning boʻsh oksidlangan rudasidan iborat ikkilamchi konsentra-siyasi mavjud. Oʻzbekistonda Marganets rudalari va ular minerallarining konsentratsiyasi Qoratepa togʻlarida uchraydi. Hozirgi okeanlar tubida temirmarganetsli konkretsiyalarining katta uyumlari mavjud.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil