Konkretsiyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konkretsiyalar (lot. concretio -qoʻshilib ketish, oʻsish, quyuqlanish) — kimyoviy tarkibi va shakliga koʻra, oʻzi joylashgan jinsdan farqlanuvchi va diagenezda yuzaga keluvchi choʻkindi togʻ jinslaridagi yoki hozirgi choʻkindilardagi dumaloq shaklli mineral hosilalar. K. bir yoki turli minerallar agregatlaridan iborat boʻlib, diametri bir necha mm dan oʻnlab sm gacha yetadi. K., asosan, fosforit, pirit, markazit, baʼzan siderit, barit kabi minerallardan tashqil topadi. Organik qoldiqlar atrofida tarqoq mineral moddalarning toʻplanishidan hosil boʻladi. K. turli geologik davr qatlamlarida va hozirgi zamon okean choʻkindilarida ruda toʻplamlarini shakllantiruvchi temir va marganets oksidlari K. keng tarqalgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil