Spessartin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Spessartin [Germaniyadagi Fapbiy Bavariyaning Shpessart (Spessart) platosi nomidan] — granatlar guruxiga mansub mineral, tarkibida marganets boʻlgan alyumogranat. Kimyoviy formulasi Mn3Al2[Si04]3 boʻlib, izomorf aralashmalar (Fe2+, Mg2+, Sa2+ hamda Y 3+)ga ega. S.ning ferrospessartin, kalsiyli va berilliyli (VeO 0,4% gacha) turlari maʼlum. Kub singoniyali kristallari boshka granatlarnikidek, lekin zich donador agregatlar holida ham uchraydi. Rangi och pushtidan qoʻngʻirqizilgacha. Kattikdigi 7—7,5; zichligi 3,8—4,2 g/sm³. S. koʻpincha granitli pegmatitlar da, metamorfik togʻ jinslari va skarnlarda, qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladigan olovrang qizgʻish, pushtisargʻish turlari pegmatitlarda uchraydi. Oʻzbekistondagi pegmatit va slanetsli maydonlarda keng tarqalgan.