Pirolyuzit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pirolyuzit (yun. rug — olov va luo — yuvaman), polianit — oddiy oksidlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi — MpO2, tarkibida Mp 55-63%; Va, Na, K va boshqa, maʼlum miqdorda suv boʻladi. Tetrago-nal singoniyada kristallanadi; kris-tallari strukturasi rutil tipli. Koʻpincha yashirin kristall tuproqsimon kukun massalar hosil kiladi; marganets, kisman temir gidrookislari va boshqa aralashgan boʻladi. Rangi kulrang , qora; metallsimon yaltiroq. Qattiqligi 2—6 (polianit 6—6,5), zichligi 4700–5100 kg/m3. P. dengiz va koʻl havzalarining qirgʻoqqa yaqin qismida kislorod kira oladigan sharoitlarda choʻkindi qatlami hosil qiladi. Marganets konlarining oksidlanish zonalarida ham uchraydi. P. marganets rudalarining asosiy minerali. Sof P. quruq galvanik elementlarda, shisha (tiniqlantirish uchun) va keramika tayyorlashda, kimyo, tibbiyot, lok-boʻyoq va charm sanoatida qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil