Marat Nurmuhamedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Marat Koptileuvich Nurmuhamedov (1930.6.1, Qoraqalpogʻiston, Toʻrtkoʻl shahri — 1986.21.6, Turkiya; Nukusda dafn etilgan) — qoraqalpoq adabiyotshunosi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1974). Oʻzbekistonda (1980) va Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973). Filol. fanlari doktori (1965), professor (1968), Koraqalpo-gʻiston pedagogika instituti rus tili va adabi-yoti fakultetini tugatgan (1950). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining Iqtisodiyot va mada-niyat institutida katta ilmiy xodim, boʻlim mudiri, direktor oʻrinbosari (1953—59), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi raisi (1959—61). "Amudaryo" jurnal bosh muharriri (1957— 58), Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyush-masi raisi (1958—59). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik boʻlimi akad.-kotibi (1966—74, 1979—80). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti direktori (1974). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti (1974—79). Qoraqalpogʻiston Oliy Kengashi Pre-zidiumi raisi oʻrinbosari (1980—83), Nukus universiteti rektori (1983—85). Asosiy ilmiy ishlari qoraqalpoq pro-zasining rivojlanish yoʻllari mavzusida. Oʻrta maktablar (9— 10sinflar) uchun adabiyotdan darslik, oʻquv dasturlari tuzgan. "Koraqalpoqlar" (tarixiyetnografik ocherk) kitobi (T. A. Jdanko, S. K. Kamolovlar bilan hamkorlikda, 1971) mualliflaridan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston (1983) hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofotlari laureata (1970).

Manbalar[tahrir]

  • Dovoyennaya karakalpakskaya proza, Nukus, 1959; Qoraqalpoq adabiyoti tarixi, T., 1962; Hozirgi zamon qoraqalpoq prozasi, T., 1968; O zarojdenii pismennoy literaturi poluosedlix i kochevix tyurkoyazichnix narodov Sredney Azii i Kazaxstana, T., 1970; Iz istorii russko-karakalpakskix svyazey, T., 1974.