Nikolay Baskakov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nikolay Aleksandrovich Baskakov (ruscha: Николай Александрович Баскаков) (1905—1996.20.8, Moskva) — turkiyshunos olim.

Qoraqalpogʻistonda (1960), Turkmanistonda (1962), Qozogʻistonda (1967) xizmat koʻrsatgan fan arbobi, filol. fanlari doktori (1950). Fin-ugor jamiyatining muxbir aʼzosi (Finlyandiya, Xelsinki, 1967), Ural-Oltoy jamiyatining faxriy aʼzosi (Gamburg, 1968).

Moskva davlat universitetini tamomlagan (1930). Ilmiy ishlari qoraqalpoq tili, uning soʻz turkumlari va soʻz yasalishiga bagʻishlangan. B. oʻzbek, qoraqalpoq, noʻgʻoy, haqas, tatar, oltoy, qoraim, uygʻur, turkman va boshqa turkiy tillarga oid koʻplab darslik, grammatik ocherk va uslubiy qoʻllanmalar muallifi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Karakalpakskiy yazik, fonetika i morfologiya, M., 1952; Tyurkskiye yaziki, M., 1960; Vvedeniye v izucheniye tyurskix yazikov, M., 1967.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil