Kontent qismiga oʻtish

Manija

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Manija
Мани́жа Дале́ровна Санги́н
Tavalludi Манижа Далеровна Хамраева
8-iyul 1991-yil
Janrlar hip hop, pop, pop rok, soul
Kasbi qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi
Faoliyat yillari 2003-hozirgacha
Guruhlari Krip De Shin
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Veb-sayt https://manizha.art/

Manija Dalerovna Sangin (Hamrayeva; 1991-yil 8-iyul, Dushanbe), Manija nomi bilan tanilgan – rus qoʻshiqchisi, musiqachi, qoʻshiq muallifi, musiqiy videokliplar rejissyori, oiladagi zoʻravonlikka qarshi kurash sohasidagi jamoat arbobi[1]. „Yevrovidenie-2021“ xalqaro qoʻshiq tanlovi ishtirokchisi, „Podi jizn“ xayriya jamgʻarmasi elchisi (2019-yil dekabrdan)[2], BMT Qochqinlar ishlari boʻyicha agentligining birinchi Rossiyalik xayrihoh elchisi (2020-yil dekabrdan)[3].

Perviy kanalning jonli efirida oʻtkazilgan dasturda tomoshabinlar SMS-ovoz berish natijalariga koʻra, Rotterdamda boʻlib oʻtgan 65-Xalqaro „Yevrovidenie-2021“ qoʻshiq tanlovida „Rusian Women“ qoʻshigʻi bilan Rossiyani himoya qildi va finalda 9-oʻrinni egalladi[4][5],

Bobosi Toji Usmonov tojik yozuvchisi va jurnalisti boʻlib, Xoʻjanddagi koʻcha uning nomi bilan atalgan va yodgorlik oʻrnatilgan[6]. Katta buvisi Oʻrta Osiyoda paranjisini yechib, ishlashini eʼlon qilgan birinchi ayollardan biri boʻlgan[7][8]. Shu munosabat bilan katta buvisining bolalari tortib olingan. Onasi Najiba Usmonova birinchi maʼlumoti boʻyicha yadro fizigi, ikkinchisi boʻyicha psixolog, oʻzining Modardesigns kiyim dizayni firmasiga ega[9]. U Manija jamoasining kostyumlarini tikadi va videolarni yaratishda yordam beradi. Manijaning ota-onasi ajrashgan. Otasi shifokor boʻlib, qizining tanloviga xavotir bilan qaragan: „Men musulmon oilasida tugʻilganman, u yerda ayol kishi biror narsa qilishi umuman qabul qilinmagan, qoʻshiqchi boʻlish esa umuman sharmandalikdir“. Buvisi psixiatr. Aynan u Manijaga ishondi va musiqa bilan shugʻullanishi kerakligini aytdi[10]. Sangin familiyasini buvisidan olgan. Manijaning besh aka-uka va opa-singillari bor. Opa-singillardan biri Munisa Usmonova Rossiya televideniyesida „Perviy kanal“ muxbiri.

1994-yilda Tojikiston fuqarolar urushi paytida oilaning uyiga snaryad tushdi. Manija oilasi bilan Moskvaga koʻchib oʻtdi, u yerda keyinchalik musiqa maktabida pianino sinfida tahsil oldi. Bir yildan soʻng universitetni tark etdi va xususiy vokal oʻqituvchilari bilan shugʻullana boshladi[11]. 14 yoshida Rossiya fuqaroligini oldi [12][13]. Moskvadagi Rossiya davlat gumanitar universitetining psixologiya fakultetini tamomlagan.

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Albomlari Sessiya ishtiroki
RuKola Prenebregayu Veter Entertainment 2008 Assai OM 2011
Krip De Shin Krip De Shin 2012 Andrey Samsonov va Laska Omnia Celestial 2013
Manizha Manuscript The Orchard (New York, USA) 2017 Mixail Mishenko Core 2014
Manizha YaIAM 2018
Manizha Womanizha (EP) 2019
Manizha Russian Woman Show feat. Kiril Rixter

& OpensoundOrchestra (Live, EP)

2021
Yil Premiya Nominatsiya Natija Eslatma
2020 MTV Europe Music Awards Luchshiy rossiyskiy ispolnitel Nominatsiya [14]
  1. „«Первый канал» назвал представителя России на «Евровидении-2021»“ (ru). РБК (2021-yil 8-mart). Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
  2. „У фонда «Подари жизнь» появились амбассадоры“ (ru). Официальный сайт негосударственного благотворительного фонда «Подари жизнь» (Россия, Москва) // podari-zhizn.ru (2019-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 9-iyul.Andoza:Недоступная ссылка
  3. „Музыкант Манижа стала первым российским послом доброй воли Агентства ООН по делам беженцев“ (ru). Официальный сайт Агентства ООН по делам беженцев (2020-yil 14-dekabr). 2021-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-fevral.
  4. „Manizha. «Russian Woman». Евровидение 2021: национальный отбор. Фрагмент выпуска от 08.03.2021“ (ru). Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
  5. Новости, Р. И. А. „Певица Manizha представит Россию на Евровидении-2021“ (ru). РИА Новости (8-mart). Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
  6. „Манижа Сангин: Вся моя жизнь — это арт-проект моей мамы“ (ru). Новости Таджикистана ASIA-Plus. 2018-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-sentyabr.
  7. Михаил Рубцов. „Певица Манижа: «Моя прабабушка скинула паранджу и заявила, что будет работать»“ (ru). Леди Mail.ru. 2018-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-sentyabr.
  8. „За ЛГБТ и против домашнего насилия: чем известна Манижа, выдвинутая Россией на "Евровидение"“ (ru). BBC News Русская служба (2021-yil 9-mart). 2021-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  9. Михаил Стацюк.. „Манижа Сангин: «Сейчас невозможно стать знаменитым, используя только один свой талант»“. Собака.ru. 2018-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-sentyabr.
  10. „Manizha: С 15-секундных роликов в Instagram началась моя новая жизнь“ (ru). PEOPLETALK (2017-yil 19-may). 2018-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-sentyabr.
  11. Инна Логунова. „Музыка: Манижа и ее дебютный Manuscipt. Интервью с восходящей звездой“. Posta-Magazine.ru. 2018-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-dekabr.
  12. „За ЛГБТ и против домашнего насилия: чем известна Манижа, выдвинутая Россией на конкурс "Евровидение"“ (ru). BBC News Русская служба. Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
  13. „«Я не принадлежу ни одной земле»“. 2021-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-aprel.
  14. „Рэпер Niletto получил награду MTV как лучший исполнитель года в России — Газета.Ru“. 2021-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-fevral.