Kontent qismiga oʻtish

Mandvi

Koordinatalari: 22°50′2.00623″N 69°20′58.49876″E / 22.8338906194°N 69.3495829889°E / 22.8338906194; 69.3495829889
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mandvi
shaharcha
Skyline of Mandvi
22°50′2.00623″N 69°20′58.49876″E / 22.8338906194°N 69.3495829889°E / 22.8338906194; 69.3495829889
Mamlakat Hindiston
Shtat Gujarat
Tuman Kutch
Asos solingan 1580
Markazi balandligi 15 m
Aholisi
 (2011)
51 376
Zichligi auto kishi/km2
Telefon kodi 2834
Pochta indeks(lar)i 370465
Avtomobil kodi GJ-12
Mandvi xaritada
Mandvi
Mandvi

Mandvi — Hindistonning Gujarat shtatidagi Kutch tumanida joylashgan plyaj shaharchasi. Bu bir vaqtlar mintaqaning yirik porti va Kutch shtatining Maharao (qiroli) uchun yozgi dam olish maskani boʻlgan. Qadimgi shahar qal’a devori bilan oʻralgan va qal’a devorining qoldiqlari hozirga qadar saqlanib qolgan. Shaharda toʻrt yuz yillik kemasozlik sanoati mavjud boʻlib, u hali ham faoliyat yuritadi va yogʻoch kemaning bir turi boʻlgan dhov kemasi hali ham ishlab chiqariladi.

Mandvi qal’asi 1549-yilda Raoshri Bharmalji tomonidan qurilgan. Uning uzunligi sakkiz km, kengligi 2,7 metr va balandligi uch metr boʻlib, beshta darvozasi, uchta derazasi va yettita qal’asi (kotha) mavjud boʻlgan. 1978-yilda Mandvi munitsipaliteti qal’ani saqlab qolish sharti bilan hududni topshiradi. Keyinchalik 1992-yilda munitsipalitet yerni boʻshatish uchun 290 metr devorni buzishga qaror qiladi, ammo fuqarolar bunga qarshi chiqadi. Apellyatsiya 1993-yilda rad etilgan va gʻarbiy tomonning 300 metr uzunlikdagi devori 1993-yilda buzib tashlangan. 1999-yilda davlat arxeologiya departamenti tomonidan uni qoʻriqlanadigan yodgorlik deb eʼlon qilish maqsadida hujjatlarni koʻrib chiqiladi. Qal’aning holati baholangandan soʻng, sud 2001-yilda qal’ani buzish boʻyicha shikoyatlarni rad etadi. Qoʻriqlanadigan yodgorlik sifatida saqlanib qolgan toʻrtta darvoza va oltita qal’adan tashqari qal’a devori ikki bosqichda buzib tashlangan[1].

Mandvi — port shahri boʻlib, quyidagi koordinatada joylashgan: 22°49′N 69°22′E / 22.81°N 69.36°E / 22.81; 69.36. U Rukmavati daryosi Kutch koʻrfazi bilan uchrashadigan joyda oʻrin olgan. Bhujdan taxminan 56 km janubda, asosiy megapolis Ahmadoboddan 446 km uzoqlikda joy olgan. Mandvida temir yoʻl transporti yoʻqligi sababli, eng yaqin jamoat aeroporti va temir yoʻl stansiyasi Bhuj hisoblanadi.

Hududdagi iqlim tropik. Mandvida yoz qishga qaraganda ancha yomgʻirli kechadi. Köppen va Geyger iqlimi tavsifiga koʻra, bu iqlim Aw deb tasniflanadi. Mandvida oʻrtacha harorat 27,4 °C ni tashkil etadi. Bir yilda oʻrtacha yogʻingarchilik 1539 mmni tashkil qiladi.

Mandvi shahriga 1580-yilda Kutch davlati rahbari Rao Xengarji I tomonidan asos solingan. 

Brahmapuri hududi yaqinidagi qal’a devori va darvoza xarobalari
Rukmavati ustidagi Mandvi koʻprigi
  • Mandvi shahri bu yerda yashagan Sage Mandavya (Mahabharata hikoyasi) sharafiga nomlangan. U AM BABA nomi bilan ham tanilgan.
  • 1497-yilda portugaliyalik tadqiqotchi Vasko da Gama Yevropadan Hindistonga dengiz yoʻlini kashf qilganida, unga yoʻl koʻrsatish uchun yonida gujaratlik hizmatkori boʻlgan. Dengizchi Kanji Malam qoʻmondonni Afrikaning sharqiy sohilidagi Malindi shahridan Kalikutga olib boradi. Malam kemasozlik markazi Mandvidan kelgan edi. Tarixchilar dengizchining kimligi borasida turlicha fikr yuritib, uni nasroniy va gujaratlik deb atashgan. Nemis yozuvchisi Yustusning aytishicha, bu Malam (Xarva) va u Vasko bilan birga kelgan hindu gujarati edi. Italiyalik tadqiqotchi Sinthia Salvadori ham Vasko da Gamaga Hindiston yoʻlini koʻrsatgan inson Malam degan xulosaga keladi. Salvadori bu haqda Gujaratdagi odamlar bilan muloqotda bo‘lganidan so‘ng yozilgan „Biz Dhowsga keldik“ asarida shunday fikr bildirgan: Malamning Vasko ekspeditsiyasidagi roli tarixchilar tomonidan eʼtibordan chetda qolgan[2].
  • Kutch Gurjar Kshatriyalarning yilnomalariga koʻra, aholi jamiyatining koʻplab urugʻlari, xususan, Gohil, Bhatti, Jetva, Solanki, Rathod urugʻlari, shuningdek, Visavariya braxmanlari miloddan avvalgi XV-XVI asrlarda Mandviga, Dhanetidan koʻchib ketishgan[3].
  • Shaharning tashkil topishi XVI asr oxiriga (milodiy 1581-yil) toʻgʻri keladi va Kutchning birinchi Jadeja hukmdori Rao Khengarji I hisoblanadi.
  • XVIII asrda Mandvi savdogarlari birgalikda Sharqiy Afrika, Malabar sohillari va Fors koʻrfazi bilan savdo qiluvchi 400 ta kemadan iborat flotga egalik qilishgan. XIX asr boshlarida u Malva, Marvar va Sind bilan ichki savdo aloqalari uchun asosiy kirish porti vazifasini bajargan.
  • Mandvi ikki savdo yoʻlining chorrahasida boʻlgan, bular: dengiz ziravorlari savdo yoʻli va choʻl tuya karvon yoʻli boʻlib, muhim savdo markazi vazifasini oʻtagan.
  • Mandvi dastlab balandligi taxminan 8 m va kengligi 1,2 m boʻlgan qal’a devoriga ega boʻlgan mustahkam shahar edi. Qal’aning bir nechta darvozalari va 25 ta qal’asi boʻlgan; ammo hozirgi vaqtda devorning katta qismi buzib tashlangan. Janubi-gʻarbiy tarafdagi qal’a eng kattasi boʻlib, mayoq vazifasini bajargan.
  • Dengiz savdosining gullab-yashnagan davrida, qayiqlar paydo boʻlgunga qadar, Mandvi boy va gullab-yashnagan shahar boʻlgan, eksportdan importga qaraganda toʻrt baravar koʻp daromad olgan. Bu boylik boʻyicha poytaxt Bhujdan oʻzib ketgan Kutch davlatining daromad keltiruvchi markazi hisoblangan. Mahalliy ijtimoiy yetakchi doktor Manubxay Pandxi kema qurish sanʼati haqida yozib olgan va hozirda Mumbaydagi Uels shahzodasi muzeyida (www.bombaymuseum.org) saqlanuvchi eski hujjatlar orasida saqlanadi.
  • Hindistonning eng yirik portlarining aksariyati yevropaliklar, ayniqsa portugallar tomonidan nazorat qilinganligi sababli, hatto boburiylar ham Kutch Maharaoslarini juda hurmat qilishgan, chunki ular eksport, import va Makkaga ziyorat qilish uchun Mandvi portiga muhtoj edilar.
  • 1960-yil oʻn yilligida Dabelini bu yerda Keshavji Gabha Chudasamani (Malam) (Xarva) ixtiro qilgani aytiladi.

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mandvida 51 000 ga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ular asosan Brahminlar, Charan (Gadhavi), Brahmkshatriya, Bhanushali, Bhatalas, Xarvas, Lohanas, Maheshvari, Davudi Bohra, Musulmonlar va Jaynlar, Kandoi, Patidar, Mistlardir.

Mandvi haqiqiy Gujarat, Kutchi madaniyatini oʻzida mujassam etgan noyob shaharchadir. Mandvi, shuningdek, qoʻshni Nagalpur va Moti Rayan qishloqlarini ham oʻz ichiga oladi. Mandvi savdogarlar va dengizchilar shahri boʻlib, ikkalasi ham bir-biridan manfaatdor.

Mandvida Xengarji III tomonidan qurilgan Lal Bungalov / Arixant Bungalovi bor edi. Bu saroyni qurish uchun 16 yil vaqt ketgan. Noyob arxitekturaga ega bino 5 ta qavatda joylashgan 55 ta xonadan iborat boʻlgan, shiftlari yogʻochdan qilingan. Lal Bungalov meros obyekti boʻlgan va hozirda Sanket Shahga tegishli. 2011-2012-yillarda buzib tashlangan. Endilikda yangi qurilgan savdo va turar-joy majmuasi hisoblanadi.

Mandvi 2001-yilgi Gujarat zilzilasida katta ziyon koʻrgan shaharlardan biri hisoblanadi.

Taniqli ijtimoiy ishchi doktor Chhotalal J. Mehta (1911-1982) va uning ukasi doktor Prabhudas J. Mehta (1925-1959) 1950-yilda Kutch tumanida birinchi bepul sil kasalxonasini, kar va soqov bolalar maktabini hamda 1000-chi maktabni ochadilar. Xiraben Mehta (1916-2011) birinchi marta Baal Mandir va Bhagini Mandalning faoliyatini boshlagan.

Taniqli shaxslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanoat tarmoqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yogʻochdan qurilgan kema, Mandvi

Mandvidagi sanoatning aksariyati tabiatan kichik miqyosda, asosan, bentonit qazib olish, yogʻ ishlab chiqarish, baliq ovlash, anʼanaviy kemasozlik, paxta mahsulotlari va maishiy Bandhani, shuningdek, shirinliklar va farshon ishlab chiqarish kabi oziq-ovqat mahsulotlari sanoatini oʻz ichiga oladi.

Dam olish manzilgohlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
72 Jinalaya
Vijay Vilas saroyi

Mandvi yil davomida juda yoqimli iqlimga ega boʻlib, bir vaqtlar Kutch maharajalarining (shohlarning) yozgi dam olish maskani boʻlgan.

  • Mandvidagi Svaminarayan ibodatxonasi: Bu ibodatxona yangi qurilgan, ammo eski va haqiqiy ibodatxona asosiy shaharda joylashgan, u taxminan 157 yoshda. Yangi Svaminarayan ibodatxonasi Mandvi — Naliyaning asosiy yoʻlida joylashgan.
  • Xarva na Mama ibodatxonasi: Xanuman sut zavodi yaqinida joylashgan, Xarva kastasi uchun bunyod etilgan ibodatxona.
  • Shitla Mata ibodatxonasi: Shitla ibodatxonasining asosiy binosi. U Layja yoʻlida joylashgan. Ayni paytda koʻlning bir tomonida ibodatxona roʻparasida piyodalar yoʻli qurilmoqda.
  • Ashapura Mata ibodatxonasi: Mandvining Layja shaharchasida joylashgan.
  • Shivmastu Samavsaran Jain Tirth, Mandvi qishlogʻida joylashgan
  • Shri Ambe Dham ibodatxonasi Godhra, Mandvi qishlogʻida joylashgan
  • Mandvi porti: Mandvi porti kemalarga yuk yuklash va yuklarni tushirish amalga oshiriladigan port. Bir vaqtlar, milodiy XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Mandvi Hindistonning eng katta va eng gavjum portlaridan biri edi. Oʻrta Osiyodan Afrikaning gʻarbiy qirgʻoqlari va Hindistongacha tarqalgan dengiz va quruqlik savdosining markazida Ummon, Mandvi va Panjob hamda Sindning ichki qismi oʻrtasidagi uchburchak savdo yoʻlining asosiy nuqtasi boʻlgan[4].
  • Anʼanaviy kema qurilishi: Mandvi shuningdek, 400 yillik kema qurish markazidir. Bu yerda qurilgan kemalar Angliyaga qadar suzib borib, qaytib kelardi. Bugungi kunda ham usta duradgorlar anʼanaviy texnikada baliq ovlash qayiqlarini yasashadi.
  • Rukmavati daryosi: Mandvi shahridagi daryo, Mandvi shahri va Salaya oraligʻida oqib oʻtadi.
  • Rukmavati koʻprigi: Rukmavati daryosidagi koʻprik 1883-yilda qurilgan; u bugungi kunda Hindistonda mavjud boʻlgan eng uzun tuzilmadir. Ushbu koʻprik Mestri jamoasiga mansub Chandiyalik Vishram Karman Chavda tomonidan qurilgan[5][6].
  • Chiroq uyi: bu inshoot zilziladan keyin qurilgan.
  • Topansar koʻli: Shaharning qoq markazida joylashgan bu koʻl muhim diqqatga sazovor joy hisoblanadi. Har yili qishda minglab Seagullar bu yerga tashrif buyuradi.
  • Umumiy hammom tizimi „KUYDI“, Talav darvozasi.
  • Bandhni bozori: Mandvi oʻzining Bandhani (boʻyoq) va boshqa qishloq hunarmandchiligi buyumlarini ishlab chiqarishi bilan mashhur.
  • Kasi Vishvanath plyaji: Bu Mandvi yaqinidagi yana bir plyaj. U oʻz nomini yaqin atrofdagi Shiv ibodatxonasidan olgan.
  • Ravalpeer ibodatxonasi va plyaji: 1819-yilda (Samvat 1876) Set Sundarji va Jetha Shivji tomonidan qayta qurilgan Raval Pir uchun muqaddas ibodatxona mavjud. Oʻn toʻrtinchi asrda onasining qoʻlidagi qabariqdan tugʻilgani aytilgan Raval Dhinodhar tepaliklarida Dhoramnath dindorlarini bezovta qilgan bir qancha musulmon missionerlarini Jaxaudan yoʻqotishi bilan nom qozonadi. Yaqin atrofda plyaj ham bor. Bu joy Mandvi shahridan taxminan 6 km uzoqlikda joylashgan.
Mandvida tayyorlangan Dabeli

Mandvidagi mashhur oziq-ovqat mahsulotlari Mandvida ixtiro qilingan hamda Gujarat va Maxarashtra boʻylab tarqalgan Dabeli hisoblanadi. Bundan tashqari, soʻnggi 8-10 yil ichida turli xil ovqatlar, masalan Panjob, janubiy hind, xitoy taomlarini ham osongina topish imkoniyati paydo boʻldi. Xari Daar, Toss va boshqalar ham Azad Chowk yaqinida joylashgan boʻlib juda mashhur. Mandvida yaxshi gujarati taomlari ham mavjud. Shaharda 20 dan ortiq kichik va katta ovqatlanish zallari hamda restoranlar faoliyat yuritadi.

  1. „500-year-old Mandvi fort being demolished in Kutch“. The Times of India (2001-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 1-fevral.
  2. „Kutchi sailor showed Vasco da way | India News - Times of India“. The Times of India.
  3. Kadia Kshatriya Itihas by Nutan Prakashan: 1897
  4. „Mandvi - Once Upon a Port...“ (en-US). Live History India. Qaraldi: 2021-yil 18-may.
  5. Nanji Bapa ni Nondh-pothi published in Gujarati in year 1999 from Vadodara.
  6. Ratna Bhagat ni Chopdi: 1930 IInd Endition : Vishram Karman of Chandiya : Rukmavati Bridge and Docks of Mandvi Year of Construction 1883