Malabar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Malabar — Janubiy Hindistonning Malabar qirgʻogʻi (Arabiston dengizi) va Gʻarbiy Gat togʻlari orasida joylashgan tarixiy viloyat. Qadimda va oʻrta asrlarda Malabarning koʻp sonli knyazliklari oʻz mustaqilligini saqlab qolgan boʻlishlariga qaramay, vaqt-vaqti bilan turli davlat tuzilmalariga kirgan (asosan, boj toʻlashgan). Miloddan avvalgi taxminan III asrda Jan. Malabarda Chera davlati mavjud boʻlgan. Malabar knyazliklarining eng yiriklari: Kalikut (Kojikode) (XV—XVI asrlar), Travankur va Kochin (XVIII asr). Malabar Yevropa davlatlari tomonidan talontoroj qilingan Hindistonning 1hududi hisoblanadi. XVI asrda portugallarning tayanch punktlari tashkil topgan, XVII asrda gollandlar, inglizlar va fransuzlarning faktoriya (savdo-sotiq olib boradigan joy)lari paydo boʻlgan. Malabarni Angliyaga qarashli Ost-Indiya kompaniyam bosib olgan. Malabarda mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolonlar boʻlib oʻtgan (Malabar qoʻzgʻoloni, 1793—1806; Mopla qoʻzgʻoloni, 1912—22). 1956-yildan boshlab Malabar hududlari Kerala va Karnataka shtatlariga kirgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Alayev L. B., Yujnaya Indiya, Sotsialno-ekonomicheskaya istoriya XIVXVIII vv., Malabar, 1964; Sdasyuk G. V., Shtati Indii, Malabar, 1981.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |