Kontent qismiga oʻtish

Malang Sarr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Malang Sarr
Malang Sarr 2021-yilgi FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati finalida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Malang Mamadou William Georges Sarr[1]
Tavallud sanasi 23-yanvar 1999-yil (1999-01-23) (25 yosh)[2]
Tavallud joyi Nice, Fransiya
Boʻyi 1.83 m[3]
Ampluasi Markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005–2016 Nice
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015–2017 Nice II 13 (0)
2016–2020 Nice 102 (3)
2020– Chelsea 8 (0)
2020–2021Porto (ijara) 8 (0)
2020–2021Porto B (ijara) 8 (1)
2022–2023Monaco (ijara) 13 (0)
Milliy terma jamoa
2014–2015 Fransiya U-16 9 (1)
2015–2016 Fransiya U-17 11 (0)
2016–2017 Fransiya U-18 4 (0)
2017–2018 Fransiya U-19 10 (0)
2018 Fransiya U-20 2 (0)
2017–2019 Fransiya U-21 8 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12-mart uchun)

Malang Mamadou William Georges Sarr (1999-yil 23-yanvar) – Fransiyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubining himoyachisi.

Klublardagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nice[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nice shahrida tugʻilgan Sarr[4] olti yoshida mahalliy Nice jamoasining akademiyasiga borib qoʻshildi[5]. 12 yilni shu yerda oʻtkazgan futbolchi 2016-yilning 14-avgustida Rennes klubiga qarshi Liga 1 doirasidagi uchrashuvda professional futboldagi debyutini oʻtkazadi. Aynan shu uchrashuvning 60-daqiqasida Jean Michaël Serining jarimadan oshirgan toʻpidan soʻng futbolchi karyerasidagi dastlabki gol muallifiga ham aylanadi va jamoasining uchrashuvdagi gʻalabasini ham taʼminlaydi[6]. Bu orqali Nigeriyalik Bartholomew Ogbechedan keyingi Liga 1 turniring debyut oʻyinida gol muallifi boʻlgan eng yosh futbolchiga aylanadi[7]. Ushbu golni futbolchi 2016-yil Nice shahrida boʻlib oʻtgan terrorchilik harakati qurbolnlariga bagʻishlagan holda nishonlaydi[6][8]. 2016-yil 7-noyabr kuni Sarr Nice jamoasi bilan ilk professional shartnomasini imzoladi. Mavsumda davomida futbochi oʻttizdan ortiq oʻyinlarda maydonga tushadi va jamoasi ligada uchinchi oʻrinni egallashida ham sezilarli yordam beradi[9][10][11].

2018-yil fevral oyida Sarr CIES Football Observatory tomonidan eʼlon qilingan 20 yoshgacha boʻlgan istiqbolli futbolchiar reytingida beshinchi oʻrinni egallaydi[12]. Tarkibdagi nisbatan tajribali himoyachi Maxime Le Marchand bilan raqobat va jamoa yangi ijaraga olgan futbolchisi Marlon tufayli Sarrning oʻyin amaliyoti sezilarli darajada qisqaradi. Shunga qaramasdan u mavsum davomida jami 29 oʻyinda maydonga tushadi[13].

2019-yilning 10-avgust kuni, Liga 1 2019-2020-yilgi mavsumining ochilish oʻyinida Sarr klub safidagi 100-oʻyinini oʻtkazadi[14]. 2020-yil 30-iyunida shartnomasi yakunlangan himoyachi Nice jamoasini erkin agent sifatida tark etadi.

Chelsea[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 27-avgust kuni futbolchi Premyer-liganing Chelsea jamoasi bilan besh yillik shartnoma imzolagan maʼlum qilindi[15].

2020-2021-yilgi mavsum: Porto (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 6-oktyabr kuni Sarr 2020-2021-yilgi mavsum yakuniga qadar Portugaliyaning Porto jamoasiga ijaraga beriladi[16]. U 2020-yil 21-oktyabr kuni UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasidagi Manchester City bilan kechgan bahsda jamoa safidagi debyutini oʻtkazadi. Uchrashuv ingliz klubining 3-1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlanadi[17][18]. Sarr 2020-yil dekabr oyida Taça da Liga turniri doirasidagi Paços de Ferreiraga qarshi oʻyinida portugal klubi safidagi ilk va yagona goli muallifi boʻladi[19]. Sarr 2020-2021-yilgi mavsumda jami hisobda 19 oʻyinda maydonga tushgan.

2021-2022-yilgi mavsum: Chelsea[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sarr 2021-yil Chelsea klubi safida

Germaniya, Italiya va Fransiyaning bir necha klublaridan boʻlgan takliflarga qaramasdan futbochi Chelsea tarkibida qolishni tanladi. Futbolchiga 2021-2022-yilgi mavsum uchu 31-raqam berildi[20]. 2021-yil 22-sentyabrida Sarr Liga kubogidagi Aston Villa jamoasiga qarshi bahsda londonliklar safidagi debyutini oʻtkazadi va ushbu oʻyin 1-1 hisobidagi durrang bilan yakunlanadi va penaltilar seriyasida 4-3 natija qayd etgan Chelsea jamoasi keyingi bosqichga yoʻllanma oladi[21]. Premyer-ligadagi debyutini esa bir oydan soʻng boʻlib oʻtgan Brentford jamoasiga qarshi bahsda jamoaning asosiy ikki himoyachisi Antonio Rüdiger va Thiago Silva tarkibda yoʻqligi sabab toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qilgan holda oʻtkazgan[22].

2022-yil yanvar oyida Liga kubogi yarim finalida Tottenhemga qarshi bahsda u chap qanot himoyachi sifatida oʻyinni boshlaydi.

2022-yil 12-fevral kuni Sarr FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati finalida Palmeiras klubiga qarshi bahsning qoʻshimcha boʻlimlarida maydonga tushadi va jamoasi bilan birga penaltilar seriyasidagi gʻalaba evaziga jahon chempioniga aylanadi[23]. Bundan tashqari u Al-Hilal jamoasiga qarshi yarim final bahsida ham zaxiradan maydonga tushirilgan[24].

2022-2023-yilgi mavsum: Monaco (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 10-avgust kuni Sarr Monaco klubi bilan bir mavsumlik ijara shartnoma imzoladi[25].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sarr Nice shahridagi Les Moulins mahallasida tugʻilgan. Asli kelib chiqishi Senegal davlatiga borib taqaladi. Ota-onasi migrant sifatida Fransiyaga koʻchib kelishgan[26].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 12-mart holatiga koʻra[27]
Klub safidagi liga oʻyinlari doirasidagi va umumiy statistika
Klub Mavsum Liga Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Nice B 2016–17 Chempionnat National 2 3 0 3 0
2017–18 1 0 1 0
Umumiy 4 0 4 0
Nice 2016–17 Liga 1 27 1 32 1
2017–18 21 0 29 0
2018–19 35 1 38 1
2019–20 19 1 20 1
Umumiy 102 3 119 3
Porto (ijara) 2020–21 Primeira Liga 8 0 19 1
Porto B (ijara) 2020–21 Liga Portugal 2 8 1 8 1
Chelsea 2021–22 Premyer Liga 8 0 21 0
2023–24 Premyer Liga 0 0 0 0
Umumiy 8 0 21 0
Monaco (ijara) 2022–23 Liga 1 13 0 17 0
Umumiy 143 4 188 5

Sovrinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chelsea

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Squad List: FIFA Club World Cup UAE 2021: Chelsea FC“. FIFA (2022-yil 9-fevral). Qaraldi: 2022-yil 25-aprel.
  2. „Malang Sarr“. Chelsea F.C.. Qaraldi: 2022-yil 25-aprel.
  3. „Malang Sarr“. AS Monaco FC. Qaraldi: 2023-yil 8-mart.
  4. „Malang Sarr“ (fr). L'Équipe. Qaraldi: 2022-yil 25-aprel.
  5. „Malang Sarr: "Ce but, je le dédie aux victimes"“ (fr). Nice-Matin (2016-yil 14-avgust). Qaraldi: 2016-yil 15-avgust.
  6. 6,0 6,1 Rodden, Mark (14 August 2016). „Nice's Malang Sarr dedicates debut goal to victims of terrorist attack“. ESPN. Qaraldi: 2016-yil 15-avgust.
  7. „Nizza, alla scoperta di Malang Sarr: il baby talento "senza nome"“ (it). La Gazzetta dello Sport (2016-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 17-oktyabr.
  8. „17-year old Sarr sees off Rennes“. Ligue 1 (2016-yil 14-avgust). Qaraldi: 2016-yil 15-avgust.
  9. „Official: Malang Sarr signs OGC Nice pro deal“. Get Football News France (2016-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 7-dekabr.
  10. „Chelsea vying with Real Madrid and Barcelona to sign Malang Sarr“. Sky Sports (2017-yil 21-iyul). Qaraldi: 2018-yil 27-yanvar.
  11. „Chelsea transfer news: Alex Oxlade-Chamberlain, Malang Sarr, Diego Costa“. Fox Sports (2017-yil 22-iyul). Qaraldi: 2018-yil 27-yanvar.
  12. Margueritte. „Alban Lafont, ce Français qui devance Mbappé au classement des footballeurs les plus prometteurs“ (fr). Huffington Post (2018-yil 19-fevral). Qaraldi: 2018-yil 21-fevral.
  13. „Les joueurs de l'OGC Nice sur le gril: aujourd'hui, Malang Sarr“ (fr). Nice-Matin (2018-yil 25-iyun). Qaraldi: 2018-yil 6-iyul.
  14. „Malang, 100 Appearances Already“ (2019-yil 12-avgust). Qaraldi: 2019-yil 22-avgust.
  15. „Sarr signs on“. Chelsea F.C. (2020-yil 27-avgust). Qaraldi: 2020-yil 27-avgust.
  16. „Portugal loan for Malang Sarr“. Chelsea F.C. (2020-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
  17. „Notícias - Duas novidades para o arranque da Liga dos Campeões“ (pt). FC Porto (2020-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-mart.
  18. „Manchester City vs. Porto“. Soccerway (2020-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-sentyabr.
  19. „Notícias - Lugar reservado na final four da Taça da Liga“. FC Porto (2020-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 18-mart.
  20. Pasztor, David. „Malang Sarr loan move to Greuther Fürth collapses on deadline day — report“. We Ain't Got No History (2021-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-sentyabr.
  21. „Match report: Chelsea 1 Aston Villa 1 (4-3 on pens)“ (en-gb). Chelsea F.C. (2021-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-mart.
  22. „Match report: Brentford 0 Chelsea 1“ (en-gb). Chelsea F.C. (2021-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-mart.
  23. „Chelsea beat Palmeiras in Club World Cup“ (en-GB). BBC Sport (2022-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 10-mart.
  24. „Match report: Chelsea 1 Al Hilal 0“ (en-gb). www.chelseafc.com (2022-yil 9-fevral). Qaraldi: 2024-yil 10-mart.
  25. „AS Monaco are pleased to announce the arrival of Malang Sarr!“ (en-US). AS Monaco (2022-yil 10-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  26. Aguilar, Francesc. „Malang Sarr, el espectacular 'baby' central del Niza“ (es). Mundo Deportivo (2016-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 1-noyabr.
  27. „M. Sarr“. Soccerway. Qaraldi: 2016-yil 1-sentyabr.
  28. „Chelsea 2–1 Palmeiras“. BBC Sport (2022-yil 12-fevral). Qaraldi: 2022-yil 24-aprel.
  29. McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (2022-yil 14-may). Qaraldi: 2022-yil 14-may.
  30. McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (2022-yil 27-fevral). Qaraldi: 2022-yil 24-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Chelsea FC veb-saytidagi futbolchi Profili