Kontent qismiga oʻtish

Carney Chukwuemeka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Carney Chukwuemeka
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Carney Chibueze Chukwuemeka[1]
Tavallud sanasi 20-oktyabr 2003-yil (2003-10-20) (20 yosh)[2]
Tavallud joyi Eyzenshtadt, Avstriya bayrogʻi Avstriya
Boʻyi 1.87 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
F.C.Chelsea
Raqami 30
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
-2016 Northampton Town
2016—2021 Aston Villa
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021—2022 Aston Villa 13 (0)
2022- Chelsea F.C. 3 (0)
Milliy terma jamoa
2019 Angliya U17 2 (0)
2020—2021 Angliya U18 3 (1)
2021—2022 Angliya U19 13 (6)
2022- Angliya U20 3 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-oktyabr uchun)

Carney Chibueze Chukwuemeka (talaffuzi: Karni Chibueze Chukvuemeka), (2003-yil 20-oktyabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Premier League „Chelsea“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi[3]. Chukwuemeka — „ Aston Villa“ va „Nortgempton Town“ akademiyalari tarbiyalanuvchisi. Avstriyada nigeriyalik ota-onasidan tugʻilgan, u Angliyani xalqaro yoshlar toifasida himoya qiladi, yaqinda 2022-yilgi UEFA U-19 Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan Angliya U19 jamoasini himoya qiladi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aston Villa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chukwuemeka 2016-yilning mart oyida Nortempton Town akademiyasidan Aston Villa akademiyasiga qoʻshilgan[4][5]. U Aston Villa bilan ilk professional shartnomasini 2020-yilning iyulida imzolagan[6].

Chukwuemeka jamoadagi debyutini 2021-yil 19-may kuni safarda Tottenham Hotspur FC ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, oʻyinga kirishgandan soʻng bir necha daqiqada darvoza ustuniga zarba berdi[5][7]. 2021-yil 23-mayda u Aston Villa akademiyasining 2020—2021-yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi[8]. Ertasi kuni Chukwuemeka finalda Liverpul U18 ni 2:1 hisobida magʻlub etib, Angliya yoshlar kubogini qoʻlga kiritgan Aston Villa U18 jamoasining azolaridan biri boʻldi[9].

Chukwuemeka oʻzining birinchi kattalar safida 2021-yil 28-avgustda Brentfordga qarshi 1:1 hisobidagi durang oʻyinda maydonga tushdi, Pol Merson bu oʻyinni „ajoyib“ deb baholadi va „u mutlaq yulduz boʻladi“ deya izoh qoldirdi[10].

F.C.Chelsea[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 2-avgustida „Aston Villa“ va „Chelsea“ klublar Chukwuemekaning shaxsiy shartlarini kelishib, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sharti bilan klublar doimiy transferi boʻyicha kelishuvga erishganini tasdiqladi[11][12]. 2022-yil 4-avgustda „Chelsea“ Chukwuemeka bilan olti yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[13].

Xalqaro darajadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chukwuemeka Avstriya, Angliya, Nigeriya milliy futbol terma jamoalarida oʻynash huquqiga ega[4]. 2021-yil 29-mart kuni Angliya U17 terma jamoasida ikkita oʻyin oʻtkazganidan soʻng, u Uels ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan Angliya U18 milliy futbol terma jamoasida debyut qildi[14].

2021-yil 2-sentyabrda Chukwuemeka Angliya U19 terma jamoasi safida Sent-Jorj Parkda Italiya U19 jamoasi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda debyut qildi, u ham jamoa sardori boʻldi[15]. 2021-yil 10-noyabrda u 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2022-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida Andorra U19 ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonib, Angliya U19 terma jamoasidagi ilk golini kiritdi[16].

2022-yil 17-iyunda Chukwuemeka 2022-yilgi UEFA chempionatining 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi chempionati final bosqichi uchun Angliya terma jamoas safiga kiritildi[17]. Chukwuemeka oʻz turnirining har bir oʻyinida ishtirok etib, guruh bosqichida Avstriya va Serbiyaga qarshi oʻyinlarda gʻalaba qozongan[18]. 2022-yilning 1-iyulida Angliya terma jamoasi finalda Isroil ustidan qozonilgan qoʻshimcha taymda (3:1) ikkinchi golni urdi[19]. Musobaqa davomidagi oʻyinlari uning UEFA turnir jamoasiga kiritilishiga sabab boʻldi[20].

2022-yil 21-sentyabrda Chukwuemeka Angliya U20 terma jamoasidagi debyutini Pinatar Arenada Chili terma jamoasi ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi[21].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chukwuemeka igbo millatiga mansub. U Avstriyada nigeriyalik ota-onasidan tugʻilgan va keyinroq u yerdan koʻchib ketgan va Angliyaning Nortgempton shahrida oʻsgan[4]. Uning akasi Kaleb „Krouli Town“ klubida oʻynaydi. U akasi bilan Nortgempton oʻgʻil bolalar maktabida oʻqigan[22].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

202yil 22-oktabr holatiga ko`ra[23]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollari
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi APL kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Aston Villa U21 2020-21 2 0 2 0
2021-22 2 0 2 0
Jami 4 0 4 0
Aston Villa 2020-21 Premer-liga 2 0 0 0 0 0 2 0
2021-22 Premer-liga 11 0 0 0 2 0 13 0
Jami 13 0 0 0 2 0 15 0
Chelsea 2022-23 Premer-liga 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0
Jami faoliyati 16 0 0 0 2 0 4 0 22 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aston Villa U18

  • FA yoshlar kubogi: 2020-21-yil

Angliya U19

  • 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2022 yil

Individual

  • 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2022-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2020/21 Premier League squads confirmed“ (inglizcha). premierleague.com. Premier League (20-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 22-may 2021-yil.
  2. „Carney Chukwuemeka“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 3-noyabr 2021-yil.
  3. „Carney Chukwuemeka - Profile“. avfc.co.uk. Aston Villa F.C.. 2021-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-may 2021-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 Maston. „Carney Chukwuemeka: Aston Villa wonderkid that Europe's top clubs are queuing up to sign“. Goal (15-aprel 2021-yil). 2021-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-may 2021-yil.
  5. 5,0 5,1 Watson. „Carney Chukwuemeka - transfer talk, contract and Villa plan“ (inglizcha). BirminghamLive (15-may 2021-yil). Qaraldi: 22-may 2021-yil.
  6. Preece. „Aston Villa tie down 'best 16-year-old in England' Chukwuemeka“ (inglizcha). BirminghamLive (27-iyul 2020-yil). Qaraldi: 19-may 2021-yil.
  7. Brand. „Tottenham 1–2 Aston Villa: Sloppy Spurs beaten on fans' return to leave European hopes under threat“ (inglizcha). Sky Sports (20-may 2021-yil). Qaraldi: 19-may 2021-yil.
  8. „Martinez voted Supporters' Player of the Season 🏆“. Aston Villa Football Club (23-may 2021-yil). 2021-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-may 2021-yil.
  9. Preece. „Aston Villa vs Liverpool FA Youth Cup final LIVE updates“ (inglizcha). BirminghamLive (24-may 2021-yil). Qaraldi: 24-may 2021-yil.
  10. Mir. „Paul Merson delivers verdict on Chukwuemeka’s performance for Aston Villa v Brentford“ (inglizcha). HITC (29-avgust 2021-yil). Qaraldi: 30-avgust 2021-yil.
  11. „Aston Villa agree Chukwuemeka departure“ (inglizcha). Aston Villa FC (2-avgust 2022-yil).
  12. „Chukwuemeka transfer agreed“ (inglizcha). Chelsea FC (2-avgust 2022-yil).
  13. „Chukwuemeka signing confirmed“ (en-gb). www.chelseafc.com. Qaraldi: 4-avgust 2022-yil.
  14. Keen. „Villa young Lions roar for England“ (inglizcha). Express & Star (29-mart 2021-yil). 2021-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-may 2021-yil.
  15. Veevers. „England MU19s 2-0 Italy“. EnglandFootball.com (2-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2021-yil.
  16. UEFA.com. „England-Andorra | Under-19“ (inglizcha). UEFA.com. Qaraldi: 10-noyabr 2021-yil.
  17. „Aston Villa trio named in England squad for U19 Euros“. Aston Villa Football Club (17-iyun 2022-yil). Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
  18. Boswell. „Meet England's Young Lions gunning for glory in Under-19s European Championships final against Israel“. Sky Sports (1-iyul 2022-yil). Qaraldi: 13-iyul 2022-yil.
  19. Sansom. „Israel U19 1-3 England U19 (AET): Young Lions come from behind to win European Championship“. Sky Sports (1-iyul 2022-yil). Qaraldi: 1-iyul 2022-yil.
  20. „2022 Under-19 EURO Team of the Tournament“. UEFA (5-iyul 2022-yil). Qaraldi: 13-iyul 2022-yil.
  21. Crane. „Report: England MU20s 3-0 Chile“. EnglandFootball.com (21-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 25-sentabr 2022-yil.
  22. Townley. „'A different level, 93 goals, six hat-tricks' - The making of Aston Villa's Chukwuemeka brothers“. Birmingham Mail. Qaraldi: 15-avgust 2022-yil.
  23. Carney Chukwuemeka Soccerway saytida. Qaralgan sana: 20-yanvar 2022-yil.