Maksim Staviskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maksim Staviski
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Bolgariya
Oldin vakil boʻlgan Rossiya
Tavalludi 16-noyabr 1977-yil (1977-11-16) (46 yosh)
Rostov-on-Don, Rossiya
Boʻyi 1.73 m (5 ft 8 in)
Sherigi Albena Denkova
Oldingi sheriklari Anastasiya Belova Rossiya bayrogʻi Rossiya
Oldingi murabbiylari Natalia Linichuk, Gennadi Karponosov, Aleksey Gorshkov
Jamoasi SC Ice Dance Denkova/Staviski
Uchishni boshlagan 1981
Yakunlagan 2007
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 210.44
Standart raqs 41.05
Original raqs 62.79
Erkin raqs 108.03

Maksim Staviski (bolgarcha: Максим Стависки; 1977-yil 16-noyabrda tugʻilgan) — Rossiyada tugʻilgan, muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan bolgariyalik muz raqqosi. Sherigi va unashtirilgan sevgilisi Albena Denkova bilan birga ikki karra (2006 — 2007) jahon chempioni, ikki karra (2003 — 2004) Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori va 2006-yilgi Gran-pri finali chempioni boʻlgan. Denkova va Staviski juftligi figurali uchish boʻyicha Jahon chempionatida medal olgan birinchi Bolgariya vakillaridir.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maksim Staviski 1996-yilda Moskvada Denkova bilan juftlik hosil qilgan va u bilan Bolgariya vakili sifatida musobaqalarda bellashish uchun Sofiyaga koʻchib oʻgan. Juftlk tez orada bir-birlarini sevib qolgan. 2000-yil sentyabr oyida Denkova / Staviski murabbiy Aleksey Gorshkov va xoreograf Sergey Petuxov qoʻl ostida mashgʻulot oʻtay boshlagan[1].

Denkova / Staviski juftligi zotiljam bilan kasallanganidan keyin 2000-yilgi Yevropa chempionatini tark etgan. 2000-yilgi Jahon chempionatida erkin raqs oldidan soʻnggi mashgʻulot Denkovaning oyogʻi jarohat olgan uch oy davomida yura olmagan[2].

Denkova / Staviski juftligi 2001-yilgi Yevropa chempionatidan oldin gripp bilan kasallanishiga qaramay, musobaqada qatnashgan va 8-oʻrinni egallagan[3].

Denkova / Staviski juftligi 2004 — 2005-yillarda Yevropa chempionatida ishtirok etishdan voz kechdi va Jahon chempionatida qatnashib, 5-o‘rinni egallagan. Mavsum oxirida ular murabbiyi Gorshkov bilan xayrlashishgan va Natalya Linichuk va Gennadiy Karponosov murabbiyligida mashgʻulotlar oʻtkazish uchun AQShning Delaver shtatidagi Newark shahriga koʻchib oʻtishgan. Juftlik oʻzlarining uchinchi Olimpiada musobaqasida 5-o‘rindan joy olgan. Ular 2006-yilgi Jahon chempionatida figurali uchish boʻyicha jahon oltin medalini qoʻlga kiritgan birinchi bolgarlar boʻlishgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Staviski yahudiy diniga mansub. Uning familiyasi baʼzan Staviyski deb yoziladi. Denkova va Staviski unashtirilgan. Ularning o‘g‘li Daniel 2011-yil 30-yanvarda dunyoga kelgan.

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Original raqs Erkin raqs
2006 — 2007

  • Libertango
    Astor Piazzolla
2005 — 2006

  • Cha Cha

    Santa Esmeralda
  • Bésame Mucho

    (Un Bolero Por Favor)

    Consuelo Velázquez
  • Adagio

    Remo Giazotto, Tomaso Albinoni
2004 — 2005

  • Charleston

    Big Beat Band
  • Slow foxtrot: You’ve Got a Friend in Me
1999 — 2000
  • Speak up Mambo
  • Soledad
  • Give it up
  • Xotica - Journey to the Heart
    (Cirque du Soleil)

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Staviski bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natijalar
Xalqaro
Event 1996 — 97 1997 — 98 1998 — 99 1999 — 00 2000 — 01 2001 — 02 2002 — 03 2003 — 04 2004 — 05 2005 — 06 2006 — 07
Olimpiada 18 7 5
Jahon chempionatlari 19 17 11 WD 10 5 3 2 5 1 1
Yevropa chempionati 17 16 9 WD 8 6 2 2 WD 3
Gran-pri finali 3 2 3 1
GP Cup of Russia 5 3
GP Lalique/Bompard 4 1 2 1
GP NHK Trophy 6 3 1 1 2
GP Skate America 1
GP Skate Canada 5 4 2 1
GP Spark./Bofrost 6 3 1
Bofrost 1
Finlandia Trophy 1 1 1 1 1
Karl Schäfer xotirasi 1
Nebelhorn Trophy 3
Skate Israel 2
Polish FSA Trophy 3
Milliy
Bolgariya chempionati 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1
GP = Gran-Pri; WD = Musobaqani tark etgan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oreiller, Céline; Zibung, Jacqueline. „Interview with Albena Denkova and Maxim Staviski: Part I“. Absolute Skating. „Interview with Albena Denkova and Maxim Staviski: Part II“.
  2. „World skating champion from Bulgaria involved in car accident near Ropotamo River“. The Sofia Echo (2007-yil 6-avgust). 2012-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-may.
  3. Gazave, Romain. „Albena Denkova & Maxim Staviski: Behind the Boards“. Absolute Skating. Qaraldi: 2010-yil 22-dekabr.