Luca Lanotte

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Luca Lanotte

Cappellini va Lanotte 2011-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Italiya
Tavalludi 30-iyul 1985-yil (1985-07-30) (38 yosh)
Milan, Italiya
Yashash joyi Milan
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Sherigi Anna Cappellini
Jamoasi Fiamme Azzurre
Uchishni boshlagan 1992
Yakunlagan 2018
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 192.08
Qisqa raqs 77.46
Erkin raqs 114.62

Luca Lanotte (talaffuzi: Luka Lanotte; 1985-yil 30-iyulda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashuvchi italiyalik muz raqqosi. Sherigi Anna Cappellini bilan birga 2014-yilgi Jahon chempioni, 2014-yilgi Yevropa chempioni, 2015 Cup of Chinamusobaqasining chempioni va Gran-pri seriyasida oʻn uch karra medal sovrindori hamda yetti karra Italiyaning milliy chempioni (2012 — 2018) boʻlgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Luca Lanotte 1985-yil 30-iyulda Italiyaning Milan shahrida tugʻilgan. U muz raqqosasi Eve Bentley bilan oila qurgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Luca Lanotte yetti yoshida konkida uchishni boshlagan va o‘n yoshida yakka holda konkida uchishdan muz raqsiga o‘tgan. U Adriana Jovino, Camilla Spelta va Camilla Pistorello bilan juftlikda konkida uchib, Pistorello bilan birga oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati musobaqasida toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.

Cappellini bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Luca Lanotte 2005-yil may oyida Cappellini bilan juftlik hosil qilgan[1]. Oʻsmirlar oʻrtasidagi kuchli mavsumdan soʻng, Cappellini / Lanotte juftligi 2006 — 2007-yillarda kattalar toifasida musobaqalarda debyut qilgan[2]. Juftlik oʻzining birinchi Yevropa chempionatida 8-oʻrinni egallagan. Navbatdagi Jahon chempionati musobaqasi oldidan Cappellini chap yelkasidan jarohat olgan. Juftlik Jahon chempionatidagi erkin raqs namoyishida yiqilib, 13-oʻrindan joy olgan[3].

2007 — 2008-yillarda Cappellini / Lanotte jufligi oʻzining birinchi Gran-pri medalini — Skate Canada turnirining kumush medalini qoʻlga kiritgan, Yevropa chempionatida yettinchi oʻringa koʻtarilgan va Jahon chempionatida kuchli oʻntalikka kirgan[4].

Cappellini / Lanotte juftligi 2008 — 2009-yillarda Gran-pri musobaqalarining birortasida ham medal olmagan, ammo Yevropa chempionatida 5-o‘ringa ko‘tarilgan va Jahon chempionatida yana o‘ninchi o‘rinni egallagan. Mavsum oraligʻida ular murabbiylarni almashtirishga qaror qilishgan va murabbiylar Muriel Boucher-Zazoui va Romain Haguenauer bilan mashgʻulotlar oʻtkazish uchun Fransiyaning Lion shahriga koʻchib oʻtishgan.

2011 — 2012[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cappellini / Lanotte juftligi 2011 Skate Canada International va 2011 Trophee Erik Bompard musobaqalarida ishtirok etib, bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Birinchi milliy chempionlikni qoʻlga kiritgandan soʻng, juftlik2012-yilgi Jahon chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan.

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lanotte bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2017 — 2018

  • Cha Cha: Kaboom

  • Samba: Skip to the Bip

  • Samba: 1008 Samba
  • La Vita e Bella (soundtrack)

    Nicola Piovani
2016 — 2017

Charlie Chaplin medley:

  • Limelight
  • City Lights: Overture
2015 — 2016

Fellini medley:
2014 — 2015

2013 — 2014

  • Quickstep: 42nd Street
  • Foxtrot: Lullaby of Broadway
  • Quickstep: 42nd Street

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Lanotte bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Musobaqa 05 — 06 06 — 07 07 — 08 08 — 09 09 — 10 10 — 11 11 — 12 12 — 13 13 — 14 14 — 15 15 — 16 16 — 17 17 — 18
Olimpiada 12 6 6
Jahon chempionati 13 10 10 11 8 6 4 1 4 4 6 4
Yevropa chempionati 8 7 5 6 4 3 1 2 2 2 4
Universiada 1
Bavarian Open 1
Finlandia 2
Nebelhorn 2
Lombardia 1
Mont Blanc 1
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chempionati 4
JGP Final 3
JGP Bulgariya 2
JGP Slovakiya 2
Milliy
Italiya chempionati 1 J. 2 2 2 2 WD 1 1 1 1 1 1 1
J. = Oʻsmirlar darajasi; WD = Musobaqani tark etgan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Anna CAPPELLINI / Luca LANOTTE: 2005/2006“. International Skating Union. 2006-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Competition Results: Anna CAPPELLINI / Luca LANOTTE“. International Skating Union.
  3. „Anna CAPPELLINI / Matteo ZANNI: 2004/2005“. International Skating Union. 2005-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Anna CAPPELLINI / Matteo ZANNI: 2003/2004“. International Skating Union. 2004-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan.