Johann Sebastian Bach

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Johann Sebastian Bach
Johann Sebastian Bach.jpg
Bastakor
Tavalludi 21-mart 1685-yil
Vafoti 28-iyul 1750-yil(1750-07-28)
(65 yoshda)
Leipsig, Olmoniya
Fuqaroligi Saxe-Eisenach va Muqaddas Rim imperiyasi
Otasi Johann Ambrosius Bach
Onasi Maria Elisabeth Lämmerhirt

Johann Sebastian Bach (talaffuzi: Iogann Sebastyan Bax; 21-mart, 168528-iyul, 1750) olmon bastakori va organisti boʻlgan. Xor, orkestr va solo asboblar uchun yaratgan asarlari Barokko davrini shakllantirdi.

Bach — buyuk nemis kompozitori, mash'hur organ ijrochisi, barokko davri hamda polifoniya uslubining yirik namoyandasi. Bach ijodida oldingi davr musiqa janr yoʻnalishlari (shu jumladan, xor polifoniyasi, protestant xorali, organ musiqasi, italyan operasi, klavesin va klavir musiqasi) umumlashtirilib, oʻz badiiy yakunini topgan. Bach musiqasida polifoniya yoʻnalishlari bilan gomofoniya tizimlari oʻzaro qorishib yagona uslub vujudga keltirgan. Bach merosiga mingdan ziyod asarlar kiradi, ular asosan organ musiqasi, klavir, skripka va boshqa cholgʻular uchun asarlar hamda vokal, vokal-dramatik janrlari va boshqa Bach ijodida organ muhim oʻrin tutadi. U organning yangi imkoniyatlarini ochib berdi, organ prelyudiyasi, fantaziya, tokkata kabi janrlarini fuga bilan birlashtirdi.

Organ uchun yozilgan "„Prelyudiya va fuga c-moll“, „Fantaziya C-dur“, „Tokkata va fuga“, „Passakalya“ va boshqa asarlari jahon musiqasi xazinasidan oʻrin olgan. Bach birinchi boʻlib klavir uchun konsert asarlarini yaratib, yangi uslub kashf etdi (syuitalar, „Xromatik fantaziya va fuga“, „Italyancha konsert“). Klavir musiqasi sohasida yangi „teng tovushqatorli“ tizimning afzalliklarini „Yaxshi temperatsiyalashgan klavir“ toʻplami misolida namoyish qildi. Vokal, vokal-dramatik musiqa janrlarida Bachning 300 ga yaqin diniy kantata, xoral va oratoriyalari („Ioann boʻyicha ehtiroslar“, „Matvey boʻyicha ehtiroslar“, „H-moll katta messasi“, „Magnifikat“) alohida oʻrin tutadi. Bularning mavzulari injil kitobidan olingan boʻlib, mazmunida insoniylik, hayotdan zavqlanish, yuksak goʻzallikka intilish, shodu xurramlik bilan dard-alam hissiyotlari oʻz aksini topgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]