Aleksandr Julin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Julin
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Aleksandr Julin
Tavalludi Kaliningrad Moskva viloyati
Yashash joyi Moskva
Sherigi Mayya Usova
Murabbiyi Natalya Dubova

Aleksandr Vyacheslavovich Julin (ruscha: Алекса́ндр Вячесла́вович Жу́лин; 1963-yil 20-iyul, Kaliningrad, Moskva viloyati) — sovet va Rossiya vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. Sherigi Maya Usova bilan birgalikda Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori (1994), Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori (1992), jahon chempioni (1993) va Yevropa chempioni (1993) boʻlgan.

Hozirda Aleksandr Julin figurali uchish boʻyicha murabbiy boʻlib, asosan raqs juftliklari bilan ishlaydi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mayya Usova va Aleksandr Julin 1989-yilda.

Julin 1980-yilda Maya Usova bilan mashgʻulotlar oʻtagan. Ularga Natalya Dubova murabbiylik qilgan. Mayya va Aleksandr 1986-yil 24-mayda turmush qurishgan.

Sovet figurali uchishda juftlik uzoq vaqt davomida ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallashgan. Dastlab Klimova / Ponomarenko va Annenko / Sretenskiy juftliklari bilan, keyinroq Oksana Grischuk va Yevgeniy Platov juftligiga qarshi musobaqada qatnashgan. Xalqaro maydonda Julin va Mayya sanab oʻtilganlardan tashqari fransuz boʻlgan Dyushene bilan ham raqobatlashgan.

Julin Birinchi kanalning teleloyihalarida ishtirok etgan:

  • 2006- „Zvyozdi na ldu“ dasturida aktrisa Ingeborga Dapkunaite bilan birgalikda.
  • 2007 — „Lednikoviy Period“ koʻrsatuvida murabbiy sifatida.
  • 2008 — "Lednikoviy Period-2 " koʻrsatuvida murabbiy sifatida.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yildan ishqiy munosabatlarda boʻlgan Julin 2000-yilda Tatyana Navkaga uylandi. 2000-yilda ularning qizi Aleksandra ismli qizi dunyoga keldi. Oila New Jersey va New Yorkda (AQSh) yashagan va Julin murabbiy boʻlib ishlagan[1].

Aleksandr Julin 2006-yilda Amerika fuqaroligini oldi[1].

2010-yilda Navka va Julin ajralishlarini eʼlon qilishdi, shu bilan birga nikoh 14 yil davom etgani taʼkidlangan[2].

2011-yilda Aleksandr figurali uchuvchi Natalya Mixaylovaga uylandi[1].

2013-yil yanvar oyida ularning Yekaterina ismli qizi va 2020-yil aprel oyida Yelena ismli qizi dunyoga keldi[3].

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Maya Usova bilan)

Musobaqalar[4] 82/83 83/84 84/85 85/86 86/87 87/88 88/89 89/90 90/91 91/92 92/93 93/94
Xalqaro
Olimpiya oʻyinlari 3 2
Jahon chempionati 2 3 3 2 1
Yevropa chempionati 4 2 2 3 2 1 3
NHK Trophy 2 1 1 1
Yaxshi niyat oʻyinlari 2
Skate America 1 1
Nations Cup 1
Skate Electric 1 1
Moskva yangiliklari 3 2
Nebelhorn Trophy 1
International St. Gervais 1
Universiada 1 2
Milliy
SSSR chempionati 2 5 3 3 3 3 2 1
SSSR kubogi 3

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Александр Жулин. „История моей любви“. Караван историй (2010-yil 1-aprel). 1-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-fevral 2015-yil.
  2. Tatyana Navka: „Julin postupil ne po-mujski“ Chetirnadsatiletniy brak znamenitix figuristov podoshel k konsu — oni podali dokumenti na razvod
  3. „У экс-фигуриста Александра Жулина родилась дочь“ (ruscha). РИА Новости Спорт (3-aprel). 5-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  4. „Александр Жулин“ (ruscha). FSkate.ru. 14-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2022-yil.