Anna Cappellini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anna Cappellini
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Italiya
Tavalludi 19-fevral 1987-yil (1987-02-19) (36 yosh)
Como, Italiya
Ona shahri Como, Italiya
Yashash joyi Milan, Italiya
Boʻyi 1.65 m (5 ft 5 in)
Sherigi Luca Lanotte
Oldingi sheriklari Matteo Zanni, Luca Lombardi, Frederico Bassi
Murabbiyi Paola Mezzadri, Marina Zueva, Valter Rizzo
Oldingi murabbiylari Igor Shpilband, Nikolai Morozov, Muriel Zazoui, Romain Haguenauer, Roberto Pelizzola, Barbara Riboldi
Oldingi xoreograflari Romain Haguenauer, S. Mirabee, Diane Ribas, Giovanna Franzoni
Jamoasi Fiamme Azzurre
Uchishni boshlagan 1990
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 192.08
Erkin raqs 114.62

Anna Cappellini (talaffuzi: Anna Kappellini; 1987-yil 19-fevralda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashuvchi italiyalik muz raqqosi[1]. Sherigi Luca Lanotte bilan birga 2014-yilgi Jahon chempioni, 2014-yilgi Yevropa chempioni, 2015 Cup of Chinamusobaqasining chempioni va Gran-pri seriyasida oʻn uch karra medal sovrindori hamda yetti karra Italiyaning milliy chempioni (2012 — 2018) boʻlgan[2].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cappellini 1987-yil 19-fevralda Italiyaning Komo shahrida tugʻilgan[3]. U konkida uchish faoliyatini tugaganidan keyin fizioterapiyani oʻrganishga qiziqish bildirgan[4].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lanotte bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cappellini 2005-yil may oyida Luca Lanotte bilan juftlik hosil qilgan[5]. Oʻsmirlar oʻrtasidagi kuchli mavsumdan soʻng, Cappellini / Lanotte juftligi 2006 — 2007-yillarda kattalar toifasida musobaqalarda debyut qilgan[6]. Juftlik oʻzining birinchi Yevropa chempionatida 8-oʻrinni egallagan. Navbatdagi Jahon chempionati musobaqasi oldidan Cappellini chap yelkasidan jarohat olgan. Juftlik Jahon chempionatidagi erkin raqs namoyishida yiqilib, 13-oʻrindan joy olgan[7].

2007 — 2008-yillarda Cappellini / Lanotte jufligi oʻzining birinchi Gran-pri medalini - Skate Canada turnirining kumush medalini qoʻlga kiritgan, Yevropa chempionatida yettinchi oʻringa koʻtarilgan va Jahon chempionatida kuchli oʻntalikka kirgan[8].

Cappellini / Lanotte juftligi 2008 — 2009-yillarda Gran-pri musobaqalarining birortasida ham medal olmagan, ammo Yevropa chempionatida 5-o‘ringa ko‘tarilgan va Jahon chempionatida yana o‘ninchi o‘rinni egallagan. Mavsum oraligʻida ular murabbiylarni almashtirishga qaror qilishgan va murabbiylar Muriel Boucher-Zazoui va Romain Haguenauer bilan mashgʻulotlar oʻtkazish uchun Fransiyaning Lion shahriga koʻchib oʻtishgan.

2011 — 2012[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cappellini / Lanotte juftligi 2011 Skate Canada International va 2011 Trophee Erik Bompard musobaqalarida ishtirok etib, bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Birinchi milliy chempionlikni qoʻlga kiritgandan soʻng, juftlik2012-yilgi Jahon chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan.

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lanotte bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2017 — 2018

  • Cha Cha: Kaboom

  • Samba: Skip to the Bip

  • Samba: 1008 Samba
  • La Vita e Bella (soundtrack)

    Nicola Piovani
2016 — 2017

Charlie Chaplin medley:

  • Limelight
  • City Lights: Overture
2015 — 2016

Fellini medley:
2014 — 2015

2013 — 2014

  • Quickstep: 42nd Street
  • Foxtrot: Lullaby of Broadway
  • Quickstep: 42nd Street

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Lanotte bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Musobaqa 05 — 06 06 — 07 07 — 08 08 — 09 09 — 10 10 — 11 11 — 12 12 — 13 13 — 14 14 — 15 15 — 16 16 — 17 17 — 18
Olimpiada 12 6 6
Jahon chempionati 13 10 10 11 8 6 4 1 4 4 6 4
Yevropa chempionati 8 7 5 6 4 3 1 2 2 2 4
Universiada 1
Bavarian Open 1
Finlandia 2
Nebelhorn 2
Lombardia 1
Mont Blanc 1
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chempionati 4
JGP Final 3
JGP Bulgariya 2
JGP Slovakiya 2
Milliy
Italiya chempionati 1 J. 2 2 2 2 WD 1 1 1 1 1 1 1
J. = Oʻsmirlar darajasi; WD = Musobaqani tark etgan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Anna CAPPELLINI / Luca LOMBARDI: 2000/2001“. International Skating Union. 24-dekabr 2001-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  2. „Anna CAPPELLINI / Matteo ZANNI: 2002/2003“. International Skating Union. 10-aprel 2003-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  3. „Anna CAPPELLINI / Luca LANOTTE: 2006/2007“. International Skating Union. 8-iyul 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  4. „Anna CAPPELLINI / Luca LANOTTE: 2007/2008“. International Skating Union. 7-iyun 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  5. „Anna CAPPELLINI / Luca LANOTTE: 2005/2006“. International Skating Union. 25-aprel 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  6. „Competition Results: Anna CAPPELLINI / Luca LANOTTE“. International Skating Union.
  7. „Anna CAPPELLINI / Matteo ZANNI: 2004/2005“. International Skating Union. 12-iyun 2005-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  8. „Anna CAPPELLINI / Matteo ZANNI: 2003/2004“. International Skating Union. 5-iyun 2004-yilda asl nusxadan arxivlandi.