Kontent qismiga oʻtish

Mahzan al-Irfon fit-Tafsir al-Qurʼon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mahzan al-Irfon fit-tafsir al-Qur’on“ kitobi oʻn ikki shia islom olimlaridan biri, XX asrning yagona mujtahidi Banu Aminning 15 jildli tafsiri hisoblanadi[1].

Banu Amin nomi bilan mashhur boʻlgan Banuyi mujtahid Sayyidi Nusrat Begum Amin at-Tujjar Isfahoniy milodiy 1886-yilda Isfahonda tugʻilgan va Imom Ali ibn Abu Tolibning avlodi ekanligi aytiladi. Oʻn besh yoshida Hoji Sayid Muhammad Amin at-Tujjarga turmushga chiqqan, uning amakivachchasi Isfahonda mashhur tadbirkorlardan boʻlgan. Toʻyidan bir necha yil oʻtib, yigirma yoshida uyida Oyatulloh Mir Muhammad Najafobodiydan fiqh, usul, tafsir, hadis va hikmat kabi islomiy ilmlarini oʻrgana boshlaydi. Umrining yigirma yilini islom bilimlarini oʻrganishga bagʻishlagan Banu Amin qirq yoshida „Arbaʼin Hoshimiya“ („Qirq Hoshimiy anʼanalari“) nomli ilk asarini yozadi. Asar Iroqning Najaf shahridagi anʼanaviy diniy taʼlim markaziga yetib boradi va ulamolar tomonidan maʼqul koʻriladi. Banu Amin shu tariqa ulamolar orasida shuhrat qozonib, ijtihod darajasiga erishadi. Fiqh, hadis hamda Qur’on kabi islom ilmlari boʻyicha Najafning eng buyuk ulamolari tomonidan oʻtkazilgan bir necha yozma imtihonlardan soʻng unga ijtihodga ruxsat beriladi. Oʻsha davrda u oʻz davrining yagona ayol mujtahidi boʻlgan. Banu Amin, shuningdek, qizlar uchun litsey va diniy taʼlim markazi ham tashkil etgan. Banu Amin 1983-yilning 16-iyunida Isfahonda vafot etgan.