Mahmud Jaloliddin posho

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahmud Jaloliddin posho
Usmonli turklar Adliya vaziri
Mansab davri
1878-yil
Hukmdor Abdulhamid II
Usmonli turklar moliya vaziri
Mansab davri
1887-yil – 1888-yil
Hukmdor Abdulhamid II
Moliya vaziri
Mansab davri
1897-yil – 1899-yil
Hukmdor Halil Rifat posho
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1839
Vafo, Fotih Istanbul.
Vafoti 1903
Bryussel, Belgiya
Oʻlim sababi albuminuriya yoki uremiya
Fuqaroligi Usmonligi podsholigi
Turmush oʻrtogʻi Iffet Xonim, Soniha sulton
Bolalari
  • Rifat
  • Fuat
  • Ali Bidar
  • Sabohiddin
  • Lutfullo
Onasi Ismet xonim
Otasi Halil Rifat posho

Domod Mahmud Jaloliddin posho yoki Mahmud Jaloliddin Asaf (1853-yil Istanbul — 1903-yil 17-dekabrda Bryusselda) — Usmonli davlat arbobi, shoir va yozuvchi. Kapitan Halil Rifat poshoning oʻgʻli. Mahmud posho Sulton Abdulmajidning kuyovi va shahzoda Sabohiddinva Lutfulloning otasi. U 1853-yilda Istanbulda tugʻilgan. Otasi Usmonlilar imperiyasida kapitan boʻlib xizmat qilgan kuyov Halil Rifat Posho, onasi esa Ismet xonim edi. Mahmud posho yoshligida otasidan ayrildi. Xususiy taʼlim olgandan soʻng u turli davlat lavozimlarida ishlagan. Ikki yil davomida Parij konsulligida ishlab fransuz tilini mukammal darajada oʻrgangan. Birinchi marta Iffet xonimga uylangan. Mahmud poshoning bu nikohdan Rifat, Fuat va Ali Bidar ismli uch farzandi bor edi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1876-yil 28-dekabrda Sulton Abdulaziz davrida Usmonli sultoni Abdulmajidning qizi Soniha Sultonga uylandi va Usmonlilar sulolasiga kuyov boʻldi. Bu nikohdan uning oʻgʻli shahzoda Sabohiddinn va Lutfullolar dunyoga keladi.

Soniha Sulton.Mahmud poshoning xotini. Abdulhamid II ning singlisi

Abdulaziz taxtdan agʻdarilib, uning oʻrniga Abdulhamid taxtga kelgach, Mahmud posho yangi sultonning eng yaqin qarindoshlaridan biriga aylandi va 1877-yil 30-martda vazirlik unvonini oldi. 1878-yil 18-aprelda Mahmud posho Sodiq Poshoning oʻrniga Adliya vaziri lavozimini egalladi.

Damat Mahmud Jaloliddin Posho oʻz xizmati davrida Mahkama nazorati ostida yangi tartiblarni amalga oshird. U qotillik aybi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlarni vaqtincha ogʻir mehnatga almashtirilishini va jazo muddatining uchdan bir qismini oʻtaganlarning ozod etilishini taʼminladi. U vazirlikdagi ofitser lavozimini egalladi. Vazirlik davrida yangi protsessual qonun ishlab chiqildi, lekin uni amaliyotga tatbiq etishning iloji boʻlmadi.

Mahmud Jaloliddin posho

Abdulhamidni taxtdan tushirish uchun tashkil etilgan Skelyeri-Aziz Bey qoʻmitasi bilan aloqalari borligi sababli u saroy vaziri lavozimidan ozod qilindi. Keyinchalik bu qoʻmita bilan aloqasi yoʻqligi maʼlum boʻlgach, unga Vaqflar vazirligi va Davlat kengashi aʼzosi boʻlish taklif qilindi, lekin u bu vazifalarni qabul qilmadi.[1]

Yevropa safari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahmud Jaloliddin Posho rasmiy lavozim olmagan davrda oʻz qasrini sheʼriyat qoʻmitasiga aylantirdi. Osaf taxallusi bilan sheʼrlar yozgan posho oʻgʻillari tarbiyasiga ham bir qadar eʼtibor bergan. U oʻz oʻgʻillariga davrning yetuk shaxslarini ustoz qilib tayinladi. Boshqa tomondan, siyosatning borishini yaqindan kuzatib, sultonga yetkazish maqsadida oʻz tanqid va takliflarini yozgan. U Bag'dod temir yoʻli boʻyicha tenderda britaniyalik hamkor kompaniyaga topshirilishi uchun vositachi sifatida ishlamoqchi edi. Ammo nemislarga yon berilishi uning gʻazabi va nafratini oshirdi.

1899-yilda Abdulhamidga qarshi chiqqanligi sababli ikki oʻgʻli shahzoda Sabohiddin va shahzoda Lutfullo bilan Yevropaga qochib ketadi.[1] U Marselga, u yerdan Parijga bordi. Abdulhamid maʼmuriyatiga adovatda boʻlgan Yosh turklar tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Yosh turklarning bir qismi hukumat bilan kelishuv tuzib, oʻz vatanlariga qaytganlaridan soʻng u ortda qolganlar orasida yetakchi sifatida koʻrila boshladi.1900-yil 1-yanvarda Meshveretda chop etilgan gazeta egasi Ahmet Rizo Beyga fransuz tilida maktub yoʻllab, Yosh turklarni yuksak minnatdorchilik tuygʻulari bilan kutib olishini bildirdi. Sultonga yozgan maktubini turli gazetalarda eʼlon qildi. Maktubda u sultonni va uning atrofidagilarni qattiq tanqid qilgan.

Mahmud posho.1880-yil

U oʻgʻillari bilan Jenevada chiqadigan Usmonli gazetasining ahvoli bilan tanishish uchun Jenevaga bordi. Is’hoq Sukuti gazetaning barcha huquq va majburiyatlarini unga topshirdi. Posho 1900-yil 1-aprelda Usmonli gazetasida Abdulhamidga yoʻllagan bayram tabrigida saroydagi bayram marosimini qattiq tanqid qildi. Gazetada shahzoda Sabohiddin va Lutfullolarning ikkinchi maktubi qoʻpol soʻzlar bilan chop etildi. Saroy kuyovini vataniga qaytarish uchun har tomonlama urindi va nihoyat, poshoning mol-mulki tortib olinib, davlat xazinasiga oʻtkazilganligi haqidagi xabar maʼlum boʻldi. Harajatlarini oʻz zimmasiga olgan Usmonli gazetasini Londonda nashr qilish uchun oʻgʻillari bilan 1900-yil 29-mayda Angliyaga bordi va 1900-yilning 1-iyulidan boshlab gazetani Londonda nashr ettirdi. Sulton bilan savdolashib, yozishmalar orqali, Istanbulga qaytishni talab qilgan.[1]

Misr safari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Istanbul hukumatining tazyiqlari natijasida Posho va uning oʻgʻillari Londonni tark etib, Misr Xedivasi Abbos Hilmi Poshoning taklifi bilan Misrga joʻnab ketishdi. U yerda Xoja Kadri afandi tomonidan boshqariladigan „Qonun-i Esasi“ gazetasini chiqarishga yordam berdi. „Tazkira-i ulamo“ nomli asarini Asaf taxallusi bilan yozgan sheʼrlarini „Devon“i bilan Qohirada nashr ettirgan Saroy poshoni qaytarish uchun harakatlarini davom ettirdi. Xedivlar ham posho va uning oʻgʻillarini Istanbulga qaytishga koʻndirishga harakat qildilar.[2] Misrlik Xediv bilan munosabatlari buzilganida, Mahmud Misrni tark etib, Parijga qaytib keldi. U Parij havosiga moslasha olmagani uchun Korfu oroliga ketishi Yunon-Usmonli munosabatlarining keskinlashishiga sabab boʻldi. Posho Korfuda kasal boʻlib, orolni tark etdi. U barcha yosh turk guruhlarini oʻz ichiga olgan qurultoy tashkil etishga urinayotgan oʻgʻillarini qoʻllab-quvvatladi. 1902-yil 4-fevralda Fransiyada birinchi yosh turklar qurultoyi boʻlib oʻtdi. Qurultoyning faxriy rahbari Mahmud posho boʻldi.[3][4]

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baʼzi manbalarga koʻra, Posho albuminuriya, baʼzilarida esa uremiya bilan ogʻrigan degan taxminlarni ilgari surgan. U 1903-yil 17-dekabrda qishlash uchun uchun Bryusselga borganda vafot etdi. Abdulhamid II Mahmud poshoning jasadini Istanbulga olib kelishni istasa-da, oʻgʻillari mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiya rejimi eʼlon qilinmas ekan, uni qaytarib bermasliklarini aytishdi. Poshoning jasadi Fransiyadagi Pere Lachaise qabristonidagi turk qabristoniga dafn qilindi. Dafn marosimi Yosh turklar yigʻilishiga aylandi; Qabrda oʻqilgan olovli nutq matnlari Usmonli gazetasida chop etilgan. 1908-yilda Abdulhamid II mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiyani eʼlon qilishi bilan posho jasadi katta bir marosim bilan Istanbulga keltirildi U otasining qabri joylashgan Eyupsultondagi oilaviy maqbaraga dafn etilgan.[5]

Badiiy merosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Osaf“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan, maqola va sheʼrlari davrning turli jurnallarida chop etilgan. Uning bosma devoni, darajasi, „Tezkir-i Ulama“, „Ser-i Mubin va Ahbar-i Sahiha Ulamoy-i Arab xalifaligi haqida“, „Damat Mahmud Poshoning Sulton Abdulhamidga maktublari“ nomli bosma risolalari bor.[6]

Uning obrazi 2017-yilda TRT 1 da efirga uzatilgan, Hakan Boyav tomonidan suratga olingan „Poytaxt: Abdulhamid“ serialida gavdalantirilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]