Ludwig Erhard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Lyudvig Vilgelm Erxard
nemischa: Ludwig Wilhelm Erhard
Ludwig Erhard Grabstätte Portrait.jpg
Flag of Germany (state).svg
 2–GFR Federal kantsleri
Mansab davri
16-oktabr 1963-yil — 30-noyabr 1966-yil
Oʻtmishdoshi Konrad Adenauer
Vorisi Kurt Georg Kizenger
Flag of Germany (state).svg
 Germaniya vitse-kantsleri
Mansab davri
29-oktabr 1957-yil — 16-oktabr 1963-yil
Oʻtmishdoshi Frants Blyuxer
Vorisi Erix Mende
Flag of Germany (state).svg
 1–GFR iqtisod vaziri
Mansab davri
20-sentabr 1949-yil — 16-oktabr 1963-yil
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Vorisi Kurt Shmyukker
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
nemischa: Ludwig Wilhelm Erhard

4-fevral 1897[1]
Fyurt, Oʻrta Frankoniya, Bavariya, Germaniya imperiyasi
Vafoti 5-may 1977[2][1]
Bonn, Germaniya
Millati nemis
Siyosiy partiyasi XDI
Turmush oʻrtogʻi Luiza Erxard (1893—1975) 1923-yildan
Bolalari Elizabet
Taʼlim Nyurenberg Iqtisod va Ijtimoiy fanlar oliy maktabi
Gyote nomidagi Frankfurt Universiteti
Gardenberg gimnaziyasi
Kasbi iqtisodchi
Dini lyuteranlik
Mukofotlari GER Bundesverdienstkreuz 8 Grosskreuz bes Ausf.svgDE-BY Der Bayerische Verdienstorden BAR.pngCordone di gran Croce OMRI BAR.svgPER Order of the Sun of Peru - Grand Cross BAR.pngPRT Order of Saint James of the Sword - Grand Cross BAR.pngESP Isabella Catholic Order GC.svg건국훈장1대한민국장.png
Dafn etilgan joyi Gmund
Ish joyi Myunxen Universiteti
Bonn Universiteti
Imzosi

Lyudvig Vilgelm Erxard (nemischa: Ludwig Wilhelm Erhard; 1897-fevral 4-yil(4-02-1897), Fyurt, Oʻrta Frankoniya, Bavariya, Germaniya imperiyasi — 1977-yil 5-may, Bonn, Germaniya) — gʻarbiy nemis iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi, Germaniyada urushdan keyingi iqtisodiy islohotlarning bosh qahramoni. 1963–1966-yillarda Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri. 1966-yil martdan 1967-yil maygacha Xristian-demokratik ittifoq raisi.

U iqtisod vaziri sifatida joriy etgan «ijtimoiy bozor iqtisodiyoti» deb nomlanuvchi nemis iqtisodiy tizimining otasi deb hisoblanadi, ammo uning ushbu iqtisodiy tiklanishdagi xissasi bahslidir[3].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lyudvig Erxard Bavariyada kichik biznesmen oilasida tugʻilgan. Uninng otasi katolik, onasi esa yevangelist protestant edi. Ota xotiniga bolalarni oʻz eʼtiqodida tarbiyalashga ruxsat berdi. Keyinchalik, Erxard protestant boʻlib, xristian-demokratik doiralarda katoliklar bilan yaxshi hamkorlik qildi[4].

Erxard oʻrta maʼlumotni Fyurt va Nyurnbergda olgan va Birinchi jahon urushi davrida gaubitsa artilleriyasida jang qilgan. 1918-yilda chap yelkasining sinishi, chap qoʻlning sezilarli atrofiyasi natijasida jarohat oldi. Ettita operatsiyadan soʻng unga tashxis qoʻyilib, jismoniy mehnatga yaroqsiz deb topildi. Bu Erxardning kelajakda otasining biznesi bilan shugʻullanishiga toʻsqinlik qiladigan asosiy omil edi. Jarohat Erxardning sogʻligʻiga ikkinchi kuchli zarba boʻldi. Bundan avval u uch yoshida poliomielitdan aziyat chekkan, shundan soʻng uning oʻng oyogʻi umr boʻyi deformatsiyalangan holda qolgan edi.

Erxard avval Nyurnbergdagi Oliy Savdo maktabida iqtisod boʻyicha tahsil olib, uni 1922-yilda tugatdi va soʻngra Frankfurt universitetiga oʻqishga kirdi[5]. Erxard Frankfurtdagi universitetda oʻqiganida butunlay yolgʻiz qoladi. Oʻzining ovozini unutmaslik uchun u parkga borib, oʻzi bilan oʻzi uzoq vaqt baland ovozda gaplashib oʻtirardi. Ammo u bu muammoni yengib oʻtib, oʻz davrining ijtimoiy hayotdagi eng integratsiyalashgan nemislaridan biriga aylandi. Talabalik vaqtida Frankfurt universitetida iqtisodni oʻqitish sifati pastligi koʻrgan Erxard dekanatga boradi va unga sifatli taʼlimni kim bera olishini soʻraydi. Unga Frants Oppengeymer ismli bir odam borligini aytishadi. Erxard uning oldiga boradi. Shundan soʻng u Oppengeymerni eng yaxshi nemis iqtisodchilaridan biri, Germaniyada liberal dunyoqarashga asos solgan odam deb hisoblaydi.

1925-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgandan soʻng u Nyurnberg iqtisodiy tadqiqotlar institutida assistent boʻlib ishlay boshladi[5]. Keyin institut direktorining o‘rinbosari bo‘ldi. 1942-yilda fashistlar bilan kelishmovchiliklar tufayli institutni tark etishga majbur boʻldi. 1943- yildan boshlab Erxard „imperatorlik sanoat guruhi“ homiyligi ostida tuzilgan kichik tadqiqot markazining rahbari boʻldi. Bu yerda asosiy eʼtibor fashistlar tuzumi qulagandan keyin zarur boʻladigan iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishga qaratilgan edi.

Chekayotgan Erxard

Gʻarbiy zonasining xoʻjalik boshqaruvi organlarida[tahrir | manbasini tahrirlash]

1945-yil sentyabr oyida u Bavariya iqtisodiyoti boʻyicha davlat vaziri, keyin Bison iqtisodiy kengashida pul va kredit boʻyicha maxsus boʻlim boshligʻi va 1948-yil mart oyida — Bizoniya iqtisodiy departamenti direktori boʻlib ishlagan.

1946-yilda Bavariya Iqtisodiyot vaziri sifatida Erxard islohotlarni faol ravishda ilgari surdi. Islohotlar 1948-yil 18-20-iyunda eʼlon qilindi. Erxard Germaniya iqtisodiyotini liberallashtirish boʻyicha oʻzining shaxsiy harakatlarini amalga oshirdi. Amerika versiyasiga koʻra Reyxsmarks oʻrniga barqaror boʻlgan valyutani joriy qilishni talab qilardi (islohot paytida kiritilgan nemis markalari evroga oʻtishdan oldingi davrda ishlatilgan). Erxard, shu bilan birga, koʻpchilik tovarlarga davlat tomonidan rejalashtirish va markazlashtirilgan narx belgilashni bekor qildi, nemis korxonalariga toʻliq mustaqillikni berdi. Erxard 1948-49- yillardagi jiddiy qiyinchiliklar va sotsial-demokratlarning qattiq qarshiliklari qaramay, liberal pozitsiyalarga amal qilishda davom etdi va moliyaviy barqarorlikni taʼminladi.

Lyudvig Erxard rafiqasi Luiza bilan, 1963-yil.

Germaniya hukumatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniya tashkil etilgandan soʻng, Erxard xristian demokrat, Konrad Adenauer hukumatida Iqtisodiyot vaziri (1949-1963) boʻldi va federal kansler (1963-1966) sifatida uning vorisiga aylandi. U Germaniyaning "iqtisodiy mo''jizasi" uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi.

Islohotning taqdiri Koreya urushi boshlanganidan keyin hal qilindi. Germaniya sanoati tomonidan import qilinadigan xomashyo narxi oʻrtacha 67 foizga, mamlakatdan eksport qilinadigan tayyor mahsulotlar narxi esa atigi 17 foizga oshdi. Tashqi bozorni egallash va undan raqobatchilarni siqib chiqarish orqaligina tez iqtisodiy o‘sishni taʼminlash mumkin edi. Agar oʻsha paytda sanoat raqobatbardosh boʻlmaganida edi, inqiroz faqat iqtisodiy vaziyatni yomonlashtirishi mumkin edi. Yangi global urushni kutish bilan bogʻliq vahima sotib olish ajiotajni keltirib chiqardi. Kansler Adenauer va Iqtisodiyot vaziri oʻrtasida ziddiyat yuzaga keldi. Tashqi iqtisodiy sohada noliberal cheklovlarga yoʻl qoʻyib, murosa qilish kerak edi. Bu vaqtdan yutish imkonini berdi. Va keyin urush Germaniya uchun ishlay boshladi. Germaniya arzon ishchi kuchiga ega barqaror iqtisodiyot tovarlarga juda muhtoj boʻlgan jahon bozorini oʻz mahsulotlari bilan toʻldira boshladi. Soliqlarning pastligi tufayli 50-yillarda Germaniya yalpi ichki mahsulotining oʻsish sur’ati. rivojlangan mamlakatlar orasida eng yuqori, narxlarning oʻsish sur’ati esa eng past boʻldi.

Erxard Sharqda juda mashhur boʻlgan va Germaniyada oʻzidan oldingi shaxslar tomonidan faol foydalanilgan tartibga solish manipulyatsiyasidan butunlay voz kechdi. U Germaniyani G‘arb madaniyati va bozor iqtisodiyoti mamlakati sifatida qatʼiy belgilab, uni „umumiy bozor“ning tayanchlaridan biriga aylantirdi.

1963-yilda, Adenauer nafaqaga chiqqanida, Erxard uning oʻrniga kansler lavozimini egalladi. 1966-yilda uning sheriklari uni isteʼfoga chiqishga majbur qilishdi. 1977-yilda vafotiga qadar Erxard Bundestagning eng keksa deputati boʻlib qoldi.

Iste'fosi va vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1966-yil 26-oktyabrda vazir Valter Scheel (FDP) bir kun oldin chiqarilgan byudjetga norozilik bildirib, isteʼfoga chiqdi. FDP aʼzosi boʻlgan boshqa vazirlar ham undan oʻrnak olib, isteʼfoga chiqishdi. Koalitsiya buzildi. 1966-yil 30-noyabrda Erxard ham isteʼfoga chiqdi. Uning vorisi SDP bilan katta koalitsiya tuzgan Kurt Georg Kiesinger (CDU) boʻldi.

Erxard oʻz siyosiy faoliyatini Gʻarbiy Germaniya parlamentining aʼzosi boʻlib, vafotiga qadar davom ettirdi. 1977-yil 5-mayda Bonnda yurak etishmovchiligidan vafot etdi. U Tegernsee yaqinidagi Gmundda dafn qilindi.

Joy nomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paderborn, Fyurt va Myunsterdagi Lyudvig Erxard-Berufsschule (kasb-hunar kolleji) uning sharafiga nomlangan.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xotini Luiza (1893-1975), qizlik familiyasi Lotter, iqtisodchi. 1914-yilda u advokat Fridrix Shusterga turmushga chiqadi, lekin bir yildan keyin uning eri frontda vafot etadi. Birinchi turmushidan uning Eleanora ismli qizi bor edi. 1923-yilda u Erxardga turmushga chiqadi. Luiza Erxardga turmushga chiqishdan oldin uni singlisining dugonasi edi. Erxardga turmushga chiqib, Elizabet ismli qizni dunyoga keltirdi.

Lyudvig Erxard. Fyurtdagi yodgorlik

Tarixiy roli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erxard dunyodagi birinchi yangi turdagi liberal islohotchidir. U davlat iqtisodiyotga aralashuvi kuchaygan sharoitda ishlashi kerak edi.

U sotsialistik gʻoyalarning sezilarli taʼsiri sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha keng chora-tadbirlarni qoʻllamasdan va etatistik ritorikadan qoʻllamagan holatda ish yuritish kerakligini tushundi. Ammo Erxard uchun iqtisodiy erkinlik va moliyaviy barqarorlikni saqlash muhim edi. Davlatni markazlashgani va inflyatsiya uning asosiy dushmani edi. Erxard etatizmning namoyon boʻlishini minimallashtirishga intildi. " Ijtimoiy bozor iqtisodiyoti " deb atala boshlagan strategiyaning mohiyati shundan iborat edi. Unda asosiy eʼtibor ijtimoiy taʼminotga emas, balki „bozor“ga qaratildi. Erxard 20-asrda juda mashhur boʻlgan demagogiya bilan shugʻullanish oʻrniga, har doim odamlarga oʻzi olib borayotgan yoʻlning oʻziga xos xususiyatlarini tushuntirishga harakat qilgan. „Men har bir Germaniya fuqarosini valyuta barqarorligini saqlashga qaratilgan saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlamasligidan uyalmaguncha ishontirishga tayyorman“, dedi u.

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniya mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakat Sana Mukofot Qaydlar
 Germaniya 1953-yil Germaniya Federativ Respublikasining „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni kavaleri
Flag of Bavaria (lozengy).svg Bavariya 1959-yil 3-iyul Bavariya oldidagi xizmatlari uchun ordeni kavaleri

Xorijiy davlatlarning mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakat Sana Mukofot Qaydlar
 Italiya 1955-yil 27-fevral[6] Italiya Respublikasining „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni ritsari
 Peru 1960-yil Peru Quyosh ordeni ritsari
 Ispaniya 1961-yil Katolik Izabella ordeni ritsari
 Portugaliya 1961-yil 29-may Avliyo Jeyms qilichi harbiy ordeni ritsari GCSE

Gallireya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bundesarchiv B 145 Bild-F004214-0033, Konrad Adenauer und Ludwig Erhard.jpg Bundesarchiv B 145 Bild-F018250-0008, Kanada, Staatsbesuch Bundeskanzler Erhard.jpg Bundesarchiv B 145 Bild-F020548-0018, Bonn, Bundeskanzler Erhard mit Charles de Gaulle.jpg
Konrad Adenauer va Lyudvig Erxard 1956-yilda. Lyudvig Erxard Ottava, Ontarioda, Kanada, 1964-yil. Sharl de Gol va Lyudvig Erxard 1965-yil.
Bundesarchiv B 145 Bild-P111323, USA-Besuch Ludwig Erhard, Lyndon B. Johnson.jpg Ludwig Erhard & Levi Eshkol.jpg
Johnson va Erxard, 1963-yil, dekabr. Lyudvig Erxard va Israil Bosh Vaziri Levi Eshkol, 1967-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yarim asrlik fikr. Nutqlar va maqolalar. — Ordynka, Nauka, 1993. — 608 p.
  • Barcha uchun farovonlik Arxivnaya kopiya -da — M: Delo, 2001. — 352 p.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. // (unspecified title)
  3. Werner Abelshauser. „Wunder gibt es immer wieder“ (de). bpb.de. Qaraldi: 29-aprel 2022-yil.
  4. Travin D., Marganiya O. Yevropeyskaya modernizatsiya
  5. 5,0 5,1 Tvores „ekonomicheskogo chuda“ Lyudvig Erxard // Patrushev A. I. Germanskie kansleri ot Bismarka do Merkel. — M.: Izdatelstvo Moskovskogo universiteta, 2009.
  6. Cavaliere di Gran Croce Ordine al Merito della Repubblica Italiana S.E. Prof. Dott. Ludwig Erhard, Ministro dell’Economia della Repubblica Federale Tedesca(ital.)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]