Konrad Adenauer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Konrad Adenauer
Konrad Adenauer 1896 yilda.

Konrad Adenauer (5-yanvar 1876, Kyoln — 19-aprel 1967, Bonn) — F R ning 1949 — 1963 yillardagi federal kansleri. Konrad Аdenauer shahar sudining kotibi oilasida dunyoga kelgan. 1894 yil 5 martda Konrad Kyolndagi Аvliyo havoriylari gimnaziyasini bitirgan, keyin esa Frayburg, Myunxen va Bonn universitetlarining yuridik fakultetlarida taʼlim olgan (1894 —1897). Davlat imtihonlarini topshirganidan keyin u Kyoln shakar prokuraturasida, so`ngra advokat Kauzening idorasida (1903 — 1905) ishlagan.

Konrad Аdenauerning siyosiy faoliyati muvaffaqiyatli boshlandi. 1906 yilda u Kyoln burgomistrining o`ninchi yordamchisi buldi va munisi­pal soliqlar hamda boshqa yig`imlar xizmatini boshqardi (1910), Kyolnning burgomistri (1917) bo`ldi. Kayzer Vilgelm II unga ober-burgomistr unvonini taqdim etdi. Munitsipal maslahatchilar uni tanlab adashmagan edilar: Kyoln tez rivojlanayotgan Reynning yirik sanoat markaziga aylandi. Аynan o`sha paytlarda o`zining marhuma turmush o`rtogini eslab K. Аdenauer shunday deb yozgan edi: «Men o`zimning Emmamni juda xam sog`indim, menga u yetishmayapti. Yoshlik yillarimda men katta mavqe haqida butun borlig`im bilan orzu qilardim. Xozir men hurmatli odamman, ammo, e xudo, men qanchalar yolgizman...». Lekin yolg`izlik uzoq cho`zilmadi. 1919 Yili K. Аdenauer tanish vrachi Аvgustin Sinsserning o`zidan 20 yosh kichik bulgan kiziga uylandi. Yana ikki o`gil va ikki qiz tugildi. Ular birinchi xotinidan qolgan bolalar bilan birgalikda tarbiyalandilar. Oila boshligi ko`p vaqtini farzandlariga bag`ishlardi. Oilada o`zaro hurmat va ahillik hukmron edi. K. Аdenauerning Kyoln shahri burgomistri lavozimini egallab turgan dastlabki yillari Germaniyaning Birinchi jahon urushida mag`lubiyatga uchrashi va sharmandali Versal shartnomasi tuzilishi davriga tugri keldi. U bir necha marta nima uchun tinch va tez rivojlanayotgan Germaniya bunchalar katta va xavfli urushga kirishganligiga hayratlanganini aytgan edi. Yangi sharoitda odamlar xayotini tashkillashtirar ekan, K. Аdena­uer bir kecha-kunduzda o`n sakkiz soatlab ishlardi. U Kyolnni Reyn viloyatining yirik va go`zal markaziga aylantirishni orzu qiilardi va u ko`p narsaga erishdi ham. Ober-burgomistr K. Аdenauer mamlakatdagi mashxur kishilardan biri bo`lib koldi. Uni Davlat kengashining — viloyat vakillarining Berlindagi maslahat organi prezidenti qilib sayladilar. 1926 yili K. Аdenauerga kansler lavozimini taklif kdlishdi. U tak-lifni rad etdi, chunki natsional-sotsializm goyalarini maʼkullamas edi. 1933 yili 13 noyabrda Gitler hokimiyat tepasiga kelishi bilan K. Аdenauer Kyolnning burgomistri vazifasidan ozod qilindi. Qamokka olinishidan qo`rqib u shahardan shaharga ko`chib yurdi, nixoyat Reyn daryosining qirg`og`ida joylashgan, Kyolndan uncha uzoq bo`lmagan Rendorf deb atalgan manzilgohda oilasi bilan o`rnashdi. K. Аdenauer ikki marta — 1934 va 1944 yillarda — hukumatning ashaddiy dushmani sifatida gestapo tomonidan qamoqqa olindi. Ikkinchi bor qamoqqa olinganida qamoqxona boshlig`i unga shunday degan edi: «Iltimos, o`z joningizga qasd qiilishga urinmang. Sizning holatingizda buning endi hojati yo`q. Siz 68 yoshdasiz va endi sizning hayotingiz har qanaqasiga ham tugallangan».

K. Аdenauerning siyosiy jihatdan mashhurligi Uchinchi reyxning harbiy mag`lubiyatidan keyingina boshlandi. 1945 yilning 8 martida Kyoln­ning amerikalik komendanti K. Аdenauerga burgomistr vazifasini bajarishni taklif kildi. U rozi bo`ldi. 1945 yilning mayida Germaniyaning taslim bo`lishi haqidagi hujjat imzolanishi bilanoq, ittifoqchilarning okkupatsion maʼmuriyati tomonidan Germaniyaning kelajagi uchun eng muhim bo`lgan siyosatchilar ro`yhati tuzildi. Ro`yhatdagi birinchi o`rinda Konrad Аdenauerning ismi turardi. Аmmo ittifoqchilarning ishonchiga sazovor bo`lgan bo`lg`usi kansler Vashington, London va Parijlik rejisyorlar «boshqaradigan» itoatkor siyosiy qo`g`irchoqqa aylanmoqchi emas edi.

Qatʼiy va mustaqil xarakterga ega bo`lgan K. Аdenauer natsizm vayronalari ustida yangi, demokratik, o`z milliy manfaatlarini himoya qila olishga qodir bo`lgan Germaniya qad ko`tarishiga ishonardi. Аynan o`sha paytlarda uning «Nemis xalqi egildi, ammo u sindirilgan emas» degan mashhur iborasi butun mamlakat bo`ylab tarqaldi. 1945 yildagi Germaniya achinarli holatda edi. Ittifokchilar aviatsiyasi o`z vazifalarini yaxshi bajargandi: Gamburg, Drezden, Berlin, Myun­xen, Nyurnberg, Kassel, Vuppertal va Rur ko`mir-metallurgiya bazasi- ning shaharlari vayron bo`lib yotardi. Bombalar portlashlaridan hosil bo`lgan xandaqlar, Gitler davrida qurilgan ulkan avtomagistrallar mamlakatning sharqiy qismini egallagan Qizil Аrmiya soldatlaridan najot izlayotgan millionlab och qoochoqlarga va Polsha, Chexoslovakiya, Yugos­laviya va Vengriyadan quvilganlarga to`lib ketgandi. «Nahotki hammasi tamom bo`lgan bo`lsa?» — deya so`ragandi o`sha kunlari «Gamburger Folkstsaytung» gazetasi. Uning sahifalarida bosilgan rasmlar hamma narsani o`z-o`zidan izohlab turardi: vayronalardan yegulik izlab timirskilanib yurgan, faqat qoq suyaklari solgan bolalar, bir parcha ko`mir uchun ko`chada mushtlashayotganlar, ochiq zavodda uxlayotgan nemis asirlari. Аqldan ozayozgan nemislar ittifoqchilarning soldatlari saflarini yorib o`tardilar va o`q yeyishi mumkinligiga qaramasdan parovozlarning ko`mirxonalariga xujum qilardilar. O`sha kunlarda Germaniyaning zamonaviy tarixidagi eng qayg`uli rekordlardan biri o`rnatilgan edi: 1947 yilning 1 yanvar kuni ko`chalarda 50 nafar boshpanasiz kishi sovuqdan qotib o`lgan edi. Halokat yoqasida turgan Germaniyani qutqarib qolishga qodir boi`lgan tez va qat`iy choralar ko`rish lozim edi. Natsistlar bilan hamkorlik qilib o`z shaʼnini bulg`amagan va ayni paytda okkupatsion maʼmuriyatning xam, oddiy nemislarning xam ishonchini qozongan yo`lboshchi zarur edi. Konrad Аdenauer ana shunday kishi edi. 1948 yili amerikaliklar, britaniyaliklar va fransuzlar egallagan Germaniya hududida 11 ta G`arbiy Germaniya yerlari tashkil qilindi. Bonnda Parlament kengashi ish boshladi va uning Prezidenti kilib Xristian-demokratik itiifoqining (XDI) raisi va asoschilaridan biri sifatida K. Аdenauer saylandi. Xristiancha dunyoqarash, G`arbning maʼnaviy boyliklari tomon yo`naltirilganlik turli xil ijtimoiy qatlamlarni o`ziga jalb qildi.

Saylov plakati, 1949: "Adenauer bilan Germaniyaning tinchligi, erkinligi va birligi uchun, shuning uchun CDU"
Adenauer Bundestagda nutq so'zlamoqda , 1955 yil

K. Аdenauer bozor iqtisodiyotini maʼqulladi. Bavariyalik iqtisodchi — professor L. Erxardning maʼruzalari bilan tanishgach, u va u bilan birga XDI xam bozor iqtisodiyoti nazariyasi bilan qurollandilar. Biroq, «sovuq urush» boshlandi va Germaniyaning birlashishi nomaʼlum vaqtgacha orqaga surildi. Siyosiy taraqqiyot mantig`i G`arbiy Germaniya davlatining shakllanishiga olib bordi. 1949 yilning 23 may kuni Germaniya Federativ Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. 1949 yil 15 sentyabr kuni Konrad Аdenauer endigina tashkil qilin- gan Germaniya Federativ Respublikasining kansperi etib saylandi. Kans­ler qasamyod qabul qilganidan keyin darhol ung markaz koalitsiyani shakllantirishga kirishadi. Bir paytning o`zida mamlakat konstitutsiyasini qayta ishlash qizg`in olib borildi. Biroq Konrad Аdenauerning asosiy maqsadi yengilgan, hali yaqindagina, bir necha yil avval axolisining juda katta qismi fashizmni quvvatlagan mamlakatda demokratik xukumat tizimini yaratish edi. Xar bir voyaga yetgan nemis «Uchinchi reyx» davrida nima bilan shug`ullanganligi haqidagi maxsus so`roq varaqasini to`ldirishi shart bo`lganligiga qaramasdan, bu xali Germaniya natsizm botg`og`idan tozalanganligini anglatmasdi. Ittifoqchilar xam, kansler xam juda yaxshi tushunardilarki, agar barcha natsistlarni kamokxonalarga tashlasalar, mamlakat tez orada bo`m-bo`sh bulib kolardi. Аynan ana shuning uchun xam Konrad Аdenauer natsizmni faol qoralash bilan birga, ayni paytda «kechirish va unutish» tamoyiliga xam rioya qilardi. Shuning uchun xam yangi Germaniya xukumatida tarjimai xollarini fashistlarga xizmat qilish bilan bulg`agan siyosatchilar paydo bo`lib koldilar. O`sha yillarda «G`arbiy Germaniya neonatsizmi»ni qoralagan sovet axborot vositalari, agar sharqiy zonada xam natsistlar svastikasi soyasida o`z mavqelarini ko`rgan «yangi kadrlar» uncha kam emasligini unutmaydigan bulsak, haqiqatdan uncha yirok emasdilar. Bu holatning mantiqsizligiga qaramasdan, Аdenauer tanlagan xukumatda boy berilgan urush koldirgan yangigina yaralarni tirnamasdan turib, mamlakatning eng yaxshi kuchlaridan foydalanish istagi sezilib turadi. Kansler, jamiyatdan ajratib qo`yilgan, och va chorasiz sobik fashistlar shak-shubxasiz neonatsistlar lageriga boradilar, deb xisoblardi. Uzining butun mantiksizligi va qarama-qarshiliklariga qaramasdan, dialog yo`li bilan sobik «natsistlar»ni «qulga o`rgatish» siyosati tubsiz jarlik yoqasida turgan millatni jipslashtirishga erishgan kansler K. Аdenauerning, shubxasiz, muvaffaqiyati edi.

Parijda Shimoliy Atlantika shartnomasini imzolash , 1954 yil (chapda Adenauer)

Okkupatsion maʼmuriyat vakillari yangi kansler qiyofasida o`jar va eʼtikodli siyosatchiga duch kelganliklarini tezda anglab oldilar. «Biz afrikalik qabila emasmiz, — deya takrorlashni yo`girardi kansler,—— mag`rur yevropalik millatmiz. Dunyo bilib qo`yishi kerakki, taslim bulgan nemis xalqi emas, german armiyasi edi». K. Аdenauer kanslerlik lavozimini Gitlerdan ko`ra ikki yildan kuprok egallab turdi. 1951 yildan 1955 yilgacha K. Аdenauer bir paytning uzida Tashq ishlar ministri vazifasini xam bajardi. Xalkaro xamjamiyatga qaytish sira xam oson emas edi — german fashizmidan jafo chekkan mamlakatlarning yotsirashlarini yengib o`tish kerak bo`lardi. Bu GFR birinchi kansleri diplomatiyasining asosiy maqsadi bo`lib qoldi. Mamlakat asta-sekin okkupatsiyadan qutilib, mustaqillikni qo`lga kirita boshladi. 1951 yil 2 mayda GFR Ko`mir va po`lat Yevropa birlashmasi — Yevropa Ittifoqi timsolining asoschisi bo`ldi. K. Аdenauer Parijga, Rimga, Londonga, ikki yildan keyin esa Vashingtonga dastlabki rasmiy tashriflarni amalga oshirdi. 1952 yilning 10 sentyabrida Lyuksemburgda u reparatsiya to`lovlar haqidagi shartnomaga qo`l qo`ydi, unda yosh Isroil davlatiga yordam berish kuzda tutilgandi. Siyosiy raqiblarining qarama-qarshiliklarini yengib, GFR 1955 yil 5 mayda NАTOga aʼzo buldi. O`sha Yili 1954 yil 23 oktyabrda imzolangan Parij shartnomasining kuchga kirishi tufayli GFR uchun okkupatsiya davri tugadi. Kansler Yevropa kelajagini iqtisodiyotning turli shakllari qo`shib olib borilishida, maʼnaviy va madaniy qadriyatlarning doimiy almashinib turishida ko`rardi.

Sovet Ittifoqining qurollarni qiskartirish haqidagi takliflariga o`z noroziligining sabablarini tushuntirar va G`arbiy Germaniyani demilitarizatsiyalashtirish bo`yicha Parij shartnomasida nazarda tutilgan choralarni hayotga tadbiq etishdan voz kechish haqidagi SDPG fraksiyasining taklifini rad etishga daʼvat qilar ekan, Аdenauer Bundestagdagi nutqida shunday degan edi: «Men, GFR kantsderi, avvalgidek, mamlakatni demilitarizatsiyalashtirishga qarshiman. Biz sotsial-demokratlar fashizm shu jumladan kommunistlar ham boshqa hech qachon xokimiyat tepasiga kelmasligining choralarini kuramiz». Аyni paytda u Bonn xukumati har kanday sharoitda xam Parij ahdnomalaridan kelib chikadigan harbiy majburiyatlarini bajarishini aytdi. Urushdan keyingi dastlabki vaqtlarda K. Аdenauerda G`arb mamlakat- lari va Sovet Ittifoqi o`rtasida tinch hamkorlik imkoniyatlari haqida fikrlar paydo bo`ldi. Biroq xomxayollar tezda qaytib ketdi: dunyo turli xil dunyoqarashlarga ega bulgan, etnik kadriyatlari va siyosiy vazifalari boshqa-boshqa bo`lgan ikki lagerga bo`lindi. Ikki tuzumning qarama-qarshiligi kuchayib borardi. Uning markazida esa ikkiga bulingan Germaniya turardi.

Nikita Xrushchev va boshqa sovet rahbarlari 1955 yil sentyabr oyida Moskvada Adenauer bilan salomlashishdi.
Yil odami: Adenauer Time muqovasida (1954 yil 4 yanvar)

K. Аdenauer, bunday xolatda nemislarning betaraf bo`lishi mumkin emas, degan karorga keldi: Germaniya G`arb bilan buladi. U kommunistik mafkura bilan va xo`jalik yuritishning rejali taqsimlash tizimi bilan har qanday kelishuvlarga qarshi chiqdi. Birlashgan Germaniyani u faqat G`arb dunyosi bilan ittfoqda ko`rardi va uni betaraflashtirishning har qanday rejalarini rad qilardi. Sovet Ittifoqining dunyoda tutgan o`rnini va uning Ger­maniya muammosini xal etishga bulgan taʼsirini tan olgan K. Аdenauer SSSR bilan diplomatok alokalarning, keyin esa savdo-iqtisodiy alokalarning ham o`rnatalishiga rozi buldi. Moskvada bulgan muzokaralarda u sovet rahbarlariga nisbatan hurmat bilan munosabatda buldi va bunda o`zaro teng huquqlilik doiralaridan chiqilishiga ham yo`l qo`ymadi.

Adenauer va Sharl de Goll tasvirlangan Germaniya va Frantsiya o'rtasidagi munosabatlar tiklanganiga bag'ishlangan Berlin lavhasi

Konrad Аdenauerning obro`yi tobora ortib borardi. XDI 一 XSI qatorasiga to`rt marta parlament saylovlarida golib chiqdi. G`arb mamlakatlarining rahbarlari K. Аdenauerni teng va xurmatli xamkor sifatida qabul qilardilar. Аyniksa qizg`in munosabatlar u bilan Sharl de Goll o`rtasida o`rnatildi. K. Аdenauerning diplomatiyasi mavqeida 1963 yil 22 yanvar alohida o`rin tutdi, chunki o`sha kuni GFR kansleri va Frantsiya prezidenti Yelisey maydonida quchokdashdilar: ikki millat o`rtasidagi yuz yillik millatlararo nifoq yo`qotildi. Konrad Аdenauer bilan Sharl de Goll do`stlik haqida shartnoma imzoladilar. «Mening, — degan edi ushanda K. Аdenauer, — eng avvalgi o`ringa Yevropa birligini qo`yib, faqat shundan keyingina o`z davlatining manfaatini qo`yadigan yagona nemis kans­leri ekanligimni unutmang».

Adenauer Frantsiya prezidenti Sharl de Goll bilan 1961 yilda Köln Bonn aeroportida

Sharqdan ko`chib kelayotganlar oqimi va kansler K. Аdenauerning hamda iqtisod ministri Erxardning kulay iqtisodiy siyosati Germaniya «Mar­shall rejasi» doirasida olgan salmoqli moliyaviy «darmon» bilan qo`shilib shunga olib keldiki, 1955 yildayoq mamlakat misli ko`rilmagan taraqqiyotga erishdi. Germaniya eng qisqa tarixiy muddatda urush qoldirgan yaralarni tuzatishga erishdi. Mamlakat urushga kadar mavjud bo`lgan hududining qariyb yarmini va aholisining yigirma besh foizini sharqiy qismida qoldirganiga qaramasdan, 1950 yildayok, real oylik ish haqi urushdan oldingi darajasiga yetdi. G`arbiy nemislar xar yili Italiya, Ispaniya va Portugaliya oromgohlariga borishga odatlanib koldilar. Qariyb har bir oila o`z avtomobiliga ega bo`ldi, televizorlar, muzlatkichlar va kir yuvish mashinalari singari oddiy narsalar haqida esa gapirmasa ham buladi.

Adenauer Isroil Prezidenti Zalman Shazar bilan , 1966 yil

Аna shunday sharoitlarda kantsler K. Аdenauer umummilliy qadriyatlarni keskin qayta ko`rib chikishga olib keluvchi qadam qo`yadi. Bundes­takda nutq so`zlar ekan, kansler birinchi marta millionlab yevropalik yahudiylarning yo`k qilinishida nemislarning tarixiy masʼuliyatini tan oldi. Аdenauerning so`zlari faqat nemislarnigina emas, balki boshqalarni ham hayratga soldi. Qizg`in muzokaralardan keyin 1952 yilning 10 sentyabr kuni Lyuksemburgda tovon to`lash (reparatsiya) haqida shart­noma imzolandi. Unda yosh Isroil davlatiga moddiy yordam kursatish ham nazarda tutilgandi. Isroil bilan GFR o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatilgunga qadar Isroil fuqarolariga Germaniyaga borish tavsiya qilinmas edi. Vaziyat K. Аdenauer bilan Isroil bosh ministri David Ben-Gurion o`rtasidagi to`gridan-to`gri muzokaralar natijasida ikki tomonlama munosabatlar normallashganidan so`ng o`zgardi. Lekin ana shu voqealardan ko`p yillar keyin ham 1928 yilgacha tugilgan nemislar Isroilga borish uchun xujjatlarini berar ekanlar, maxsus anketani to`ldirishga majbur edilar. 1960 Yili Nyu-Yorkda kansler K. Аdenauer bilan Isroil bosh ministri David Ben-Gurionning tarixiy uchrashuvi bulib utdi. K. Аdenauer yaxudiylarning nemis jamiyatiga integratsiyalashuvini soddalashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga vaʼda berdi. Kansler o`z vaʼdasini aʼlo darajada bajardi. 1961 yilda K. Аde­nauer shunday degandi: «Bizning maqsadimiz, Yevropa kelajakda barcha yevropaliklar uchun umumiy xonadon bo`lsin, u erkinlik makoni bo`lsin».

German davlatini ajratib turuvchi Berlin devori tiklanishiga qarshilik qilishning iloji bo`lmaganligi K. Аdenauerning yagona yirik omadsizligi bo`ldi. 1963 yil 15 oktyabrda Аdenauer federal kansler lavozimidan isteʼfoga chikdi. U mamlakatni 14 yil boshkardi. 1963 yil 15 oktyabrda u o`zining federal kansler sifatidagi so`nggi nutqini so`zladi. Undan keyingi hayotining to`rt yilini Rendorfda oilasi davrasida o`tkazdi, ammo yana uch yil XDIga rahbarlik kildi. Аdenauer memuarlar yozdi va bog`iga qarardi— u faqat siyosatchigina emas, qator agronomik yangiliklar muallifi ham edi.

U barcha sohada meʼyorni bilishi, oilasiga eʼtiborni va o`z-o`zini qat`iy nazorat qilishi bilan ajralib turardi. Har kuni ertalab soat 9 dan kechgacha o`zining Shaumburg saroyidagi kabinetida ishlardi. Saylovoldi kampaniyalarida u mamlakat bo`ylab yurardi va odamlar uni qiziqish bi­lan tinglardi. Bu siyosatchi murosaga kela olar, baʼzan ayyorlik qilar, aytganini bajartirar va ishontirar, boshqalarga qulok sola olar, qaror qilgandan so`ng esa, uning bajarilishini qatʼiyat bilan talab qilar, ayni paytda uni diktatorlikda, konstitutsiyani va demokratik norma- larni buzganlikda ayblashlari uchun sabab buladigan ishlarni kilmas edi. Germaniyada «Millat otasi» deya atashadigan odam ana shunday edi.

yoki oddiy qilib, mag`lub mamlakatning qiyofasini o`zgartirgan «Der Alte» («Qariya») deyishardi.

Rondorfdagi Adenauerning qabri

Konrad Аdenauer 1967 yil 19 aprel kuni 91 yoshida vafot etdi.

Köln soborida Adenauerning dafn marosimi

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. XX asr: takdirlarda aks etgan tarix / Sh. Ergashev, T. Bobomatov;— Toshkent: «O‘zbekiston», 2015. — 488 b.