Camille Saint-Saëns
Camille Saint-Saëns | |
---|---|
Tavalludi | 9-oktyabr 1835[1][2] |
Vafoti | 16-dekabr 1921[1][2] |
Fuqaroligi | Fransiya[3] |
Charles Camille Saint-Saëns (talaffuzi: Sharl Kamiy Sen-Sans; 1835.9.10, Parij 1921.16.12, Jazoir, Parijda dafn etilgan) — fransuz kompozitori, ijrochi va jamoat arbobi. Fransiya instituti aʼzosi (1881), Kembrij universiteti doktori (1893). Milliy musiqa jamiyati asoschilaridan (1871). Parij konservatoriyasida taʼlim olgan (1848 52). 185377-yillarda Parij soborlarida organchi boʻlib, oʻzining mukammal badiha ijrolari bilan shuhrat qozongan. 1870y.lardan boshlab Yevropa, Shimoliy Afrika va Amerika mamlakatlarida pianinochi va dirijyor sifatida konsertlar bergan. Kompozitorlik ijodida dilkash ifodalilik va garmonik nafislik, orkestr koloritining rangbarangligi, oʻzgarishlarga boy ritmikasi, xalq musiqasiga yaqinlik xususiyatlari koʻzga tashlanadi. S.S. 12 opera (jumladan, oriyental uslubda yaratilgan "Samson va Dalila", 1868), 5 ta fortepiano, 3 ta skripka, 2 ta violonchel konsertlari, bir necha simfonik va vokalsimfonik asarlar, kamercholgʻu pyesalar (jumladan, mashhur "Hayvonlar karnavali" syuitasi) va boshqa asarlar yozgan. U Sharq musiqasiga izchil qiziqib, "Arabcha kapris", "Jazoircha syuita", "Fors taronalari" kabi asarlar yaratgan.[4]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |