Federico Fellini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Federico Fellini
Federico Fellini NYWTS 2.jpg
Tavalludi 20.01.1920
Vafoti 31.10.1993
Fuqaroligi Italiya
Kasbi Kinorejissor
Turmush oʻrtogʻi Giulietta Masina

Federico Fellini (talaffuzi: Federiko Fellini; 1920 — 1993) — Italiya kinorejissyori. Fellini 1920-yil 20-yanvarda Adriatik dengizi bo'yidagi Riminida o'rtahol oilada tug'ilgan. 25-yanvar kuni uni San-Nikolo cherkovida Federiko Domeniko Marcello Fellini cho'qintiradi[1]. 1937-yildan Florensiya, keyinroq Rimda jurnalist sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, sugʻurta agenti, vitrina bezovchi, karikaturachirassom, reportyor ham boʻlgan. 1942-yildan tijorat uchun ishlangan komediya va melodramalarga ssenariy yozgan. R. Rosselinining „Rim—ochiq shahar“, „Payza“ filmlari yaratilishida qatnashgan. Neorealizm anʼanalaridan foydalangan holda oʻzining yorqin kinematografik uslubini yaratdi („Oq shayx“, „Onasining bolalari“, „Yoʻl“, „Shirin hayot“ va boshqalar). „Sakkiz yarim“ nomli yangi yoʻnalishdagi filmida real obrazlar oqimini qahramonlarning subʼyektiv qarashlari bilan birlashtirdi. „Rim“, „Amarkor“, „Orkestr repetitsiyasi“, „Intervyu“, „Oyning ovozi“ kabi filmlari Italiyaning tarixiy taqdiri, milliy mintalitet masalalariga bagʻishlandi. F. ijodiga bagʻishlangan „Chao, Federiko“ filmi ishlangan (rej. G. Baxman, 1969).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Autuori. „Ma la casa mia n'dov'è?“ (it-IT). Il Ponte (30-oktabr 2017-yil).