Lomeiy Nasafiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lomeiy Nasafiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi shoir,tarjimon

Lomeiy Nasafiy (arabcha: لامي نسفي — Lomeiy Nasafiy — Toʻliq ismi: Lomeiy Nasafiy (XVII asr oxiri XVIII asr boshida yashagan) — Shoir va tarjimon.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lomeiy Nasafiy dastlab Qarshi va Buxoroda, hayotining so‘nggi yillarida Hindistonda yashagan. Lomeiy Nasafiy Abdulazizxon hukmronligi yillarida saroyga taklif etilgan. Turdi Farog‘iy, Sayido Nasafiylar bilan yonma-yon turib ijod qilgan. Abdulazizxon ularni yuksak qadrlab, rahnamolik qilgan. Hokimiyat Subhonqulixon qo‘liga o‘tgach, ko‘pgina saroy aʼyonlari qatori shoir va sanʼatkorlar ham saroydan quviladi. Lomeiy Nasafiy ham dastlab Abdulazizxonga hamrohlik qilib Makka ziyoratiga boradi va u yerdan Hindistonga, Boburiylar huzuriga yo‘l oladi. Avrangzeb (1658-1707-yillar) hukmronligi yillarida saroyga yo‘l topib, katta obro‘-eʼtibor qozonadi. Lomeiy Nasafiy o‘zbek va tojik tillarida ijod qilgan.[1]

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

“Ibratnoma”, “Sharafu-l-inson” 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 465.