Lev Roxlin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lev Roxlin
Tavalludi 1947-yil 6-iyun
Aralsk viloyati, Qozogʻiston SSR, SSSR
Vafoti 1998-yil 3-iyul
Klokovo qishlogʻi, Naro-Fominsk tumani, Moskva viloyati, Rossiya
Fuqaroligi  Sovet Ittifoqi
Xizmatdagi yillari 1965-1998
Unvoni General-leytenant
Mukofotlari
1996

Lev Yakovlevich Roxlin (1947-yil 6-iyun, Aralsk, Qiziloʻrda viloyati, Qozogʻiston SSR, SSSR – 19983-iyul, Klokovo qishlogʻi, Moskva viloyati, Rossiya Federatsiyasi) – Sovet va Rossiya harbiy-siyosiy arbobi, Davlat Dumasi deputati. Rossiya Federatsiyasi 2-chaqiriq, Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining Mudofaa boʻyicha qoʻmitasi raisi (1996-1998), general-leytenant (1993[1]). Armiyani qoʻllab-quvvatlash harakati asoschisi va birinchi raisi (1997-1998).

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lev Roxlin Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, siyosiy surgun qilingan Yakov Lvovich Roxlin[2] oilasida uch farzandning eng kichigi boʻlib tugʻilgan. 1948-yilda oʻgʻli tugʻilgandan 8 oy oʻtgach, Yakov Lvovich hibsga olingan[3]. Onasi Kseniya Ivanovna Goncharova uch farzandni yolgʻiz tarbiyalagan.

Lev Yakovlevich Lev Aralsk shahridagi N. K. Krupskaya nomidagi 14-maktabning 11-sinfini tamomlagan. Soʻng, Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtiga oʻqishga kiradi. 1970-yilda keyingi barcha oʻquv yurtlari qatori Toshkent oliy qoʻshma qurollar qoʻmondonlik bilim yurtini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Germaniyadagi Sovet qoʻshinlari guruhida, Vurzen shahridagi 242-gvardiyada xizmat qilgan. M. V. Frunze nomidagi Harbiy akademiyaga oʻqishga kirgan. Oʻqishni tugatgandan soʻng, Arktikada (Murmansk viloyati, Pechenga stantsiyasi, 28086-sonli harbiy qism, 19-motorli miltiq polki), Leningrad, Turkiston, Zakavkaz harbiy okruglarida xizmat qilgan. U yerda korpus komandirining oʻrinbosari (31 AK, GrSSR, Kutaisi[4]) boʻlib ishlagan.

Afgʻon urushi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1982—1984-yillarda Afgʻoniston Demokratik Respublikasida birinchi boʻlib Badaxshon viloyatining Fayzobod shahrida joylashgan 860-alohida motorli otishma polki qoʻmondoni sifatida xizmat qilgan[5]. 1983-yilning iyun oyida qoʻmondonlikning fikriga koʻra, Roxlin muvaffaqiyatsiz harbiy operatsiya uchun lavozimidan chetlashtiriladi (Baharak hududidagi jang, 860-polk bataloni topshiriqni bajarmasdan va mujohidlarni bir nechta xizmatga yaroqli piyoda askarlari bilan jangovar mashinalarni qoldirib, orqaga chekingan). Keyin Gʻazni shahridagi 191-alohida motorli miltiq polki komandirining oʻrinbosari etib tayinlanadi[5]. Bir yildan kamroq vaqt oʻtgandan soʻng, u lavozimga qayta tiklanadi. Ikki marta yaralanib, oxirgi marta 1984-yil oktyabr oyida yaralangan edi. Urgun operatsiyasi[6] yakunida Roxlin vertolyoti urib tushirilgan. Podpolkovnik koʻplab jarohatlar olib, umurtqa pogʻonasi singan[5]. Shundan soʻng, Toshkentga evakuatsiya qilinadi.

Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lex Roxlin 1998-yil 2-iyuldan 3-iyulga oʻtar kechasi Moskva viloyati, Naro-Fominsk tumani (hozirgi Moskvaning Troitskiy maʼmuriy okrugi) Klokovo qishlogʻidagi oʻz dachasida oʻldirilgan holda topilgan. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, uning rafiqasi Tamara uxlab yotgan Roxlinga qarata oʻq uzgan. Bunga oilaviy janjal sabab boʻlgan. 2000-yil noyabr oyida Naro-Fominsk shahar sudi Tamara Roxlinani erini qasddan oʻldirishda aybdor deb topgan, ammo 2001-yilda Oliy sud hukmni bekor qilingan. 2005-yilda sud ishni koʻrib chiqib, Tamara Roxlinani yana aybdor deb topgan. Soʻng, 4 yil shartli qamoq jazosini tayinlanadi. Lev Roxlin 1998-yil 7-iyulda Troekurovskiy qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afgʻoniston mukofotlari:

Xotirasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yil 6-iyun kuni uning qabriga qabr toshi oʻrnatilgan[7][8].

Kareliya Respublikasining Prionejskiy tumani Vilga qishlogʻida Lev Roxlin koʻchasi[9], Lev Roxlinga tegishli boʻlgan 1-uyda yodgorlik lavhasi oʻrnatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bocharova A. L. Iyun v voennoy istorii. // Военно-исторический журнал. – 2017. – № 6. – S.96.
  2. „В. Шницер «Судьба солдата»“. 2018-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-noyabr.
  3. „Об отце генерала Рохлина“. 2010-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-noyabr.
  4. „Два российских генерала | Yevreyskiy Mir“. 2019-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-dekabr.
  5. 5,0 5,1 5,2 Антипов 1998.
  6. „Ургунские и Алихейские операции“. 2020-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-dekabr.
  7. „Ъ-Новости — Откроется памятник Рохлину“. 2020-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-dekabr.
  8. „Новости NEWSru.com :: В Москве на Троекуровском кладбище состоится открытие памятника Льву Рохлину“. 2020-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-dekabr.
  9. Spisok ulits Vilgi