Aralsk
Qiyofa
Aralsk — Kozogʻistonning Qiziloʻrda viloyatidagi shahar (1938-yildan), Orol dengizining shimoli-sharqiy tarafida. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 31,4 ming kishi (1991). Koʻtarish-transport, elektr-mexanika jihozlari zavodlari, „Orolsulfat“ kombinati, tikuvchilik fabrikasi bor. A. 1905-yilda Orenburg — Toshkent temir yoʻl qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Qozogʻiston geografiyasi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |