Lazy (Orlová)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uzoq koʻmir maydonasi

Lazy (Polyakcha: Łazyi) — Chexiya Respublikasi Moraviya-Sileziya viloyati Karviná tumanida joylashgan munitsipalitet. Munitsipalitet alohida shaharcha boʻlgan, ammo 1946-yilda maʼmuriy jihatdan Orlovaning bir qismi sifatida qoʻshib olinadi. Uning aholisi 274 kishini tashkil etadi[1].

Munitsipalitet nomining kelib chiqishi polsha tilida oʻsimliklarni kesish va yoqish yoʻli bilan yaratilgan ekinzor degan manoni anglatadi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Munitsipalitet birinchi marotaba 1305-yildagi Vrotslav yeparxiyasining Liber fundationis episcopatus Vratislaviensis deb nomlangan lotincha hujjatida Lazy villa Paczconis nomi bilan tilga olingan[3][4][5]. Munitsipalitetga koʻplab aholi koʻchib kelayotganligi sababli (bir ushr toʻlash uchun umumiy yer maydoni aniqlanmagan edi). Qishloq Orlova monastiridagi Benediktin rohiblari tomonidan tashkil etilgan[6].

Siyosiy jihatdan munitsipalitet 1290-yilda Polshaning feodal boʻlinishi natijasida tashkil topgan. Munitsipalitet Syezin gersogligiga tegishli boʻlib, Sileziya Piast sulolasi tomonidan boshqarilgan. 1327- yilda gersoglik Bohemiya tarkibiga kirgan, lekin 1526-yildan soʻng Gabsburg monarxiyasi hududiga kiritilgan.

Avstriya imperiyasida 1848-yilgi inqiloblardan soʻng qayta tiklanadi va Avstriya Sileziyasida zamonaviy munitsipal boʻlinma joriy etiladi. Qishloq munitsipalitet sifatida 1880-yilda Freyshtadtning siyosiy yuridik okrug aʼzosiga aylanadi.

1900-yilgi Avstriya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra , 589 gektar maydonda Lazi shahridagi 429 ta binoda 5782 kishi yashagan, bu aholi zichligi 981,7 kishi / km² ni tashkil etgan. 1880, 1890, 1900 va 1910-yillarda oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 1880-yilda 1516 kishidan 1910-yilda 7896 ta gacha koʻpayadi. 1880-yilda koʻpchilik aholi chex-tilida soʻzlashuvilar (893 yoki 59,7%) va polyak tilida soʻzlashuvchilar (577 yoki 38,6%) kishini tashkil etgan. 1890-yilda bu sonlar oʻzgardi va koʻpchiligi polyak tilida (1,507 yoki 70,3%) va keyin 1900-yilda 4,660 yoki 81,7%) tashkil etgan, chex-tilida soʻzlashuvchilar (622 yoki 29% 1890 yilda va 921 yoki 16,1% 1900 yilda) kamchilik bilan oʻzgargan. 1910 yilda bu yana oʻzgardi, unda 49% chex va 48,7% polyak tilini tilida soʻzlashuvchilar ekanligi aniqlangan. Ular bilan nemis tilida gapiradigan kichik kamchilik kishilar (1890-yilda 15 yoki 0,7% va 1910-yilda 181 yoki 2,3%) tashkil etgan. Din nuqtai nazaridan 1910- yilda aksariyat Rim katoliklari (72,4 foiz), Protestanlar (26 foiz), Yahudiylar (115 yoki 1,5 foiz) va boshqa dinga eʼtiqod etuvchilar (15 yoki 0,1 foiz) boʻlgan[7]. 1876-​​yilda Łazy shahrida polyak va nemis tilida soʻzlashuvchi sinflarga ega maktab mavjud boʻlib, u yerda 116 nafar bola oʻqigan.

Birinchi jahon urushi, Avstriya-Vengriyaning qulashi, Polsha-Chexoslovakiya urushi va 1920-yilda Cieszin Sileziyasining boʻlinishidan keyin qishloq Chexoslovakiya tarkibiga kiradi. Myunxen kelishuvidan soʻng, 1938-yil oktyabr oyida Zaolzie mintaqasi bilan birga Polsha tomonidan qoʻshib olinadi, maʼmuriy jihatdan Silezya Voyvodaligida Frysztat okrugi tashkil etiladi[8]. Munitsipalitet keyinchalik Ikkinchi jahon urushi boshida fashistlar Germaniyasi tomonidan bosib olinadi. Genotsid intelligenzaksiya kampaniyasi paytida, 1939-1940-yillarda bir nechta polshalik oʻqituvchilar va polshalik ruhoniy kontslagerlarga surgun qilinadi va oʻsha yerda hammasi oʻldirilgan. (yana qarang . Polsha millatiga qarshi fashistlarning jinoyatlari)[9]. 1943—1944-yillarda nemislar Lazy shahridagi majburiy mehnat lagerini boshqargan[10]. Urushdan keyin munitsipalitet Chexoslovakiya tarkibiga qaytariladi.

Zamonaviy Orlovaning aksariyat aholisi Lazy tushunchasi ostida faqat Gavířov va Karvinaga boradigan asosiy magistral yoʻllar yonida joylashgan qora koʻmir konini tasavvur qilishadi.

Taniqli odamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bu yerda Polshalik yozuvchi va folklorist Karol Piegza tugʻilgan.
  • Bu yerda polshalik yozuvchi va oʻqituvchi Gustav Przeczek tugʻilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lazy3Lazy1Lazy2Lazy5

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Statistics of Orlová“. 2010-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-may.
  2. Mrózek, Robert. Nazwy miejscowe dawnego Śląska Cieszyńskiego (pl). Katowice: Uniwersytet Śląski w Katowicach, 1984 — 110 bet. 
  3. Panic, Idzi. Śląsk Cieszyński w średniowieczu (do 1528) (pl). Cieszyn: Starostwo Powiatowe w Cieszynie, 2010 — 297–299 bet. ISBN 978-83-926929-3-5. 
  4. Schulte, Wilhelm (1889). "Codex Diplomaticus Silesiae T.14 Liber Fundationis Episcopatus Vratislaviensis" (de). Pan Biblioteka Kórnicka (Breslau). http://www.wbc.poznan.pl/dlibra/docmetadata?id=19747&from=publication. 
  5. „Liber fundationis episcopatus Vratislaviensis“ (la). Qaraldi: 2014-yil 13-iyul.
  6. I. Panic, 2010, p. 430
  7. Piątkowski, Kazimierz. Stosunki narodowościowe w Księstwie Cieszyńskiem (pl). Cieszyn: Macierz Szkolna Księstwa Cieszyńskiego, 1918 — 273, 290 bet. 
  8. "Ustawa z dnia 27 października 1938 r. o podziale administracyjnym i tymczasowej organizacji administracji na obszarze Ziem Odzyskanych Śląska Cieszyńskiego" (pl). Dziennik Ustaw Śląskich (Katowice) nr 18/1938, poz. 35. 31 October 1938. http://www.sbc.org.pl/dlibra/plain-content?id=6949. Qaraldi: 1 July 2014. Lazy (Orlová)]]
  9. Wardzyńska, Maria. Był rok 1939. Operacja niemieckiej policji bezpieczeństwa w Polsce. Intelligenzaktion (pl). Warszawa: IPN, 2009 — 139, 141 bet. 
  10. „Arbeitserziehungslager Orlau“ (de). Bundesarchiv.de. Qaraldi: 2023-yil 2-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]