Kontent qismiga oʻtish

Kılıç Ali posho masjidi

Koordinatalari: 41°01′35″N 28°58′51″E / 41.026373°N 28.980928°E / 41.026373; 28.980928
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Kılıç Ali posho masjidi
turkcha: Kılıç Ali Paşa Cami
Kılıç Ali posho masjidi
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Tophane tumani
Koordinatalar 41°01′35″N 28°58′51″E / 41.026373°N 28.980928°E / 41.026373; 28.980928
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Usmonli meʼmorchiligi
Meʼmor Xoʻja Sinon
Binokorlik 15781580
Gumbaz yoʻgʻonligi 12.7 m (42 ft)
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1

Kılıç Ali posho masjidi (turkcha: Kılıç Ali Paşa Cami) – Turkiyaning Istanbul shahri, Tophane tumanida joylashgan, admiral Kılıç Ali posho uchun qurilgan masjid. Bino 1580–1587-yillarda 90 yoshlardagi meʼmor Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan hamda mavjud majmuaning ichida bunyod etilgan. Binodagi ikkita yozuvga koʻra, masjid hijriy 988-yil (milodiy 1580)da qurilgan.

Masjid Turkiyaning Istanbul shahri, Beyoğlu tumani, Tophane mahallasida joylashgan boʻlib, Kapudan-i Derya (Buyuk Admiral) Kılıç Ali posho uchun qurdirilgan boʻlib, posho admiral lavozimida xizmat qilgani uchun ham masjidning dengiz boʻyida qurilishi buyurilgan[1][2][3]. Masjid majmuasidan, shuningdek, madrasa, hammom, maqbara va favvora ham joy olgan.

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kılıç Ali posho masjidi va Tophane favvorasi

Masjidning markaziy gumbazi diametri 12.70 metr (41.7 ft). Kirish qismining ikki tomonida ikki qavatli galereya mavjud. Gumbaz markazida ikkita arkada (odamlar suhbatlashib oʻtirishi mumkin boʻlgan oʻrindiqli xona yoki ayvon) joylashgan boʻlib, aynan shu uslubi bilan ham Vizantiya bazilikasiga oʻxshaydi. Meʼmorchilikning bunday uslubidan Sofiya ibodatxonasini qurishda ham foydalanilgan[4]. Ibodatxonaning ushbu masjid qurilishi uchun namuna sifatida olinishi sababi hozirda nomaʼlum.

Namozxonaning tepasida beshta kichik gumbaz joylashgan boʻlib, ularni oltita marmar ustunlar koʻtarib turadi. Namoz oʻqish zalining tepasiga oʻrnatilgan koshinli panellarga Qur’on oyatlari bitilgan. Masjidda faqat bitta minora va bitta galereya, 247 ta deraza mavjud boʻlib, shulardan 24 tasi markaziy gumbazda, masjid mehrobi toʻrtburchak shakldagi apsidada joylashgan.

Markaziy gumbazga osilgan XVI asrga oid chiroq 1948-yilda Usmonli va Turk dengiz tarixi muzeyiga (hozirgi Istanbul dengiz muzeyi 9turkcha: Deniz Müzesi) koʻchirilgan[5].

Masjiddagi ikkita xronogramma ham hijriy (islom) taqvimiga koʻra 988-yilga (Yulian taqvimida 1580-yil) tegishli.

Majmuaning tashqi kiraverish qismidagi ikkita bitikdan birida shoir Ulvîning usmonli turk tilida suls xattotligi bilan Demircikulu Yusuf qalamiga mansub toʻrt misrali sheʼri bitilgan:

Mîr-i bahr â’nî Kılıç Paşa Kapudan-ı zemân

Yaptı çün bu camii ola yeri Darüsselâm

Hâtif-i kudsî görüp Ulvî dedi tarihini

Ehl-i imâna ibâdetgâh olsun bu makam

Masjid hovlisi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hovlida namoz oldidan tahorat olish uchun sakkiz ustunli, gumbazli, marmar favvora mavjud. Tashqi ayvonning gʻarbiy fasadida oʻn ikkita ustun va har bir ustunning uchida uchtadan kichik ustunlar bilan mustahkamlangan tom joylashgan. Markaziy qismdagi marmar portal masjidga olib boradi[6].

Qabristonda Kılıç Ali poshoning Meʼmor Sinon tomonidan yaratilgan gumbazli, sakkiz burchakli maqbarasi joylashgan. Maqbaraning yogʻoch eshiklari marvaridlar bilan bezatilgan.

Hammom gumbazlari (chapda) va masjid (oʻngda)

Masjidning janubi-sharqiy burchagida joylashgan madrasa deyarli kvadrat shaklida bunyod etilgan. Madrasa loyihasi meʼmor Xoʻja Sinon tomonidan ishlab chiqilmagan boʻlishi mumkin, chunki „Tazkirat-al-Abniya“ asarining rasmiy roʻyxatida madrasa nomi keltirilmagan[7].

Masjidning oʻng tomonida 1583-yilda qurib bitkazilgan hammom joylashgan[8]. Hammomning shisha eshiklari hararet (issiq xona)ning ikki tomonida joylashgan soğukluks (sovuq xonalar)ga olib boradi. Sovuq xonalarning joylashuvi hamda issiq xona rejasi meʼmor Sinon tomonidan boshqa hammomlarda qoʻllangan odatiy uslubdan farq qiladi[9].

Masjid bilan bogʻliq hikoyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiyalik tadqiqotchi Rasih Nuri İleri majmuaning taʼsis hujjatlarini oʻrganib chiqqandan soʻng, ispan yozuvchisi Miguel de Cervantes oʻzining "Don Kixot" romanidagi tutqun qahramoni singari, uning ushbu masjid qurilishi jarayonida qul boʻlganini taʼkidlaydi[10].

Kılıç Ali Posho umrining oxirlarida masjid vaqf qilishga qaror qiladi, davlatdan yer berishini soʻrab ariza yozadi (Usmonli imperiyasidagi barcha yerlar davlatga tegishli edi). Kılıç Ali posho vazir Rüstem posho bilan bir-birlarini qattiq yomon koʻrar edilar, shuning uchun ham vazir: „Admiral ekan, masjidini dengiz ustiga qursin“, – deydi. Shundan soʻng, posho meʼmor Sinon bilan shartnoma tuzib, Tophane doʻkoni chetiga tosh, tuproq va moloz toʻplash orqali masjid qurilishini boshlaydi. Shuning uchun ham Kılıç Ali posho masjidi dengiz ustida qurilgan birinchi masjid ekanligi aytiladi.

  1. Eren, Güleren (June 2006), „The Heritage of A Sailor“, Beyoğlu, № 3, 59–64-bet
  2. Bayrak, M. Orhan. Türkiye Tarihi Yerler Kılavuzu. İstanbul: İnkılâp Kitabevi, 1994 — 326–327-bet. ISBN 975-10-0705-4. 
  3. Sumner-Boyd, Hilary. Strolling Through Istanbul: A Guide to the City, 6, İstanbul: SEV Matbaacılık, 1994 — 450–451-bet. ISBN 975-8176-44-7. 
  4. Eren, Güleren (June 2006), „The Heritage of A Sailor“, Beyoğlu, № 3, 59–64-bet
  5. Bayrak, M. Orhan. Türkiye Tarihi Yerler Kılavuzu. İstanbul: İnkılâp Kitabevi, 1994 — 326–327-bet. ISBN 975-10-0705-4. 
  6. Sumner-Boyd, Hilary. Strolling Through Istanbul: A Guide to the City, 6, İstanbul: SEV Matbaacılık, 1994 — 450–451-bet. ISBN 975-8176-44-7. 
  7. Sumner-Boyd, Hilary. Strolling Through Istanbul: A Guide to the City, 6, İstanbul: SEV Matbaacılık, 1994 — 450–451-bet. ISBN 975-8176-44-7. 
  8. Bayrak, M. Orhan. Türkiye Tarihi Yerler Kılavuzu. İstanbul: İnkılâp Kitabevi, 1994 — 326–327-bet. ISBN 975-10-0705-4. 
  9. Sumner-Boyd, Hilary. Strolling Through Istanbul: A Guide to the City, 6, İstanbul: SEV Matbaacılık, 1994 — 450–451-bet. ISBN 975-8176-44-7. 
  10. Eren, Güleren (June 2006), „The Heritage of A Sailor“, Beyoğlu, № 3, 59–64-bet