Kuma-Manich botigʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kuma-manich botigʻi - Kavkaz oldini Sharqiy Yevropa tekisligidan ajratib turuvchi tektonik botiq. Toʻrtlamchi davrda Kaspiy va Azov dengizlarini birlashtirib turgan. Eni 20–30 km (markaziy qismida 1–2 km). Shoʻr koʻl koʻp (eng kattasi — Manich-Gudilo), suv omborlari, Kuma-Manich kanali qurilgan. K.-Kuma-Manich botigʻining sharqida Sharqiy Manich va Kuma vodiylari, gʻarbida Gʻarbiy Manich daryosi vodiysi joylashgan. Betagachalov-shuvoq oʻsimliklari oʻsadi. K.-Kuma-Manich botigʻidan Yevropa bilan Osiyo oʻrtasidagi shartli chegara utgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil