Kontent qismiga oʻtish

Kremonalik Gerard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kremonalik Gerard
Gerardus Cremonensis

Fors (eron) shifokori Al-Roziyning Yevropa tasviri, Gerard "Recueil des traits de médecine" 1250-1260. Jarroh (chapda) peshob to'plash uchun matulani ushlab turadi.
Tavalludi 1114
Vafoti 1187
Toledo, Kastiliya Qirolligi.
Taʼlimi Toledo School of Translators
Kasbi Tilshunos, astronom, tarjimon, yozuvchi, munajjim.

Kremonalik Gerard – (lotinchada: Gerhardus Cremonensis, italyanchada: Gherardo Cremonese, fransuzchada Gérard de Cremone) – asli italiyalik boʻlgan oʻrta asr olimi. Italiyalik matematik, munajjim, astrolog, faylasuf va shifokor. Oʻrta asrlarning eng yirik tarjimonlaridan biri, oʻzi ishlagan shahar nomi bilan atalgan Toledo maktabining vakili.

Kremonalik Ikkinchi Gerard (XIII asr)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Britaniyalik tilshunos va yozuvchi Nikolas Ostlerning soʻzlariga koʻra, XII-asrda Kremonalik Gerardga tegishli boʻlgan baʼzi asarlar aslida XIII-asrda yashagan xuddi shu ismli olim va tarjimonga tegishli. Keyinchalik Gerard koʻproq tibbiy[1] (astronomik) matnlarning tarjimalariga, xususan, Muqaddas Rim imperatori Fridrix II tomonidan topshirilgan Avitsenna tarjimalariga koʻproq eʼtibor qaratdi. Hozirda „Ikkinchi Gerard“ ga tegishli asarlar orasida:

  • Theoria ili Theorica planetarum[2]
  • Ibn Sino (Avitsenna) tomonidan „Tib fanlari kanoni“ – bu dunyoga mashhur asarning lotin tilidagi koʻplab keyingi nashrlarining asosi boʻlgan bir nechta nashrlarda tarjimasi;
  • Mansur Ar-Roziyga bagʻishlangan tibbiy kitob – tarjima.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kremonalik Gerard 71 ta kitobni arab tilidan lotin tiliga tarjima qilgan. Ptolemeyning „Almagest“ (1175-1515-yilda bosilgan), Arximedning „Doirani oʻlchash toʻgʻrisida“ kitobi, Teodosiyning „Sferiklar“, al-Kindining optikaga oid asarini, Dioklning „Yonayotgan koʻzoynaklar haqida“ asarini lotin tiliga tarjima qilgan. Sobit ibn Korraning „Tibbiy tarozi kitobi“, Ibn Sinoning „Tibbiyot ilmi qonunlari“, Gippokrat va Galenning tibbiy risolalari, Aristotelning bir qator asarlari va ularga Afrodisiy Aleksandr va al-Farobiy tomonidan tuzilgan sharhlar.

Gerard Yevklid elementlarining oʻrta asr tarjimalaridan biriga egalik qiladi. Bu tarjima uzoq vaqt davomida yoʻqolgan deb hisoblanib, faqat 1900-1904-yillarda, A.Byornbo uchta toʻliq qoʻlyozma va undan bir qancha parchalarni aniqlanganidaguina topilgan. Gerard Sobit ibn Korraga tegishli boʻlgan Yevklidning arabcha matnining toʻgʻri tarjimasini beradi, unga koʻplab havolalar qilingan. Gerard, shuningdek, bir qator izohlarni qoʻshib, qoʻshimcha dalillar keltirdi, uning soʻzlariga koʻra, Elementlarning boshqa arabcha versiyalarida mavjud.

Kremonalik Gerard ham yevropaliklarni Geberning „Astronomiya“, Alxazen, Mashallah, ar-Roziy, al-Farobiy al-Fargʻoniy, Galen, Aristotel va boshqalarning asarlari bilan tanishtirdi.

Gerard tabiiy fanlarini teologik qarama-qarshilikdan himoya qilgan.

Bundan tashqari, Gerard Gʻarbiy Yevropada astrologiyaning ommalashishiga hissa qoʻshdi. Jumladan, u baʼzi arab munajjimlik qoʻlyozmalarini tarjima qilgan, shuningdek, yevropaliklarga geomansiyani tanitgan.

Shuningdek, u bir qator original asarlarga ega, jumladan, „Astronomik geomansiya kitobi“[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ostler, Nicholas.. Ad Infinitum.. Harper Press, 2009. ISBN ISBN 978-0007343065.. 
  2. Pedersen, Olaf.. JHA....12..113P The origins of "Theoretica Planetarum". Journal for History of Astronomy., 1981 — 113—123. bet. 
  3. Thérèse Charmasson.. Recherches sur une technique divinatoire: la géomancie dans l'Occident médiéval.. Librairie Droz., 1980. ISBN ISBN 2600033904.. 

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gaydenko V. P., Smirnov G. A. Zapadnoevropeyskaya nauka v srednie veka: Obщie prinsipi i uchenie o dvijenii. M.: Nauka, 1989. S. 75-77.
  • Matvievskaya G. P. Uchenie o chisle na srednevekovom Blijnem i Srednem Vostoke. Tashkent: Fan, 1967.
  • D. K. Bobilyov. Gerard Kremonskiy // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). – SPb., 1890—1907.
  • Jerar, italyanskiy ucheniy // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). – SPb., 1890—1907.
  • Poggendorff J. C. Biographisch-literarisches Handwoerterbuch zur geschichte der exacten Wissenschaften…
  • Smirnova I. Drevnee iskusstvo – geomantiya.// Nauka i religiya. – 1991. – N8
  • Carmody F. J. Arabic Astronomical and Astrological Sciences in Latin Translations: A Critical Bibliography

Thorndike. A History of Magic and Experimental Science during the First Thirteen Centuries of Our Era. Vol. II