Al-Xaziniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Xaziniy
Tavalludi Al-Xazininy
Saljuqiylar imperiyasi
Vafoti 12-asr
Fuqaroligi Saljuqiylar imperiyasi
Sohasi astronomiya, matematika

Abu al-Fath Abdulrahmon Mansur al-Xaziniy yoki al-Xaziniy (asosiy ijodi 1115–1130 yillarga toʻgʻri keladi). Saljuqiylar imperiyasi davrida ijod qilgan eronlik[1][2] astronom[3]. Uning astronomik jadvali Sulton Sanjar homiyligi ostida yozilgan boʻlib, oʻrta asrlarning matematik va astronomiyadagi eng katta ishlaridan biri hisoblanadi[4]. U bir qancha qoʻzgʻalmas yulduzlarning oʻrnini aniqladi, shuningdek, oʻzi istiqomat qiluvchi Marv uchun kenglik va vaqt tenglamalarini taqdim qildi[4]. Shuningdek, u turli taqvimlar ustida ham ishladi va oʻz oʻzgartirishlarini kiritdi[4]. U tarozi va Arximed qonuni haqidagi ensiklopediya muallifi ham sanaladi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xazininy Xurosonning eng katta shaxarlaridan biri Marvda ozod qilinga qul edi[5]. U oʻz ismini marvlik boylardan boʻlgan oʻzining xoʻjayini Abul Husayn Ali ibn Muhammad al-Xazin al-Mavriziydan olgandi[4]. Xazin islom davridan beri „xazinaning asl egasi“ maʼnosida qoʻllanib kelinar edi[6]. Uning xoʻjayini taʼlimi uchun taʼminot ajratib berdi[4]. Baʼzilar Xaziniyni Umar Xayyom oʻquvchisi deb ishonishgan[7]. U Xayyom haqida, shuningdek uning suv bosimi haqidagi ishlari haqida yozadi[8]. Baʼzi maʼlumotlarda uning 1079-yilgi Eron kalendarining qayta tuzilishida Xayyom bilan ishlagani keltirilgan.

Xaziniy kamtarligi bilan ham mashxur edi. U oʻz asarlari uchun berilgan minglab dinordan ham voz kechgan, chunki uning uyida faqatgina u va uning mushugi yashardi, xolos[4]. Xaziniy islom davrida astronomiyaga oid tadqiqotlar qilgan yigirma dona olimdan biri edi[4]. Uning asarlari XIV asrda Vizantiyaga yetib bordi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xaziniy Sanjar ibn Malikshoh va saljuqiy sultonlari davrda yuqori lavozimlarda ishlagan. U oʻzining koʻp ishlarini kutubxonalari bilan mashxur shahar boʻlmish Marvda amalga oshirgan[4]. Uning eng mashxur asarlari „Hikmatlar tarozisi“, „Astronomik hikmatlar haqida risola“ va „Sanjar uchun astronomik jadval“ hisoblanadi[4].

„Hikmatlar tarozisi kitobi“ oʻrta asrlar mexanika va gidrostatikasi haqida yozilgan ensiklopedik asar boʻlib, 8 ta kitob va 55 ta bobni oʻz ichiga oladi[4]. U gidrostatik muvozanat, statika va gidrostatika ortida qanday sirlar borligi haqidagi izlanish boʻlib, bu mavzuga tegishli boʻlmagan ba'zi mavzularni ham qamrab olgan[4]. „Hikmatlar tarozisi kitobi“ning hozirgacha saqlanib qolgan toʻrt xil qoʻlyozmasi mavjud[4]. Sanjarning xazinasi uchun Xaziniy tomonidan yasalgan tarozi avvalgi al-Asfizariy tomonidan tayyorlangan tarozining takomillashgan koʻrinishi edi[4]. Sanjarning xazinaboni Al-Asfizariyning tarozisini sindirib qoʻygan edi[4].Xaziniy oʻzi yaratgan tarozini Asfizariyga hurmat saqlagan holda „birlashgan tarozi“ deb nomladi[4]. Tarozining tub mohiyati „toʻgʻri adolat muvozanati“ edi[4]. Tarozining vazifasi xazinabonga qaysi metallar qadrli yoxud qaysi qimmatbaho toshlar asl yoki soxta ekanligini aniqlashda yordam berishdan iborat edi[4]. Oʻz kitobida Xaziniy Qurʼondan koʻplab parchalar keltirib, uning tarozisi diniy qoidalarga mos kelishini aytib oʻtadi[4]. Xaziniy oʻzining tarozisini ijobiy jihatlarini gapirar ekan, uni „tajribali hunarmand“ sifatida tasvirlaydi, yaʼni u ham nazariy, ham amaliy aniqlikda ishlaydi[4].

„Astronomik hikmatlar haqida risola“ asari nisbatan kichgina kitob[4]. U yetti qismdan iborat va har bir qism turli ilmiy moslamalarga bagʻishlangan[4]. Risola har bir moslamani tasvirlab, uning ishlatilishini tushuntiradi[4].

Sulton Sanjarga bagʻishlangan „Sanjar uchun astronomik jadval“ asarida Sulton Sanjarning Marv boshqaruvchisi ekanligi aytilib, uning yasagan tarozisi Sanjarning xazinasi uchun ekanligi keltirilgan[4]. Asardagi jadvallar turli bayramlar va aniq maʼlumotlarni oʻzida mujassamlashtiradi[4]. Jadvalda 43 ta turli yulduzlarning uzunlik va kenglik koordinatalari keltirilgan[4]. Aytilishicha, Xaziniyning izlanishlari Marvda amalga oshirilgan boʻlib, uning oʻlchovlari yuqori sifatli qurilmalar yordamida, turli rasadxonalarda olingan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Winter, H. J. J. „PERSIAN SCIENCE IN SAFAVID TIMES“ (en). The Cambridge History of Iran (1986-yil fevral).
  2. „پژوهش‌های ایرانی | سرنوشت خازنی: داستان غم انگیز دانشمندان ایران“ (fa-IR). Qaraldi: 2020-yil 8-aprel.
  3. Durant, Will; Durant, Ariel. The Story of Civilization: The Age of Faith. Simon & Schuster, 2011 — 352 bet. ISBN 9781451647617. 
  4. 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 4,11 4,12 4,13 4,14 4,15 4,16 4,17 4,18 4,19 4,20 4,21 4,22 4,23 4,24 4,25 Al-Khāzinī, Abu'l-Fath 'Abd Al-Raḥmān [Sometimes Abū Manṣūr ' Abd Al-Raḥmān or 'Abd Al-Rahmān Manṣūr]., Complete Dictionary of Scientific Biography., 2008, 335–351-bet
  5. Meyerhof, M. (1948). 'Alī al-Bayhaqī's Tatimmat Siwān al-Hikma: A Biographical Work on Learned Men of the Islam. Osiris, 8, 122-217.
  6. Floor, Willem „kazinadar“. Encyclopædia Iranica. Qaraldi: 2017-yil 4-dekabr.
  7. Rosenfeld, B. (1994), Book reviews: Middle ages & renaissance., Journal of the History of Science in Society, 85(4), 686-bet
  8. Meyerhof, M. (1948). 'Alī al-Bayhaqī's Tatimmat Siwān al-Hikma: A Biographical Work on Learned Men of the Islam. Osiris, 8, 122-217.