Koshifiy Husayn Voiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Koshifiy Husayn Voiz (taxallusi; asl ismi Kamoliddin; Voizlaqabi) (taxminan 1442/46, Sabzavor qishlogi1505, Hirot) — notiqlik sanati namoyandasi va nazariyotchisi, mutafakkir, ilohiyotchi olim. Arab, fors, turk tillarini yaxshi bilgan, mat., kimyo, astronomiya, musiqa, adabiyot va fikhdan toʻla maʼlumot olgan. Yoshligidan voizlik bilan shugʻullangan. Nishopur Mashhadda (145568), keyinchalik Hirotda (1468 yildan) yashagan. Asarlarini fors tilida yozgan. Navoiy bilan ijodiy hamkorlik qilgan, unga bagʻishlab asar yozgan ("Mavoqibi oliya" — "Oliy tuxeralar"). Falsafa, axloq, tilshunoslik, adabiyotshunoslik siyosat, din tarixi, voizlik, sheʼr sanʼati kabi fanlarga oid 200 dan ortiq asar muallifi. Axloq haqidagi eng mashhur asarlaridan biri "Axloqi muxsiniy" ("Yaxshi xulqlar") Husayn Boyqaronipg oʻgʻli Abulmuhsin Mirzoga bagʻishlangan. "Futuvvatnomai sultoniy yoxud juvonmardlik tariqati" asari oʻzbek tilila vashr etilgan (1994). K.ning 45 nomdagi asarlarining 197 qoʻlyozma va 75 toshbosma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

L().: Navoiy zamondoshlari xotirasida. T.. 1986; Ni sor i y H.. Muzakkiri ahbob; T.. 1993.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil