Suzoq tumani (Jalolobod viloyati)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Suzoq tumani
Сузак району
tuman
Tarkibida Jalolobod viloyati
Maʼmuriy markazi Suzoq
Rasmiy tillar qirgʻiz, rus
Aholi (2009) 241 198 kishi[1]
Millatlar tarkibi qirgʻizlar — 34,2%
oʻzbeklar — 61,6%
turklar — 1,9 %[1]
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Maydoni 144 264 km²
Suzoq tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +996 3748
Avtomobil raqami kodi D

Suzoq tumani - (qir. Сузак району) Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyatidagi tuman.

Maʼmuriy markazi - Suzoq qishlogi.

Tarixi[tahrir]

Tuman 1919-yilda Jalolobod tumani nomi bilan tuzilgan. 1940-yilda Suzoq tumani boʻlib oʻzgargan. Avval Suzoq tumani hududida 3 tuman boʻlgan: 1935-yilda Kugart tumani tashkil topgan boʻlib, u 1937-yilda Oktyabr tumani boʻlib oʻzgargan, 1944-yili Achi tumani tashkil topgan boʻlib, 1954-yilgacha mustaqil tuman boʻlgan. 1959-yilda ushbu tumanlar birlashib, Suzoq tumani deb nomlangan.[2]

Geografiyasi[tahrir]

Tuman viloyatning janubi-sharqiy qismida joylashgan Oʻsh viloyati Qirgʻiziston va Andijon viloyati Oʻzbekiston bilan chegaradosh. Suzoq tumani gʻarbda va shimoli-gʻarbda Bozor-Qoʻrgʻon tumani, janubi-sharda Oʻzgan tumani, shimoli-sharqda Toqqʼiz-Toʻra tumani, janubida va janubi gʻarbida Oʻzbekiston respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 2,8 ming kv. km .[2]

Tumanning yeri viloyatdagi aholi zich joylashgan hududlar qatoriga kiradi. Xalqning oʻrtacha zichligi 1 kvadrat kilometrga 50 dan oshiq kishi toʻgʻri keladi.[2]

Hududiy boʻlinishi[tahrir]

Suzoq tumani 13 ovul okrugiga (qishloqga) boʻlinadi.

  1. Bagʻish ovul okrugiOktyabrskiy qishlogi
  2. Barpi ovul okrugiKomsomol
  3. Qora-Olma ovul okrugiQora-Olma
  4. Qora-Daryo ovul okrugiOrol qishlogi
  5. Koʻgart ovul okrugiMixaylovka qishlogi
  6. Qurmanbek ovul okrugiToron-Bozor qishlogi
  7. Qiz-Koʻl ovul okrugiQoramard
  8. Qizil-Tuu ovul okrugiBoston qishlogi
  9. Lenin ovul okrugiLenin qishlogi
  10. Seypiddin Atabekov ovul okrugiBekobod
  11. Suzoq ovul okrugiSuzoq
  12. Tosh-Buloq ovul okrugiTosh-Buloq
  13. Iris ovul okrugiKumush-Aziz qishlogi

Iqtisodiyoti[tahrir]

Tumanning iqtisodiyotini asosan dehqonchilik (don, paxta, tamaki, sabzavotlar, uzum va boshqalarni oʻstirish) va chorvachilik (qoʻy, echki, mol, yilqi, choʻchqa, va boshqalar) tuzadi. Tumanda 410 dehqon xoʻjaligi, 8200 tacha hususiy xoʻjalik, 45 fermerlik sut mahsulotlari xoʻjaligi faoliyat olib boradi. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli 206,4 ming ga yerning 46,1 ming gasi haydashga moslashgan (28,0 ga sugʻorishga moslashgan , 18,1 ming ga yeri lalmikor yerlar) 12,7 ming gasi pichanzorlar, 143,5 gasi yaylovlar. 8,4 ming gasi bogʻ-daraxtlar, 106 gasi botqoqliklar? 5315 gasi tomorqa. Ekin maydonlariga don ekinlari (24,2 ming ga), bugʻdoy (20,3 ming ga; 2001-yilgi ekin yigʻimi 57,3 ming tonna), arpa (220 ga; 450t), juxori (2071 ga; 11,8 ming t), suli (1645 ga; 4311 t); paxta (5895 ga; 15,3 ming t), tamaki (694 ga; 1700 t); kartoshka (1340 ga; 12,9 ming t), sabzavot (2565 ga; 43,7 ming t), qovun-tarvuz (110 ga; 2200 t), moy oʻsimliklari (7818 ga; 8055 t); mevalar (685 ga; 4580 t) oʻstiriladi (2001).[2]

Tumanda 2001-yilda 41,2 ming qora mol (uning 24,4 ming sigir), 152,9 qoʻy (uning 97,5 mingi soliq qoʻy), 11,7 ming yilqi (uning 4,5 ming biya), 131,5 ming tovuq boqilib, 10 ming tonna goʻst, 54,5 tonna jun, 57 ming dona tuxum yetishtirilgan

Tumanda uzumchilik ham rivojlangan, 1293 ga maydonda uzum yetishtiriladi. (2001-yilda 5900 tonnag yetgan)

Sugʻorish uchun Kampirobod suv omborining va tuman hududidan oʻtuvchi Qoradaryo kanalining ahamiyati ulkan. Sanoat korxonalari tuman hududida joylashgan. Koʻkyongʻoq shahrida Koʻkyongʻoq shaxtasi, Gulaziq (non zavodi). Jetigen (elektr isitgichlar va bolalar velosipedi) hissadorlik jamiyati, Kenje [ususiy korxonasi. Suzoq qishogʻidagi pahta zavodi va boshqalar faoliyat olib boradi.[2]

Suzoq tumani hududidan Bishkek-Oʻsh, Jalolobod-Qazarman avtomobil yoʻllari, Koʻkyongʻoq-Jalolobod-Qorasuv, Jalolobod-Toshkent temir yoʻllari oʻtadi.[2]

Aholisi[tahrir]

Suzoq tumaning aholisi 2009 yilgi oʻtkazilgan aholini sonini roʻyxatga olish natjalariga koʻra qirgʻizlar 147662 kishi(61,2 %). Tuman aholisi 241198 kishi , oʻzbeklar — 83551 kishi yoki 34,6 %, turklar — 4654 kish yoki 1,9 %, kurdlar — 1561 kishi yoki 0,6 %, ruslar — 1061 kishi yoki 0,4 %, ozarbayjonlar — 875 kishi 0,4 %, uygʻurlar — 410 kishi yoki 0,2 %, tatarlar — 361 kishi 0,2 %.

Madaniyati va bilim[tahrir]

Tumanda 95 davlat maktabi. 2 xususiy litsey faoliyat koʻrsatadi. Ularning 70 tasi oʻrta taʼlim maktabi, 23 tasi umumtaʼlim, 2 tasi boshlangʻich maktab. Davlatning umumtaʼlim maktablarida 49,5 ming oʻquvchi bilim olb, 3096 oʻqituvchi, xususiy litseylarda 416 oʻuvchi bilim olib, 45 oʻqituvchi faoliyat olib boradi.

Tumanda birinchi ochilgan maktablar: Suzoq qishlogʻidagi maktab-1924-yilda, Oktyabr qishlogʻidagi maktab-1927-yilda, Yolgʻiz-Yongʻoq, Toshloq qishlogʻidagi maktab- 1938-yilda Oʻrta Osiyo qishlogʻidagi maktab- 1937-yilda ochilgan.[2]

Tumanda tavallud topgan shaxslar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

Koordinatalari: 40°55′10″N 72°56′10″E / 40.91944°N 72.93611°E / 40.91944; 72.93611