Koʻk kit (oʻyin)
„Koʻk kit“ (ruscha: Си́ний кит; Siniy kit deb romanizatsiya qilinadi), shu bilan birga, „Koʻk kit chellenji (inglizcha: Blue Whale Challenge)“ nomi bilan ham omma orasida mashxur boʻlgan oʻyin. 2016-yildan beri mavjud boʻlgan ijtimoiy tarmoq fenomeni boʻlib, bir nechta mamlakatlarga tarqalgan deb daʼvo qilinadi. Xabar qilinishicha, bu narsa „oʻyin“ boʻlib, 50 kun davomida maʼmurlar tomonidan oʻyinchilarga yuklangan bir qator vazifalardan iborat. Oyin bosqichlari osondan qiyini tomon oʻzgarib boradi. Bunda, oʻyinchiga oʻziga, atrofdagilariga zarar yekazish hamda oʻyin soʻnngida oʻz joniga qasd qilish vazifasini bajarish bilan oʻyinda yutish mumkin boʻladi[1][2].
„Koʻk kit“ fenomeni dastlab 2016-yil may oyida Rossiyaning „Novaya Gazeta“ gazetasida chop etilgan maqola orqali eʼtibor tushgan. Ushbu maqolada Rossiyaning VK ijtimoiy tarmogʻidagi „F57“ guruhiga aʼzolikni koʻplab oʻzaro bir biriga bogʻliqligi mavjud boʻlmagan bolalarning oʻz joniga qasd qilish holatlari bilan bogʻlagan edi[3]. Bu xabar Rossiyada keng miqyosda vahima toʻlqinini keltirib chiqargan[4]. Keyinchalik, oʻrganilgan oʻz joniga qasd qilish holatlarining hech biri mazkur guruh faoliyati natijasida sodir boʻlmaganligi aniqlangan[5]. Oʻyin bilan bogʻliq oʻz joniga qasd qilish holatlari haqidagi xabarlar butun dunyo boʻylab tarqalgan, lekin ularning birortasi ham tasdiqlanmagan.
Xabar qilinishicha, Koʻk kit oʻyini Misr[6], Keniya[7] va Pokiston kabi bir qator mamlakatlarda taqiqlangan[8]. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, oʻyinni shunchaki taqiqlash qiyin yoki umuman imkonsiz[9][10][11].
Politsiya ogohlantiruvlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rossiy politsiyasi oʻyin haqida barchani jiddiy ogohlantirgan.
Shu bilan birga, Armaniston[12], Braziliya[13], Fransiya[14], Hindiston[15], Yangi Zelandiya[16] va Buyuk Britaniya[17] kabi bir qator boshqa mamlakatlarning huquq-tartibot organlari ham ogohlantirishlar eʼlon qilgan.
Hibsga olishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilda universitetdan chetlashtirilgan 21 yoshli sobiq psixologiya talabasi Philipp Budeikin bu oʻyinni 2013-yilda oʻzi yaratganini taʼkidlagan. Budeikinning aytishicha, oʻyinning maqsadi „jamiyatni biologik chiqindilardan tozalash“ ekan. Budeikin jamiyatni qadrsiz va yuk deb hisoblangan shaxslardan „tozalashni“ koʻzlagan ekan[18][19][20]. Keyin esa oʻzining aybsizligini taʼkidlab, „shunchaki koʻngilxushlik uchun qilgan edim“ degan boʻlsa-da, Budeikin hibsga olingan va Sankt-Peterburgdagi Kresty qamoqxonasida saqlangan. 2016-yil may oyida kamida 16 nafar oʻsmir qizni oʻz joniga qasd qilishga undaganini tan olgan[20]. Keyinchalik Phillip voyaga yetmagan ikki nafar qizni oʻz joniga qasd qilishga undashda aybdor deb topilgan[21]. Benjamin Radford kabi sharhlovchilarning taʼkidlashicha, Budeikinning ishtiroki bilan bogʻliq jahon yangiliklarida shov-shuvga sabab boʻlgan hikoyalar bor-yoʻgʻi ikkita rus manbasiga bogʻlangan, tabloid yangiliklar esa xuddi shu maʼlumotni batafsil takrorlagan[22].
2017-yil iyun oyida pochtalon Ilya Sidorov Moskvada hibsga olingan, shuningdek, bolalarni oʻz-oʻziga zarar yetkazishga va oxir-oqibat oʻz joniga qasd qilishga undash uchun „Koʻk kit“ guruhini tuzishda ayblangan. Ilya Sidorov 32 nafar bolani oʻz guruhiga qoʻshilishga va uning buyruqlarini bajarishga koʻndirganini daʼvo qilgan[23].
Taxminiy hodisalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avstraliya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Garchi Avstraliyada oʻz joniga qasd qilish haqidagi xabarlar oʻyin bilan bogʻliqligi aniq boʻlmasa-da, avstraliyalik jurnalist tomonidan Kidspot boʻyicha oʻtkazilgan tekshiruv oʻyin u yerda ham oʻyin tarqalganini tasdiqlagan[24].
Chili
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chilida oʻyinning birinchi ehtimoliy holati 2017-yil aprel oyida Antofagasta shahrida, 12 yoshli qiz oʻz joniga qasd qilgan. Shuningdek qizning qolida kit shaklida oʻyib chizilgan tasvir ham topilgan[25][26].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Blue Whale: Should you be worried about online pressure groups?“. BBC News (2017-yil 27-aprel). 2017-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Teen 'Suicide Games' Send Shudders Through Russian-Speaking World“. RadioFreeEurope/RadioLiberty. 2017-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-iyun.
- ↑ Mursaliyeva, Galina. „Группы смерти (18+)“ (ru). Novaya Gazeta (2016-yil 16-may). 2016-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-avgust.
- ↑ „FACT CHECK: 'Blue Whale' Game Responsible for Dozens of Suicides in Russia?“ (2017-yil 27-fevral). Qaraldi: 2017-yil 13-iyun.
- ↑ „FACT CHECK: 'Blue Whale' Game Responsible for Dozens of Suicides in Russia?“ (2017-yil 27-fevral). Qaraldi: 2017-yil 13-iyun.
- ↑ „Egypt bans Blue Whale 'social media suicide game'“.
- ↑ „Kenya bans 'Blue Whale' game after teen commits suicide“.
- ↑ „Blue Whale and Momo challenge banned in Pakistan“ (2018-yil 2-sentyabr).
- ↑ „Blue whale game: Here's why experts think it is not possible to ban the Blue Whale Challenge - the Economic Times“ (2017-yil 6-avgust).
- ↑ „Why banning Blue Whale game is not easy“ (2018-yil 23-aprel).
- ↑ „Not possible to block Blue Whale game, Centre tells Supreme Court“ (2023-yil 15-iyun).
- ↑ „15-ամյա Հրաչյա Ներսիսյանի մահվան պատճառը «Синий кит» համակարգչային խաղն է“. www.araratnews.am.
- ↑ „Delegacia do PI prepara cartilha para alertar sobre perigos do jogo 'Baleia Azul'“ [PI Police prepares booklet to warn about dangers of the game 'Blue Whale'] (2017-yil 21-aprel). 2017-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Police in Europe issue warning over 'Blue Whale' suicide challenge | Globalnews.ca“.
- ↑ „Odisha Crime Branch Guidelines against Blue Whale“. odisha police department [odishapolicecidcb.gov.in] (2017-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-avgust.
- ↑ „NZ police warn of 'suicide game' app“ (2023-yil dekabr).
- ↑ „British police warn parents about blue whale 'game' reportedly linked to teenage deaths in Russia“ (2017-yil 5-may).
- ↑ Mukhra, Richa; Baryah, Neha; Krishna, Kewal; Kanchan, Tanuj (11 November 2017). "'Blue Whale Challenge': A Game or Crime?". Science and Engineering Ethics 25 (25): 285–291. doi:10.1007/s11948-017-0004-2. PMID 29129013. https://link.springer.com/article/10.1007%2Fs11948-017-0004-2. Qaraldi: 15 October 2021.Koʻk kit (oʻyin)]]
- ↑ „Биомусор“ (ru-RU). Новая газета - Novayagazeta.ru. 2017-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-iyun.
- ↑ 20,0 20,1 „Blue whale challenge administrator pleads guilty to inciting suicide - BBC Newsbeat“ (en-GB). BBC Newsbeat (2017-yil 5-noyabr). 2017-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-iyun.
- ↑ „Founder of Online 'Blue Whale' Suicide Group Sentenced“. The Moscow Times (2017-yil 19-iyul). Qaraldi: 2017-yil 25-sentyabr.
- ↑ Radford, Benjamin „The Arrest and Conviction of 'Blue Whale Game' Svengali Filipp Budeykin“. Center for Inquiry (2018-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 11-yanvar.
- ↑ Bennetts, Marc. „Russian postman lured teenagers into his Blue Whale internet suicide game“. The Times. Qaraldi: 2017-yil 25-sentyabr.
- ↑ Young, Nina „I thought the blue whale challenge was fake - this week I changed my mind“ (2017-yil 20-sentyabr).
- ↑ „Denuncian en Antofagasta el primer caso de macabro juego "Ballena Azul" en Chile“ (2017-yil 27-aprel).
- ↑ „Primer caso del juego 'Ballena Azul' apareció en Antofagasta: Niña tiene 12 años“ (2017-yil 26-aprel).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Koʻk kit“ning OAVda yoritilishidan xavotir
- Pushti kit harakati (Movimento Baleia Rosa, , [1]Portugal tilida)