Kattaungur gʻori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kattaungur gʻori - Nurota tog tizmasining janubiy yon bagʻrida (Navoiy viloyati Xatirchi tumani), 950 m balandlikda, Krragʻoch daryosi (Zarafshonning oʻng irmogʻi) oʻzanidan 60 m yuqorida joylashgan. Toshkoʻmir davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorning ravoqsimon shakldagi kirish qismi sharqqa qaragan. Gʻor ichkarisida 23 m masofada ohaqtoshli ustun (bal. 3 m) mavjud. Sahni gil bilan qoplangan, qush va hayvon qoldiqlari toʻplanib qolgan. Devor va shipida mumiyo belgilarini uchratish mumkin. Gʻorning umumiy uz. 40 m, maydon 990 m2, hajmi 558 m3.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil