Kattaich gʻori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kattaich gʻori - Shimoliy Nurota tizmasining shimoliy yon bagʻrida (Jizzax viloyati, Forish tumani), 850 m balandlikda joylashgan. Toshkoʻmir davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorning kirish qismi tuxumsimon shaklda (eni 1 m, balandligi 0,7 m). Ichkaridagi katta xonaga 7 m uzunlikdagi yoʻlak orqali kiriladi. Xonadan har tomonga yoʻlaklar ketgan, ular oxirida torayib tugaydi. Xona sahnida gʻor gillari, devor va shiplarda boksit rudasi belgilari mavjud. Gʻorning umumiy uz. 35 m, maydon 150 m2, qajmi 335 m2 dan ziyod.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil