Kaspiyboʻyi pasttekisligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kaspiyboʻyi pasttekisligiSharqiy Yevropa pasttekisligining jan.-sharqi (RF) va Gʻarbiy Qozogʻistonda joylashgan. Kaspiy dengizidan shim.da Yalpi Sirt, gʻarbda Volgaboʻyi va Yergeni qirlari, sharqsa Uraloldi va Ustyurt platolari bilan chegaralanadi. Maydoni qariyb 200 ming km². Yassi tekislik, uning jan. qismi okean sathidan past, shim. qismida bal. 159 m gacha. Pasttekislikda ayrim qirlar koʻtarilib turadi. Toʻrtlamchi davrda bir necha marta dengiz bosgan va shim.da gilli, qumokli, jan.da qumli yotqiziqlar qoldirgan. Chuqurchalar, qoʻltiqchalar, qum tillari, soyliklar, jan. da shamol hosil qilgan relyef shakllari, Kaspiy dengizi sohili boʻylab ber doʻnglari uchraydi. Iqlimi quruq, kontinental. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi shimolda —14°, sohilda —8°, iyulniki shim.da 22°, sohilda 23°. Yiliga jan.-sharqiga 200—250 mm, shim.-gʻar-biga 350 mm yogʻin tushadi, potensial bugʻlanish 1000 mm ga yaqin. Tez-tez garmsel esib turadi. Ural, Volga, Terek, Kuma, Katta Uzen, Kichik Uzen, Uil, Sagʻiz daryolari oqadi. Shoʻr koʻllar (Bosqunchoq, Elton va b.) koʻp. Tuprogʻi och qoʻngʻir, shoʻrtob, shoʻrxok tuproq. Shim.da shuvoq-boshoqli oʻsimliklar, jan.da shuvoq oʻsadi. Volga-Axtuba qayirida polizchilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik rivojlangan. Neft (Emba neft r-ni), koʻllarda osh tuzi bor. Astraxon qoʻriqxonasi joylashgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil