Qum tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qum tili — dengiz, koʻl, okeanlarning qirgʻoq yaqinidagi sayoz joylarida toʻlqin keltirgan qum, shagʻal, mayda tosh, chigʻanoqlardan tashkil topgan, qirgʻoqqa parallel choʻzilgan past, kambar quruqlik. Bir tomoni bilan qirgʻoqqa tutashgan boʻladi. Uz. 10 km, hatto 100 km ga choʻzilgan boʻlishi mumkin. Ayrim hollarda Qum tili ikki qarama-qarshi tomondan qirgʻoq boʻylab kelgan oqiziqtardan vujudga keladi. Bunday Qum tili dengiz tomon turtib chiq-qan boʻlib, strelka deyiladi, mas, Azov dengizini Sivash koʻllaridan ajratib turuvchi Arabat strelkasi (uz. 100 km dan ziyod, eni 8 km gacha).