Volga buyi qirlari
Qiyofa
Volga boʻyi qirlari — Volganing oʻng sohili boʻylab Nijniy Novgorod shahridan Volgogradgacha choʻzilgan qirlar. Volga bilan Don daryolari havzalari orasidagi suvayirgʻich. Volga buyi qirlari Volga ustidan tik koʻtarilib, Oka-Don pasttekisligiga qiyalanib boradi. Eng baland yeri (Xvalinsk shahri yaqinida) 375 m. Eni 500 km. Volga buyi qirlarining ayrim qismlari togʻ (Zmeev togʻlari, Jiguli togʻlari va b.) deb ataladi. Ohaktosh, dolomit, gil, qum, mergellardan tarkib topgan. Shimoli-gʻarbiy va shimoli-sharqiy qismlarida karst relef shakllari uchraydi. Shimoliy keng bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Ayrim joylari oʻrmon-dasht, janubiy dashtdan iborat.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |