Elton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

EltonKaspiyboʻyi pasttekisligidagi koʻl. RF Volgograd viloyatida, Gʻarbiy Qozogʻiston chegarasiga yaqin joyda, dengiz sathidan 14,7 m pastda joylashgan. Maydoni 152 km², uz. qariyb 20 km, eng keng joyi 15 km. E.ga 7 shoʻr kichik daryo va bir necha shoʻr buloqlar quyiladi. Koʻlning tubi qalin tuz va mineral balchiq qatlamlaridan iborat. E.dan koʻplab osh tuzi, mineral tuzlar va shifobaxsh balchiq qazib olinadi. Koʻl yaqinida Elton shaharchasi va balneobalchiq kurorti joylashgan.