Timo Werner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Timo Werner
20180602 FIFA Friendly Match Austria vs. Germany Timo Werner 850 0621.jpg
2018-yil Werner Germaniya safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Timo Werner[1]
Tavallud sanasi 6-mart 1996-yil (1996-03-06) (26 yosh)[2]
Tavallud joyi Stuttgart, Germaniya
Boʻyi 1.80 m[3]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
RB Leipzig
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
TSV Steinhaldenfeld
2002-2013 VfB Stuttgart
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013-2016 VfB Stuttgart 95 (13)
2014 VfB Stuttgart II 1 (1)
2016-2020 RB Leipzig 127 (78)
2020-2022 Chelsea 56 (10)
2022- RB Leipzig - (-)
Milliy terma jamoa
2010-2011 Germaniya U15 4 (3)
2011-2012 Germaniya U16 5 (2)
2012-2013 Germaniya U17 18 (16)
2013-2015 Germaniya U19 14 (10)
2015-2016 Germaniya U21 7 (3)
2017- Germaniya 53 (24)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(7 may uchun)

Timo Werner (1996-yil 6-martda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, hujumchi sifatida oʻynaydi. „RB Leipzig“ va Germaniya terma jamoasi futbolchisi.

Werner oʻzining katta klubdagi faoliyatini 2013-yilda VfB Shtutgartda boshlagan va klubning eng yosh debyutanti va eng yosh toʻpurarga aylangan. U 2016-yilda 20 yoshida RB Leipzigga 10 million yevro evaziga transfer qilingan va bu oʻsha paytdagi rekord transferga aylangan. U Bundesligada 200 oʻyin oʻtkazgan eng yosh futbolchi sifatida rekord oʻrnatdi. Werner, shuningdek, 2019-20-yilgi mavsumda liganing ikkinchi eng koʻp gol urgan futbolchisi boʻldi. „Leipzig“ning barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurariga aylanganidan soʻng, Werner 2020-yilda „Chelse“ga 50 million yevro evaziga transfer qilindi va klubdagi birinchi mavsumidayoq UEFA Chempionlar ligasini qoʻlga kiritdi. Hujumchi 2022-yil yozgi transferlar paytida oʻzining eski klubi RB Leipzigga qaytdi. Transfer summasi 20 million yevroni tashkil etdi.

Werner Germaniya terma jamoasi safida yoshlar o‘rtasidagi xalqaro miqyosdagi musobaqada to‘purar bo‘lgan va turli yosh guruhlarida 48 ta o‘yinda 34 ta gol urgan. Werner 2017-yilda kattalar jamoasi safida debyut qildi va Germaniyaga 2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida gʻalaba qozonishga yordam berdi hamda turnirning eng koʻp gol urgan futbolchisi sifatida „Oltin butsa“ni qoʻlga kiritdi. U shuningdek, 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevro-2020da Germaniya sharafini himoya qilgan.

Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Werner Shtutgartda, Baden-Vyurtembergda[4] futbolchi Günther Schuh (talaffuzi: Gyunter Shux) va Sabine Werner oilasida tugʻilgan[5].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

VfB Stuttgart[tahrir | manbasini tahrirlash]

Werner VfB Stuttgart safida 2013-yil

Werner 2002-yilda VfB Stuttgart akademiyasiga qoʻshilishdan oldin TSV Steinhaldenfeldda oʻynagan[6]. 2012-13-yilgi mavsumda u oʻsha paytda atigi 16 yoshda boʻlishiga qaramay, U19 jamoasiga qabul qilindi. Oʻsha mavsumda u 24 ta gol urdi va 2013-yilda 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi oltin Fritz Valter medalini qoʻlga kiritdi[7].

Werner oʻsha yili 2013-14-yilgi UEFA Yevropa ligasi saralash bosqichida PFC Botev Plovdivga qarshi oʻyinda debyut qildi[8][9]. Shu tariqa, u 17 yosh, 4 oy va 25 kunligida Stuttgart safida rasmiy o‘yinda maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo‘ldi va Gerhard Poschner rekordni yangiladi[7][10]. Keyingi haftalarda u Stuttgartning Bundesliga va DFB-Pokaldagi eng yosh oʻyinchisiga aylandi va klub safida birinchi golini Ayntraxt Frankfurtga qarshi oʻyinda urganidan keyin eng yosh toʻpurarga aylandi[10]. U 10-noyabr kuni „SC Freiburg“ ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yinda dubl qayd etib, navbatdagi rekordni yangiladi va shu tariqa Bundesliga tarixidagi bir o‘yinda ikkita gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi[11].

RB Leipzig[tahrir | manbasini tahrirlash]

Verner 2019-yilda „RB Leipzig“ safida

2016-yilning 11-iyunida Werner „RB Leipzig“ bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi, transfer narxi 10 million yevroni tashkil etdi[12][13]. 2016-yil 26-sentabrda u Bundesliganing 100 ta o‘yinida maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo‘ldi[14]. Shu tariqa, u ilgari Julian Drakslerga tegishli bo‘lgan rekordni 22 kunga yaxshiladi, u 2019-yilda Havertzdan o‘tib ketdi[15][16]. Werner Bundesliganing 2016-17-yilgi mavsumini 21 gol bilan yakunladi va bu natija uni divizionda Germaniyaning yetakchi toʻpurariga aylantirdi va RB Leipzigga klub tarixida birinchi marta UEFA Chempionlar ligasiga yoʻllanma olishiga oʻz hissasini qoʻshdi[17][18].

Chelsea[tahrir | manbasini tahrirlash]

Werner 2021-yil „Zenit“ darvozasiga gol urishi.

2020-yil 18-iyun kuni Werner Angliya Premer ligasining „Chelsi“ klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Bu transfer London klubiga 47,5 million funt sterlinga tushdi. U klubga 1-iyul kuni kelib qoʻshildi[19]. U 14-sentabr kuni „Brighton & Hove Albion“ ga qarshi safarda 3:1 hisobidagi g‘alaba qozonilgan uyinda debyutini o‘tkazdi[20]. 29-sentabr kuni Werner „Chelsi“da birinchi golini „Tottenham“ga qarshi oʻyinda (1:1) kiritdi[21]. 17-oktyabr kuni Werner dubl qayt etdi va bu uning birinchi gollari edi[22]. 28-oktyabr kuni u Chempionlar ligasidagi ilk golini Rossiyaning "Krasnodar" jamoasi darvozasiga penaltidan kiritdi[23].

Terma jamoadagi faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Werner 2019-yilda Germaniya safida

Werner Germaniyani yoshlar jamosida himoya qilgan, U15, U16, U17, U19 va U21 jamoalarida oʻynagan va jami 48 oʻyinda 34 ta gol urgan. 2010-yilda u Germaniya U15 terma jamoasi safida Polshaga qarshi oʻyinda birinchi marta xet-trik qayd etgan. Ikki yil oʻtgach, u 2012-yilgi UEFA U17 Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan Germaniya jamoasining aʼzosi edi[24].

Werner 2017-yil 22-26-mart kunlari Angliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida va 2018-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Ozarbayjonga qarshi oʻyinda nbosh murabbiy Joachim Löw (talaffuzi: Yoaxim Lyov) tomonidan 2017-yilda Germaniya terma jamoasiga chaqirilgan edi[25].

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Werner tezligi tufayli „Turbo Timo“ degan nom bilan mashhur[26]. Mehnatkash va baquvvat hujumchi, u yoshligida dastlab vinger sifatida oʻynagan, keyin hujumchi va markaziy hujumchi ampluasiga oʻtgan. U oʻzining jismoniy tayyorgarligi, havodagi oʻyini yoki toʻpni ushlab turishi bilan mashhur boʻlmasa-da, u ajoyib toʻpurar, toʻpsiz ajoyib harakat qila oladi, shuningdek, oʻng oyogʻi bilan penaltidan ham, jarima maydoni ichidan ham kuchli va aniq zarba bera oladi. Maydonda u odatda chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, oyogʻi bilan darvozaga kuchli va aniq zarba berishni afzal koʻradi, hatto oʻng qanotdan hujum uyushtirib, chap oyogʻida ham aniq zarba bera oladi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

RB Leipzig

  • DFB-Pokal 2-oʻrin: 2018-19[27]

Chelsea

Germaniya

  • FIFA Konfederatsiyalar kubogi: 2017[34]

Shaxsiy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Fritz Valter oltin medali (U17): 2013[35]
  • Fritz Valter kumush medali (U19): 2015[36]
  • UEFA Chempionlar ligasi turniri ramziy jamoasi: 2017[37]
  • FIFA Konfederatsiyalar kubogi „Oltin butsa“ sohibi: 2017[38]
  • UEFA Yevropa ligasining mavsum ramziy jamoasi aʼzosi: 2017-18[39]
  • Bundesliganing mavsum ramziy jamoasi aʼzosi: 2019-20[40]
  • Bundesliganing mavsum ramziy jamoasi aʼzosi: 2019-20[41]
  • Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2019-yil noyabr, 2019-yil dekabr[42]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Germany“. FIFA (15-iyul 2018-yil). 11-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  2. „Timo Werner: Overview“. ESPN. Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  3. „Timo Werner“. Chelsea F.C.. Qaraldi: 18-iyul 2022-yil.
  4. „Timo Werner: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  5. „The rise and rise of RB Leipzig's Timo Werner from Mario Gomez fan to Germany's number one forward“. Bundesliga. Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  6. „Timo Werner“ (de). kicker. Olympia-Verlag. Qaraldi: 2-sentabr 2020-yil.
  7. 7,0 7,1 „The rise and rise of RB Leipzig's Timo Werner from Mario Gomez fan to Germany's number one forward“. Bundesliga. Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  8. „The rise and rise of RB Leipzig's Timo Werner from Mario Gomez fan to Germany's number one forward“. Bundesliga. Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  9. „Lineups Botev Plovdiv – VfB Stuttgart“. UEFA (1-avgust 2013-yil). Qaraldi: 1-avgust 2013-yil.
  10. 10,0 10,1 „Timo Werner: The Next Star in Stuttgart's Skyline?“. Bundesliga Fanatic (11-oktabr 2013-yil). Qaraldi: 16-fevral 2018-yil.
  11. „Blitzstarter: Ibisevic und Werner ebnen den Weg“ (de). kicker. Olympia-Verlag (10-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 10-iyun 2017-yil.
  12. „Leipzig snare Werner from Stuttgart“. Bundesliga (15-iyun 2016-yil).
  13. „Werner wechselt für zehn Millionen Euro nach Leipzig“ (de). kicker. Olympia-Verlag (11-iyun 2016-yil). Qaraldi: 10-iyun 2017-yil.
  14. „Werner becomes youngest member of Bundesliga 100 club“. Bundesliga (26-iyun 2016-yil).
  15. Uersfeld. „RB Leipzig's Timo Werner is youngest to play 100 Bundesliga games“. ESPN (26-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 20-fevral 2018-yil.
  16. „Kai Havertz: 100 Bundesliga appearances for Bayer Leverkusen at 20“. Bundesliga (15-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 17-dekabr 2019-yil.
  17. „Werner's originals give Germany striking solution“. The World Game. SBS (26-iyun 2017-yil).
  18. „A brace each for Werner and Selke as Leipzig reach the Champions League“. German Football Association (6-may 2017-yil).
  19. „Timo Werner: Chelsea agree to sign forward from RB Leipzig on five-year deal“. BBC Sport (18-iyun 2020-yil). Qaraldi: 18-iyun 2020-yil.
  20. „Timo Werner gives Chelsea new dimension in win over Brighton“. Sky Sports (15-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 15-sentabr 2020-yil.
  21. „Tottenham 1-1 Chelsea (5-4 pens): Werner off the mark but Mount miss sends Spurs through“. Goal (30-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 30-sentabr 2020-yil.
  22. „Werner left 50 per cent happy with first Premier League goals as Chelsea throw two points away“. Goal (17-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 17-oktabr 2020-yil.
  23. „Timo Werner reflects on resilience shown to withstand pressure and penalty-taking options“. Chelsea F.C. (29-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 29-oktabr 2020-yil.
  24. „Ten things: Leipzig and Germany Under-21 forward Timo Werner“. Bundesliga (30-noyabr 2016-yil).
  25. „'Absolut verdient': Löw nominiert Werner erstmals“ (de). kicker. Olympia-Verlag (17-mart 2017-yil). Qaraldi: 10-iyun 2017-yil.
  26. „Timo Werner: 10 things on the jet-heeled RB Leipzig and Germany striker“. Bundesliga. Qaraldi: 27-iyun 2020-yil.
  27. „DFB-Pokal 2018/19, Finale in Berlin: RB Leipzig 0:3 Bayern München: Takt. aufstellung“ (de). kicker. Olympia-Verlag. Qaraldi: 6-iyul 2020-yil.
  28. McNulty, Phil. „Man. City 0–1 Chelsea“. BBC Sport (29-may 2021-yil). Qaraldi: 14-may 2022-yil.
  29. Sterling, Mark. „Chelsea 1–1 Villarreal“. BBC Sport (11-avgust 2021-yil). Qaraldi: 14-may 2022-yil.
  30. „Chelsea 2–1 Palmeiras“. BBC Sport (12-fevral 2022-yil). Qaraldi: 14-may 2022-yil.
  31. McNulty, Phil. „Chelsea 0–1 Leicester City“. BBC Sport (15-may 2021-yil). Qaraldi: 14-may 2022-yil.
  32. McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (14-may 2022-yil). Qaraldi: 14-may 2022-yil.
  33. McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (27-fevral 2022-yil). Qaraldi: 14-may 2022-yil.
  34. „Match report: Chile – Germany“. FIFA. 29-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  35. „XI: Fritz Walter medal winners“. Bulinews. Qaraldi: 19-iyul 2020-yil.
  36. DW | 30 July 2015“. Deutsche Welle. Qaraldi: 19-iyul 2020-yil.
  37. „Champions League breakthrough team of 2017“. UEFA.com: The official website for European football (24-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 24-dekabr 2017-yil.
  38. „Awards list dominated by victorious Germans“. FIFA (2-iyul 2017-yil).
  39. „UEFA Europa League Squad of the 2017/18 Season“. UEFA (17-may 2018-yil).
  40. „Bundesliga Fantasy Manager Team of the Season 2019/20“. Bundesliga (28-avgust 2020-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2020-yil.
  41. „Sechsmal Bayern, einmal Gladbach: Die kicker-Elf der Saison (2019/20)“ (de). kicker (3-iyul 2020-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2020-yil.
  42. „Bundesliga Player of the Month“. Bundesliga. Qaraldi: 24-yanvar 2020-yil.