Michael Ballack

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Michael Ballack (nemischa: Michael Ballack;) - nemis futbolchisi,yarim himoyachi.1976-yil 26-sentabrda Drezden shahrining Gyorlis okrugida tugʻilgan.FIFA 100 roʻyxatiga kirgan[1].

Ballackning professional faoliyatidagi ilk klubi „Chemnitzer FC“ boʻlib, uning asosiy tarkibidagi debyuti 1995-yilda boʻlib oʻtgan[2]. 1996-yil 26-martda Ballack Germaniya terma jamoasi safida debyut qilgan. 1996-yilning 26-martida Ballack Germaniya terma jamoasi safida debyut qilgan.1997-yil „Kayzerslautern“ klubiga oʻtdi va ilk mavsumidayoq jamoasi bilan Bundesligada gʻalaba qozondi.1998/99-yilgi mavsumda Ballack asosiy tarkibga koʻproq jalb qilindi.1999-yilda Leverkuzenning „Bayer 04“ klubiga oʻtdi.2001-2002-yilgi mavsumda klubi bilan ham terma jamoa bilan ham birorta sovrin yuta olmadi. Lekin 4 ta musobaqada 2-oʻrinni olganligi uchun kumush medal oldi."Bayer 04" klubi bilan Bundesligada,Germaniya kubogida,Yevropa Chempionlar Ligasida ikkinchi va 2002-yilgi Jahon chempionatida terma jamoasi bilan finalda Braziliyaga magʻlub boʻlib kumush medallarga ega chiqdi.

2002-yilda Ballack 12,9 mln yevro evaziga „Bavariya“ga oʻtdi. 2003, 2005, 2006-yillarda „Bavariya“ bilan „oltin dubl“ni qoʻlga kiritdi. 2006-yil oʻrtalarida Ballack Angliyaning „Chelsi“ klubiga oʻtdi.2007-2008-yilda „Chelsi“ klubi bilan klub tarixida ilk marta Yevropa Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi. "Chelsi" bilan 3 marta Angliya kubogi,Angliya superkubogi,Angliya chempioni va Angliya futbol ligasi kubogini qoʻlga kiritdi.

Xalqaro miqyosda Ballack 2000, 2004, 2008-yillarda terma jamoa bilan Yevropa chempionatida, 2002 va 2006-yillardagi Jahon chempionatlarida oʻynagan. Germaniya terma jamoasi murabbiyi Yurgen Klinsmann Ballackni 2004-yilda terma jamoa sardori etib tayinlagan. Ballack 6 yil davomida yaʼni 2010-yilgacha terma jamoa sardori boʻlgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk yillarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ballack professional debyutini 1995-yilda Ikkinchi Bundesliga klubi „Chemnitzer FC“ boshlagan[3].Yuqori darjada oʻtkazgan ilk mavsumida Ballack 15 ta oʻyin oʻtkazdi."Chemnitzer FC" esa mavsum yakunlariga koʻra Ikkinchi bundesligadan Regional ligaga tushib ketdi.1996-1997-yilgi jamoa yetakchisi boʻlib olgan Ballack 34 ta oʻyinda 10 ta gol urgan.Shunday koʻrsatkichlardan keyin Germaniya yoshlar terma jamoasidan chaqiruv oldi.1996/97-yilgi mavsumda Bundesligaga Otto Rehagel boshchiligida qaytgan "Kayzerslautern" dan taklif oldi.1997-yilning yozida „Kayzerslautern“ga koʻchib oʻtdi.

Kayzerslautern[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998-yil 28-martda Ballack ilk bor „Kayzerslautern“ning asosiy tarkibida maydonga tushdi.1997-1998-yilgi mavsumda „Kayzerslautern“ bilan Bundesliga chempionligini qoʻlga kiritdi.Bu nemis futboli tarixida ilk bor kuzatilayotgan xodisa edi.Chunki 1 yil oldin Ikkinchi bundesligada oʻynagan jamoa keyingi yil Bundesliga chempionligini qoʻlga kiritdi.1998-1999-yilgi mavsumda Otto Rehagel Ballackka koʻproq imkoniyat berdi.Ballack 30 ta oʻyinda 4 ta gol urdi.Shuningdek joriy mavsumda Yevropa Chempionlar Ligasida „Kayzerslautern“ bilan debyut qildi.Musobaqa chorak finalida Myunxenning „Bavariya“ klubiga magʻlub boʻlishdi.1999-yil bahorida Ballackni sotib olish boʻyicha „Bayer“dan „Kayzerslautern“ga taklif tushdi.1999-yil 1-iyulda Ballack 4,1 mln yevroga „Bayer“ga oʻtayotgani maʼlum boʻldi.

Bayer 04[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kristof Daum murabbiyligidagi „Bayer 04“da Ballack doimiy ravishda asosiy tarkibda oʻzining nuqtasi boʻlgan tayanch yarim himoyachi boʻlib oʻynadi.1999/2000-yilgi Ballack uchun jiddiy jarohat bilan boshlandi.Uning jarohati sabab jamoa Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichidanoq musobaqani tark etdi.Ballack tuzalib ketgach leverkuzenliklar mamlakat chempionligi sari dadil odimlay boshladi.Ammo oxirgi turda hammasi bekor ketdi.Oxirgi turda Bundesligadan tushib ketishi mumkin boʻlgan „Unterxaxing“ bilan oʻyinda durang ham „Bayer 04“ uchun yetarli natija edi.Biroq Ballack jamoadoshlari bilan autsayderga 0:2 hisobida magʻlub boʻlishdi.

2000-2001-yilgi mavsumda nemis futbolida janjalli voqea sodir boʻldi."Bayer 04" klubi murabbiyi Kristof Daum 2001-yil yozida terma jamoani boshqarishi kerak boʻlgandi, lekin kokain isteʼmol qilganligi uchun nafaqat terma jamoa balki „Bayer 04“ dan ham ketishga majbur boʻldi[4]. Mavsum davomida murabbiyini yoʻqotgan jamoa Bundesligada 4-oʻrindan yuqoriga koʻtarila olmadi.Yevropa Chempionlar Ligasi guruh boshqichidayoq musobaqani tark etdi.Asosiy takibdan oʻziga joyni muqim oʻynashni boshlagan Ballack boshqa jamoadoshlari kabi chempionatni sust oʻtkazishdi.

2001-2002-yilgi mavsum Michael Ballack uchun omadli keldi.U klubdagi va terma jamoadagi muvaffaqiyatli ishtiroki sabab jahon darajasidagi yulduzga aylandi."Bayer 04"ga yangi bosh murabbiy etib hujumkor futbol tarafdori Klaus Toppmoller tayinlandi.Yangi murabbiy qoʻl ostida Ballackning maydondagi oʻrni ham biroz oʻzgardi.Endi u himoyaviy harakatlarga kamroq aralashib hujumlarda qatnasha boshladi.Jamoaning barcha jarima zarbalari va penaltilarni tepish unga yuklatildi."Bayer 04"ning markaziy yarim himoyachilari Karsten Ramelov,Yildiray Basturk va Ballack jamoada barcha „qora ishlarni“ qilishardi.Ularning hujumlari qanotlardan argentinalik Plasente va Bernd Shnayder (baʼzan markazda oʻynagan) tomonidan qoʻllab quvvatlanishi ortidan raqiblar himoyasini yorib tashlashardi.

Ballack „Bavariya“ tarkibida.2006-yil aprel

Bundesligada 29 oʻyinda 17 ta gol urgan Ballack Germaniya kubogi va Yevropa Chempionlar Ligasida yomon oʻynamadi.2001/02-yilgi mavsumda Yevropa Chempionlar Ligasi finalida „Bayer 04“ Madridning „Real“ klubiga magʻlub boʻldi.Germaniya chempionatida marraga 4 tur qolganda 4 ochko bilan hammadan oldinda edi.Lekin ikkita magʻlubiyat, bitta durang sabab „Borussiya Dortmund“ klubi „Bayer 04“dan 1 ochkoga oʻtib ketib chempion boʻldi.Germaniya kubogi finalida „Bayer 04“ uchinchi marta „Shalke 04“ga 2:4 hisobda yutqazib, kubokdan bir qadam narida toʻxtadi.Shu oʻyinda Ballack maydondan chetlatildi.Mavsum yakunlariga koʻra Ballack Germaniyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[5].

Bavariya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yilning yozida Ballack „Bavariya“ga koʻchib oʻtdi[6]. Birinchi mavsumi muommoli boʻldi.Bundesliga va Germaniya kubogidagi gʻalaba Yevropa Chempionlar Ligasidagi shov-shuvli muvaffaqiyatsizlikni oʻrnini bosolmadi.Ballackning oʻzi aʼlo darajada oʻynadi."Bavariya"da ikki markaziy yarim himoyachining bittasi edi.2002/03-yilgi mavsum oʻrtalarida Ballack oʻz intervyusida himoyaviy oʻyin tarafdori emasligi va 4-4-2 taktik sxemasida markaziy yarim himoyachi normal hujum qila olmaganini aytdi va zudlik bilan bu gaplari uchun jarimaga tortildi.

Chelsi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Chelsi“ tarkibidagi Ballack

2006-yilgi Jahon chempionatidan soʻng Ballack Londonning „Chelsi“ klubiga oʻtdi.2010-yilda „Chelsi“ bilan shartnoma imzolashda kelishmochchiliklar tufayli shartnoma uzaytirilmadi.Sababi Ballack 2 yillik shartnoma soʻragandi unga esa bir yillik shartnoma taklif qilishdi kamiga maosh masalasida ham miqdori kamaytirilgan edi[7].

2010-yil 15-mayda „Portsmut“ga qarshi oʻyinda Ballack jiddiy jarohat oldi.Shu sabab 2010-yilgi Jahon chempionatiga bora olmadi.Uning oʻrniga terma jamoa sardori boʻlib Filipp Lam tayinlandi.

Bayer 04[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil 25-iyunda Ballack erkin agent sifatida „Bayer 04“ga oʻtib 2 yillik shartnoma imzoladi. 11-sentabr kuni Michael chap oyoq tizza qismidan jarohat oldi.

2012-yil 2-oktabrda Michael Ballack futbolchilik faoliyatini tugatganini eʼlon qildi.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yilgi Jahon chempionatidan oldin Germaniyani favorit hisoblamas edilar.Biroq Rudi Fyoller terma jamoada yaxshi jamoaviy muhit yarata oldi va terma jamoani finalgacha olib chiqdi.Germaniya Jahon chempionati saralashining pley-off baxsida Ukraina ustidan gʻalaba qozondi (1:1,4:1) va Jahon chempionatiga yoʻl oldi.Chempionatda Ballack terma jamoasining yetakchisi boʻldi.6 ta oʻyinda 3 ta gol urib 4 ta golli uzatma berdi.Janubiy Koreyaga qarshi yarim finalda ikkinchi sariq kartochka olib finalda qatnashish imkoniyatidan mahrum boʻldi.Uning chorak finalda AQSH,yarim finalda koreyslar darvozasiga urgan gollari terma jamoaning yagona gʻalaba gollari edi.UEFA Michael Ballackni 2002-yilning eng yaxshi yarim himoyachisi deb topdi[8].

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ballack ajoyib jismoniy koʻrsatkichlarga ega koʻp qirrali futbolchi sifatida tanilgan.U hujumda va himoyada bir xil oʻynab maydon markazining istalgan nuqtasida oʻynay olardi[9]. U chap va oʻng oyoqda ham zarba bera olardi.2004-2010-yillarda Germaniya terma jamoasi sardori boʻlgan.Sobiq murabbiyi Otto Rexagel jamoada u bilan maydon markazidagi muommoli joylarni yopdi.Ballack dispetcehr, himoyachi, yarim himoyachi va qanotlarda ham oʻynadi[10].

Shahsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Michael uzoq vaqt u bilan sevishib yurgan Simone Lamboga uylangan edi.Ulaning uchta farzandi boʻlib, Luis (2001-yil 16-avgust),Emilio (2002-yil 19-sentabr) va Yordi (2005-yil 17-mart) bor edi.2012-yil 23-oktabr Starnberg shahri sudida Simone bilan ajrashdi. 2021-yil 5-avgustda Ballackning oʻrtancha oʻgʻli Emilio avtohalokatda vafot etdi[11][12].

Sevimli avtomobili-Mercedes-Benz.Yoqtirgan oshxonasi italyan oshxonasi.Ballackning eng yaxshi muxlisi bu bobosi boʻlib, uning barcha suratlari va nashrlarni toʻplaydi.Michael boʻsh vaqtida golf yoki basketbol oʻynaydi.U sayohat qilishni, musiqa tinglashni, internetda oʻtirishni yoqtiradi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy

Kayzerslautern[13]

Bayer 04

  • Germaniya chempioni-1997/98

Bavariya

Chelsi

Germaniya terma jamoasida

  • Jahon chempionatining kumush medali sohibi-2002.
  • Konfederatsiyalar kubogi bronza medali sohibi-2005.
  • Jahon chempionatining bronza medali sohibi-2006
  • Yevropa chempionati kumush medali sohibi-2008

Shaxsiy yutuqlari

  • Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi-2002.2003.2005.
  • Yevropaning eng yaxshi yarim himoyachisi-2002
  • Germaniya terma jamoasida Konfederatsiyalar kubogida eng koʻp gol urish boʻyicha rekordchi-4 gol.
  • FIFA Jahon chempionatining ramziy terma jamoasi aʼzosi-2002,2006
  • FIFA Yevropa chempionatining ramziy terma jamoasi aʼzosi-2004,2008
  • FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Pele's list of the greatest“ (4-mart 2004-yil). Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
  2. „Michael Ballack“. Fussballdaten.de. 16-fevral 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-may 2013-yil.
  3. „Michael Ballack — Matches and Goals in Bundesliga“. 16-fevral 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-may 2020-yil.
  4. „Секс, кокаин и трофеи: как Кристоф Даум стал самым рок-н-ролльным тренером в истории“. Sports.ru. Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
  5. „Награды, не нашедшие героя. Пять провалов Михаэля Баллака“ (ru). Eurosport (5-iyun 2013-yil). 23-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
  6. Ballack wehrt sich und droht Bayern
  7. Mixael Ballak iщet noviy klub
  8. Alle Männer des Jahres
  9. „Former Germany captain Ballack retires at 36“. 1-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-may 2020-yil.
  10. „Ballack on the ball“. 29-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-may 2020-yil.
  11. Meet the real footballers' wives
  12. „18-летний сын Михаэля Баллака погиб в аварии“. 5-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-avgust 2021-yil.
  13. „Профиль Михаэля Баллака на сайте soccerway.com“. 3-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-may 2020-yil.