Hakim Ziyech

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hakim Ziyech
Hakim Ziyech 2021.jpg
2021-yil Ziyech Chelsea bilan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Hakim Ziyech[1]
Tavallud sanasi 19-mart 1993-yil (1993-03-19) (30 yosh)[2]
Tavallud joyi Dronten, Nederlandiya
Boʻyi 1.80 m[2]
Ampluasi Hujumkor yarim himoyachi, vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea
Raqami 22
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001-2004 Reaal Dronten[3]
2004-2007 ASV Dronten
2007-2012 Heerenveen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012-2014 Heerenveen 36 (11)
2014-2016 Twente 68 (30)
2016-2020 Ajax 112 (38)
2020- Chelsea 46 (6)
Milliy terma jamoa
2012-2013 Netherlands U20 3 (1)
2013-2014 Netherlands U21 3 (2)
2015-2021 Marokash 40 (17)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22 may uchun)

Hakim Ziyech (1993-yil 19-martda tugʻilgan) — professional futbolchi, Premer liganing „Chelsi“ klubida hujumkor yarim himoyachi va vinger sifatida oʻynaydi[4]. Unga „Ajax“ muhlislari tomonidan „Sehrgar“ laqabi berilgan[5][6][7].

Ziyech oʻzining yakuniy zarbasi, driblingi, kesib uzatiladigan uzatmalari, texnikasi va jarima zarbalarini tepish qobiliyati bilan tanilgan[8]. 2019-yilda u UEFA Chempionlar ligasining 2018-19-yilgi mavsumida eng yaxshi 20 nafar futbolchidan biri sifatida tanlandi[9]. Oʻsha yilning oxirida u TheGuardian jurnalining „Dunyoning 100 ta eng yaxshi futbolchisi“ roʻyxatida 29-oʻrinni egalladi[10].

Ziyech professional faoliyatini 2012-yilda Gollandiyaning „Heerenveen“ klubida boshlagan va ikki yildan so‘ng Gollandiyaning „Twente“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2016-yilda u „Ajax“ bilan besh yillik shartnoma imzoladi, uning transfer narxi 11 million yevro boʻlgan[11][12]. 2018-19-yilgi mavsum Ziyech faoliyatidagi eng sermahsul mavsum boʻldi, chunki u Eredivisieda 16 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi[13]. U 2020-21-yilgi mavsumda Premer liganing „Chelsi“ klubiga oʻtdi.

Xalqaro maydonda Niderlandiya yoki Marokash terma jamoalarida oʻynash taklifi tushganda u Marokashni tanladi. 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati va 2019-Afrika Millatlar kubogida Marokashni himoya qilgan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Heerenveen[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ziyech Niderlandiyaning Dronten shahrida tug‘ilgan. 2001-2007-yillar oraligʻida u „Real Dronten“ va „ASV Dronten“ yoshlar akademiyasida oʻynagan. 2007-yilda Heerenveen akademiyasiga qoʻshildi[14].

2012-yilning 2-avgustida Ziyech Yevropa ligasining uchinchi saralash bosqichining birinchi o‘yinida „Rapid Bukuresti“ga qarshi o‘yinda „Heerenveen“ safida debyut qildi va maydonda 53 daqiqa o‘ynaganidan soʻng almashtirildi[15]. U Eredivisiedagi debyutini 10-avgust kuni NECga bo‘ldi[16]. Ziyech Heerenveen uchun ilk golini 2013-yil 10-avgustda NAC Bredaga qarshi o‘yinda (2:0) kiritdi[17].

Twente[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 18-avgustida Ziyech 3,5 million yevro evaziga " Twente "ga koʻchib o‘tib, uch yillik shartnoma imzoladi va 10-raqamli futbolkani oldi.[18][19] 5-oktyabr kuni Ziyech AZ Alkmaar bilan 2:2 hisobidagi oʻyinda bitta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. [20] 2015-yilning 6-martida Ziyech Willem II bilan 2:2 hisobidagi o‘yinda ikkita gol urdi.[21] 2015-16 yilgi mavsumda Ziyech klub sardori etib saylandi ammo, u 2016-yil yanvar oyi boshida klubga nisbatan hurmatsizlik bildirganligi va omma oldida transferni talab qilganligi uchun sardorlikdan mahrum qilingan.[22][23] 2015-16-yilgi mavsum Ziyech faoliyatidagi eng sermahsul mavsum boʻldi, 17 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.[24]

Ajax[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-2018: dastlabki mavsumlar va Yevropa finali[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 30-avgustida Ziyech „Ajax“ bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, uning transferi uchun 11 million yevro sarflandi[25][26]. 15-sentabr kuni Ziyech Yevropa ligasi guruh bosqichining dastlabki o‘yinida „Panatinaikos“ ustidan g‘alaba qozonilgan o‘yinning 79-daqiqasida qizil kartochka oldi[27]. Olti kundan soʻng, 21-sentabr kuni u KNVB kubogida Villem II ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Ziyech birinchi golini urdi[28].

Chelsea[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-21 mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ziyech 2020-yilda "Chelsi" safida

2020-yilning 14-fevralida „Ajax“ va "Chelsi" Ziyechni 40 yevro evaziga transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishgani eʼlon qilindi. U 2020-21-yilgi mavsum uchun Premer liga klubiga qoʻshildi[29]. „Chelsi“ Ziyech bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[30].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marokash[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Gollandiyada marokashlik oilada tugʻilgan. U Gollandiya U19 U20, U21 yoshlar terma jamoalarida oʻynagan. Biroq, u milliy terma jamoa yoshiga yetgach Marokashda oʻynashni afzal koʻrdi. U 2015-yilning may oyida AQSH va Latviya terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga birinchi marta milliy terma jamoaga chaqiruv olgandi[31].

Ziyech 2018-yilda Marokash terma jamoasi safida

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ziyech oʻng qanot yarim himoyachisi boʻlib, toʻp bilan juda yaxshi muomala qila oladi.

Ziyech nafaqat jamoadoshiga tez-tez aniq vaziyatlar yaratib beradi, balki raqib himoyachilarini ancha qiyin holatga solib qoʻyadigan xavfli vaziyatlar yarata oladi. U aql bovar qilmaydigan texnika, tezlikka ega, raqibning eʼtiborini bemalol chalgʻitib qoʻyadi va raqib maydoniga kirmasdan, zarba berish imkoniyatini oʻzi uchun yarata oladi[32].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ajax[33]

Chelsea

Shaxsiy sovrinlar

  • Mars d’Or (Marokashning eng yaxshi futbolchisi): 2016[43]
  • Afrikaning eng yaxshi futbolchisi: 2018-yil[44] [45]
  • Erediviziyada yilning eng yaxshi jamoasi: 2015-16, 2016-17, 2017-18, 2018-19[46]
  • Erediviziyaning eng yaxshi futbolchisi: 2015-16, 2017-18, 2018-19[47] [48] [49]
  • SC Heerenveen yilning eng yaxshi futbolchisi: 2013-14[50]
  • FC Twente yilning eng yaxshi futbolchisi: 2014-15[51]
  • AFC Ayaksning eng yaxshi futbolchisi: 2017-18, 2018-19[52], 2019-20[53]
  • OFK Ayaksning mavsumning eng chiroyli goli: 2019-20[54]
  • Gollandiyalik yilning eng yaxshi futbolchisi: 2017-18[55]
  • Erediviziyada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2018-yil oktabr[56], 2019-yil[57]
  • UEFA Chempionlar ligasining mavsumdagi tarkibi: 2018-19[58]
  • Yilning CAF jamoasi: 2019[59]
  • IFFHS CAF Yilning erkaklar jamoasi: 2020[60]
  • France Football Africa Yil jamoasi: 2018[61], 2019[62], 2020[63]
  • Goal talqinida Afrikaning yil jamoasi: 2017[64], 2018[65], 2019[66]
  • Yilning Angliya kubogi jamoasi: 2020-21 [67]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Squad List: FIFA Club World Cup UAE 2021: Chelsea FC“. FIFA (9-fevral 2022-yil). Qaraldi: 25-aprel 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 „Hakim Ziyech“. Chelsea F.C.. Qaraldi: 25-aprel 2022-yil.
  3. „Behalve Asv Dronten hoopt ook Reaal op geld uit transfer Ziyech naar Ajax“ (nl). dedrontenaar.nl (1-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2016-yil.
  4. „Hakim Ziyech“. WorldFootball.net. Qaraldi: 26-avgust 2012-yil.
  5. „Ziyech opens up on how he got 'Wizard' nickname at Ajax, settling in at Chelsea“ (en). Tribuna.com. Qaraldi: 23-yanvar 2022-yil.
  6. „The Wizard of west London: Ziyech is already working his magic at Chelsea | Goal.com“. www.goal.com. Qaraldi: 23-yanvar 2022-yil.
  7. N. „Ziyech explains why he's called 'the wizard'“ (en-GB). THE REAL CHELSEA FANS (3-fevral 2021-yil). 23-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-yanvar 2022-yil.
  8. „Hakim Ziyech“. eredivisielive.nl. 22-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-avgust 2012-yil.
  9. „UEFA Champions League Squad of the Season“. UEFA.com (2-iyun 2019-yil).
  10. „the 100 best footballers in the world 2019“. The Guardian. the guardian.com. Qaraldi: 20-dekabr 2019-yil.
  11. „Hakim Ziyech signs to Ajax for a reported €11m – DutchNews.nl“ (en-GB). DutchNews.nl (31-avgust 2016-yil). Qaraldi: 3-avgust 2018-yil.
  12. „Privacyinstellingen op VI.nl“ (nl). www.vi.nl. Qaraldi: 3-avgust 2018-yil.
  13. „Hakim Ziyech – History“ (en). www.whoscored.com. Qaraldi: 3-avgust 2018-yil.
  14. „Behalve Asv Dronten hoopt ook Reaal op geld uit transfer Ziyech naar Ajax“ (nl-NL). DeDrontenaar.nl (1-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 3-avgust 2018-yil.
  15. UEFA.com. „UEFA Europa League – Heerenveen-Rapid București“ (en). UEFA.com. Qaraldi: 3-avgust 2018-yil.
  16. „SC Heerenveen – NEC: 0 – 2 (12 augustus 2012)“ (nl-NL). FCUpdate.nl. Qaraldi: 3-avgust 2018-yil.
  17. „NAC Breda – SC Heerenveen: 0 – 2 (10 augustus 2013)“ (nl-NL). FCUpdate.nl. Qaraldi: 3-avgust 2018-yil.
  18. „FC Twente bevestigt komst Ziyech van Heerenveen | NU — Het laatste nieuws het eerst op NU.nl“. www.nu.nl (18-avgust 2014-yil). Qaraldi: 3-avgust 2018-yil.
  19. Bidwell, Nick (Summer 2020). "Premier League Awaits". World Soccer 60 (10): 41. 
  20. „AZ Alkmaar 2–2 Twente – Eredivisie 2014/2015 Live“ (en). www.whoscored.com. Qaraldi: 3-avgust 2018-yil.
  21. „Willem II – FC Twente: 2 – 2 ( 6 maart 2015)“ (nl-NL). FCUpdate.nl. Qaraldi: 3-avgust 2018-yil.
  22. „Twente strip Ziyech of captaincy – Football Oranje“ (en-US). Football Oranje (4-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 3-avgust 2018-yil.
  23. „Ziyech stripped of captaincy – FOX Sports Asia“ (en-US). FOX Sports Asia (6-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 3-avgust 2018-yil.
  24. „Hakim Ziyech – History“ (en). www.whoscored.com. Qaraldi: 3-avgust 2018-yil.
  25. „Hakim Ziyech signs to Ajax for a reported €11m – DutchNews.nl“ (en-GB). DutchNews.nl (31-avgust 2016-yil). Qaraldi: 3-avgust 2018-yil.
  26. „Privacyinstellingen op VI.nl“ (nl). www.vi.nl. Qaraldi: 3-avgust 2018-yil.
  27. UEFA.com. „UEFA Europa League – Panathinaikos-Ajax“ (en). UEFA.com. Qaraldi: 3-avgust 2018-yil.
  28. „Ajax 5–0 Willem II – KNVB Cup 2016/2017 Live“ (en). www.whoscored.com. Qaraldi: 3-avgust 2018-yil.
  29. „Ajax and Chelsea reach agreement for Ziyech“ (en-US). Ajax English. 26-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-fevral 2020-yil.
  30. Shread. „Hakim Ziyech signs five-year Chelsea deal ahead of summer move“. Sky Sports (24-fevral 2020-yil). Qaraldi: 24-fevral 2020-yil.
  31. „Ziyech added to Netherlands squad – Football Oranje“. Football Oranje (19-may 2015-yil). Qaraldi: 3-avgust 2018-yil.
  32. „Chelsea: Is it good that Hakim Ziyech is changing his style of play?“ (en-US). The Pride of London (12-mart 2021-yil). Qaraldi: 23-yanvar 2022-yil.
  33. „Hakim Ziyech – Career Honours“. Soccerway.
  34. Gleeson, Mark. „Ajax win national cup“. Euro News (5-may 2019-yil). Qaraldi: 5-may 2019-yil.
  35. „Johan Cruyff Shield: Ajax warm up for new season with 2-0 win over PSV“. Dutch News (28-iyul 2019-yil). Qaraldi: 3-avgust 2019-yil.
  36. „2016/17: United win it for Manchester“. UEFA (30-may 2017-yil).
  37. McNulty. „Manchester City 0–1 Chelsea“. BBC Sport (29-may 2021-yil). Qaraldi: 25-aprel 2022-yil.
  38. Sterling, Mark. „Chelsea 1–1 Villarreal“. BBC Sport (11-avgust 2021-yil). Qaraldi: 25-aprel 2022-yil.
  39. „Chelsea 2–1 Palmeiras“. BBC Sport (12-fevral 2022-yil). Qaraldi: 25-aprel 2022-yil.
  40. McNulty, Phil. „Chelsea 0–1 Leicester City“. BBC Sport (15-may 2021-yil). Qaraldi: 16-may 2021-yil.
  41. McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (14-may 2022-yil). Qaraldi: 14-may 2022-yil.
  42. McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (27-fevral 2022-yil). Qaraldi: 25-aprel 2022-yil.
  43. „La non convocation de Hakim Ziyech fait jaser“. Al HuffPost Maghreb (23-dekabr 2016-yil). 28-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-iyul 2022-yil.
  44. „حكيم زياش يتوج بجائزة "الأسد الذهبي" لـ "المنتخب"“. AlMountakhab official (1-yanvar 2019-yil).
  45. „Une nouvelle récompense pour Ziyech“. El Heddaf (1-yanvar 2019-yil).
  46. „Frenkie de Jong Eredivisie Player of the Season 2018/2019“. Eredivisie (16-may 2019-yil). Qaraldi: 31-avgust 2021-yil.
  47. „VP Award 2016: Beste speler van de Eredivisie staat op eenzame hoogte“.
  48. „VP Award 2018: Ajax-vedette neemt afscheid met monsterzege“ (nl). www.voetbalp،rimeur.nl.
  49. „VI Speler van het Jaar: Hakim Ziyech, de complete spelmaker“ (nl). www.vi.nl. Qaraldi: 17-may 2019-yil.
  50. „Selectie sc Heerenveen seizoen 2013-2014“ (nl). www.voetbalhubb.nl. 3-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-oktabr 2017-yil.
  51. „Beste speler FC Twente seizoen 2014-2015“ (nl). www.voetbalhubb.nl. 3-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-oktabr 2017-yil.
  52. „Ziyech wint Rinus Michels-trofee voor beste speler van het seizoen“ (nl). SportNieuws.nl (29-aprel 2018-yil).
  53. „Drie op een rij voor Ziyech: 'Lille-uit was mooiste moment'“ (nl). AFC Ajax.
  54. „Ziyech vertrekt met prijs bij Ajax“ (nl). www.vi.nl. Qaraldi: 19-iyun 2020-yil.
  55. „Hakim Ziyech winnaar Gouden Schoen, Matthijs de Ligt wint brons“ (nl). voetbalcentraal.nl. Voetbal Centraal.
  56. „Hakim Ziyech uitgeroepen tot Eredivisiespeler van de Maand | Eredivisie“. eredivisie.nl (2-noyabr 2018-yil). 3-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-iyul 2022-yil.
  57. „Hakim Ziyech named as eredivisie player of the month for August“. eredivisie.nl (13-sentabr 2019-yil). 30-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-iyul 2022-yil.
  58. „UEFA Champions League Squad of the Season“. UEFA.com (2-iyun 2019-yil).
  59. „Mane, Oshoala named African Footballers of 2019 at CAF Awards“. Confederation of African Football (7-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 7-yanvar 2020-yil.
  60. „CAF MEN TEAM 2020 by IFFHS“. iffhs.de (13-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 13-dekabr 2020-yil.
  61. „France Football. Voici l'équipe type (2018) des joueurs africains évoluant en Europe“. [sayt ishlamaydi]
  62. „Mahrez, Koulibaly, Ziyech, Mané, Salah... l'Équipe type des Africains de l'année“.
  63. „L'Équipe type des Africains de l'année“.
  64. „Goal Africa Team of the Year 2017 | Goal.com“. www.goal.com. Qaraldi: 27-noyabr 2021-yil.
  65. „Revealed: Goal Africa Team of the Year 2018 | Goal.com“. www.goal.com. Qaraldi: 27-noyabr 2021-yil.
  66. „Goal Africa Team of the Year 2019 | Goal.com“. www.goal.com. Qaraldi: 27-noyabr 2021-yil.
  67. „Here is the #EmiratesFACup Team of the Competition, as voted by you! 🤩 4️⃣ @LCFC 3️⃣ @ChelseaFC 1️⃣ @hashtagutd 1️⃣ @ManUtd 1️⃣ @MarineAFC 1️⃣ @TauntonTownFC Led by Brendan Rodgers 🦊“. Twitter. Emirates FA Cup (1-iyun 2021-yil). Qaraldi: 2-iyun 2021-yil.