Kontent qismiga oʻtish

Jumadulla Rametov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jumadulla Rametov
Tavalludi
Jumadulla Rametov Boboxonovich

24-noyabr 1955-yil (1955-11-24) (68 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1983-yildan 2015-yilgacha
Onasi Sarvara Rametova
Turmush oʻrtogʻi Saida Rametova
Bolalari Ulugʻbek Rametov
Aziz Rametov
Mukofotlari

Jumadulla Rametov (1955-yil 24-noyabr, Turkiston) — oʻzbek, sovet teatr va kino aktyori, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (1999).

Jumadulla Rametov Boboxonovich 1955-yil 24-noyabrda tavallud topgan[1][2]. 1974-yilda oʻrta maktabni tugatib. Toshkent sanʼat institutiga oʻqishga kiradi va 1981-yilda u yerdagi tahsilini tugatadi[3]. 1983-yildan Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktyori sifatida oʻz faoliyatini boshlagan[4].

Jumadulla Rametovning onasini ismi Sarvara Rametova. U oʻzi aktyor boʻlishiga qaramasdan hech qachon aktrisaga uylanmasigi aytgan[5]. Lekin talabalik payti O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova bilan uchrashadi va u bilan 1981-yilda turmush quradi. Ularning 2 oʻgʻli boʻlib[6], toʻngʻich oʻgʻli Ulugʻbek Rametov, ikkinchi oʻgli 1988-yilda tugʻilgan Aziz Rametov[7] va u hozirda aktyor sifatida faoliyat koʻrsatadi[3]. 2020-yilda u alzheimer kasalligiga chalingan[8] va 2022-yilga kelib kasallik kuchayib, xotirasini yoʻqotgan[4]. Hozirda shifoxonada davolanmoqda[9].

Jumadulla Rametov teatr sahnasida turli xil rollarni ijro etgan. Masalan, „Kelinlar qoʻzgʻaloni“ spektaklida sozanda, „Arshin mol-olan“ spektaklida Asqar, „Hujjatli ahmoq“ spektaklida sudya, „Maysaraning ishi“ spektaklida doirachi sozanda, „Qaytar dunyo“ spektaklida Tohir, „Buxoroi-sharif“ spektaklida qori, „Togʻa va jiyanlar“ spektaklida Trest boshligʻi, „Sehrli hassa“ spektaklida qorbobo, „Yozilmagan maktab“ spektaklida general, “Hayot baribir go‘zal” spektaklida Ahmad qora, “Otasining qizi” spektaklida Izzat Atakulovich, “Ayajonlarim” spektaklida Ashuraliyev, “Farrosh kampirning tushi” spektaklida Bahrom kabi obrazlarni gavdalantirgan[4].

Bundan tashqari „Osmondagi bolalar“, „Tundan tonggacha“, „Jasur“, „Zamonaviy sovchilar“ va boshqa kinofilmlardagi rollari bilan keng ommaga mashhur boʻlgan. Uning kinofilmlardagi ilk roli 1984-yilgi „Дневник, письмо и первоклассница“ hisoblanadi[3].

Suratga tushgan filmlari
Yil Nomi Obraz Izoh
2018 Asal oyi [10]
2017 Kulba
Hech kim bilmasin-a
Super komanda
Arslon izidan
2016 Xazonrezgi [11]
Seni sevdim
Yaralangan qalb
2015 Qilmish qidirmish
2014 Uchar qiz [12]
Salom Natasha Sobir, Umidning otasi
Dilor, Dilor... Dil va or haydovchi
2013 Bekatdagi odam
Mugʻombir kuyovlar Kuymatxonning eri
Hasan ibn Husan
Tutash taqdirlar Serial
Payshanbadan payshanbagacha
Xazina operatsiyasi
Mening doʻstim jin Layloning otasi
Janob hot-dogchi
Ijarachilar
2012 Qudajonlar Prodyuser
Sardor 3: Muqaddas burch
Chunki bu sevgi
Kutilmagan qoʻngʻiroq!
Xiyonat
Qovun
Tundan tonggacha 2
2011 Zamonaviy sovchilar Shavkat
Uchrashuv
Soʻngi qoʻngʻiroq Jamilaning otasi
Hi-Fi bolakay Ichki ishlar noziri
Uchar otlar Podshoh
Jasur Nasrulloning otasi
Haqiqat kuni Qoʻshni
Omadli yigitlar
2010 Taʼziyadagi toʻy
Tundan tongacha Ravshan aka, Umidjonni otasi Bosh rol[13]
2009 Taxdid Epizod
Soʻngi lahza
Uylanish
2008 Sivi Ruslanning otasi Bosh rol
Oʻyin
Oy ostidagi hovli Epizod
2007 Chavandoz
Kichkina odamlar Sodiqning tanishi
Yoʻqolgan odam Epizod
Afyun girdobi avtomobil ustasi
2006 Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi
Osmon yaqin Alisher, ichki ishlar noziri
Vatan
2005 Zanjir
2004 Osmondagi bolalar 2 Hamdamning otasi
Muhabbat sinovlari 2 Epizod
2002 Oʻrtoq Boykenjayev Partiya xodimi
Cinedictum melankolik, „Temperamentlar“ novellasida
Osmondagi bolalar Hamdamning otasi
2001 Oyijon
1997 Yaratganga shukur
1994 Soʻngi oʻq
1986 Поезд со станции детства
1984 Kundalik, maktub va Umida Umidning otasi
  1. Daryo.uz. „Instagram: Jasur Umirov uylanmoqda, Jumadulla Rametovning tug‘ilgan kuni nishonlandi, “Afandining qizlari” tugatildi“ (2022-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  2. „ДЖУМАДУЛЛА РАМЕТОВ“ (ruscha). Qaraldi: 10-iyul 2024-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 Repost.uz. „Джумадулла Раметов – биография, фото, болезнь“ (ruscha) (2022-yil 22-avgust). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Nozima Nazirova. „Aktyor Jumadulla Rametov alsgeymer xastaligiga chalindi“. Qalampir.uz (2022-yil 21-iyun). Qaraldi: 10-iyul 2024-yil.
  5. Daryo.uz. „Saratonni yenggan, liftda ko‘zi yorigan va og‘ir dardga chalingan turmush o‘rtog‘ini parvarishlayotgan Saida Rametova 66 yoshda (foto, video)“ (2023-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  6. Daryo.uz. „Jumadulla Rametov va Saida Rametovalar turmush qurganining 40 yillik yubileyini nishonladi (video)“ (2020-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  7. Daryo.uz. „“Qaramlikdan qutilib, hayotni o‘zgartiraman” — liftda tug‘ilgan, rejissorlik qilgani uchun qamalgan va “Arslon izidan” sabab bor budidan ayrilgan Aziz Rametov 35 yoshda (foto, video)“ (2023-yil 13-iyun). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  8. Daryo.uz. „“Dadam ayolini onasi deb o‘ylayapti” — Aziz Rametov otasining Alsgeymer kasalligiga chalingani va xotirasini yo‘qotayotgani haqida“ (2022-yil 1-iyul). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  9. Daryo.uz. „Instagram: Otasiga avtomobil sovg‘a qilgan Sitora Farmonova, oyiga 6 ming dollar xarajat qiladigan Feruza Normatova, klinikaga yotqizilgan Jumadulla Rametov“ (2023-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  10. Daryo.uz. „“Asal oyi” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi (foto va video)“ (2018-yil 19-fevral). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  11. Daryo.uz. „Zulfiqor Musoqovning “Xazonrezgi” filmi premyerasi kuni ma’lum bo‘ldi“ (2016-yil 2-mart). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  12. Daryo.uz. „“Janob hech kim”, “Hay-hay qizaloq” va Asal Shodiyeva ishtirokidagi boshqa muvaffaqiyatli filmlar (video)“ (2023-yil 7-aprel). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  13. Daryo.uz. „Jahongir Xo‘jayev “Tundan tonggacha” filmi voqeasidan ruxsatsiz foydalangani uchun Jahongir Ahmedovdan uzr so‘radi (video)“ (2021-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.