O‘rtoq Boykenjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻrtoq Boykenjayev
Rejissyor(lar) Yusup Roziqov
Prodyuser(lar) Murod Muhammad Doʻst
Rollarda Matlyuba Alimova, Farxod Abdullayev, Oʻlmas Alixoʻjayev, Fotih Jalolov, Saydullo Moldaxanov
Bastakor(lar) Jamshid Izamov
Studiya(lar) Oʻzbekfilm
Chiqarilgan sanasi 2002
Davomiyligi 81 min.
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston

„Oʻrtoq Boykenjayev“2002-yilda A.Abdurazzoqov pyesasi asosida rejissor Yusup Roziqov tomonidan suratga olingan film.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yillarning oxirida Oʻzbekistonning tuman markazlarida zudlik bilan „IV Hamdoʻstlik qabriston“nini qurish topshirildi. Yulduz shaklidagi qabristonda oʻzbek, qirgʻiz, rus va qozoq millatiga mansub yulduzlar dafn qilinishi koʻzda tutiladi. Ushbu ahamiyatga molik vazifa, kichkinagina, soddadil, sobiq bolalar uyi tarbiyalanuvchisi, ommaviy tadbirlarda Lenin rolini maromiga yetkazib ijro etadigan oʻrtoq Boykenjayevga ishonib topshiriladi. “Maxsus vazifa” haqida eshitgan bemorlar jonlantirish boʻlimidan qochib ketadi, oʻliklar tiriladi. Shunda koʻmishga munosib oʻzbek topolmaganidan oʻrtoq Boykenjayev „doʻstlarini noqulay vaziyat“ga tushirmaslik uchun oʻz joniga qasd qiladi.

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rossiya kinoshunos va kinotanqidchilari Gildiyasining mukofoti (2003-yil)[1].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. [Премия «Ника» за лучший фильм стран СНГ и Балтии] dic.academic.ru